52
qurollantiradiki, ular amaliyotda duch keladigan etik munozaralarni hal qilishga
imkon beradi. So‗nggi yillarda mazkur muammolar ijtimoiy xodimlardan jiddiy
e'tiborni talab qilmoqda.
Dilemma so‗zi grek tilidan olingan bo‗lib, ikkita bir biriga zid holatdan eng
zarur bittasini tanlashni anglatadi. Bizning holatda mazkur atama ikkita
imkoniyatdan birini tanlash zaruriyatini anglatadi.
Ijtimoiy xodimlar ularning ishiga xalaqit beruvchi turli etik dilemmalar bilan
to‗qnash keladilar. Ko‗pgina qiyinchiliklar ikki yoki undan ortiq ziddiyatli
majburiyat va burchlardan keraklisini tanlash bilan bilan bog‗liq. Masalan IHMA
axloq kodeksida ijtimoiy xodimning mijoz fuqarolik yoki yuridik huquqlarini
buzadigan yoki kamaytiradigan qandaydir harakatlarda ishtirok etmasligi
belgilangan. Ammo kodeksda shuningdek ijtimoiy xodim ish beruvchi tashkilot
oldidagi o‗z majburiyatlariga rioya qilishi kerak deb ko‗rsatilgan. Qoidaning o‗zida
ikkita tamoyil bir-biriga zidligini ko‗rishimiz mumkin, agar tashkilot siyosati
huquq bersa mijozning fuqarolik huquqi buzilishiga olib keladi.
Boshqa axloqiy ziddiyat maxfiylik va ma'lumotlarning shaxsiy xususiyatga
ega ekanligi bilan bog‗liq.; haqiqatni aytish zarurligi; paternalizm va o‗zini
anglash; tashkilot qonun va qoidalarini bajarishga majburlik, chaqimchilik;
cheklangan resurslarni taqsimlash, shaxsiy va kasbiy ahamiyat orasidagi
munosabat. Bir nechtasini ko‗rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: