55
urbanizatsiyaning o‗sib borishi sharoitida o‗zining barcha a'zolarini minimum
farovonlik va barqarorlik bilan ta'minlashga majburdir. Bu pensiya ta'minoti
tizimini rivojlanishi, ishsizlar uchun nafaqalar to‗lash, uy-joy ta'minoti, sog‗liqni
saqlash va ta'limning barcha uchun bo‗lishini ta'minlashni rivojlantirishni ko‗zda
tutadi.
Fuqarolik huquqiga o‗xshash tushuncha Shvetsiya va Angliyada ikkinchi
jahon urushi oxirida paydo bo‗lib, keyinchalik boshqa G‗arbiy yevropa
mamlakatlarida qo‗llanildi. Buyuk Britaniyada bunday tizim ijtimoiy davlat yoki
umumiy osoyishta davlat nomini oldi. Mualliflar fikricha (Buyuk Britaniyada
Beverij) tizim ijtimoiy yomon holatlarning barcha shakllari: kasalliklar, ishsizlik,
kambag‗allik, savodsizlik, maishiy tartibsizlikning bartaraf bo‗lishiga sabab bo‗ldi.
Shu yillarda AQSh da prezident Ruzvelt tomonidan iqtisodiy huquqlar to‗g‗risida
qonun qabul qilinib, bunda qo‗rqinchdan ozod bo‗lish bilan bog‗liq
kambag‗allikdan chiqish to‗g‗risida so‗z boradi.
Demografik o‗zgarishlar va xronik ishsizlik ijtimoiy davlatning byurokratik
tizimi bilan yanada ko‗p mablag‗ talab etiladigan ijtimoiy dasturlarni amalga
oshirib, resusrlarning cheklanmagan zaxiralariga ishonch o‗zini oqlamadi. Davlat
velferizmi va davlat sotsializmi yutuqlaridan foydalangan avlod tajribasi shuni
ko‗rsatdiki, katta mehnat va mablag‗ga qaramasdan ko‗pgina muhim ijtimoiy
muammolar tugatilmadi.
Ijtimoiy xizmat o‗zida zamonaviy timsol sifatida inson huquqi va
professionalizm g‗oyasini aks ettiradi. Boshqa kasblar kabi u umum insoniy qadr-
qimmatga mo‗ljallangan va shuning uchun narsalarning mos tartibiga shubha
tug‗ilganda tanqidiy tarzda yondashadi.
Dostları ilə paylaş: