61
Keltirilgan uchta model sof holda umuman uchramaydi, har birining o‗z
ustunligi va kamchiliklari bor. Amaliyotda odatda liberal, korporativ va sotsial-
demokratik usullarining biror xususiyatlari birgalikda bo‗lishi kuzatiladi.
Ulardan ko‗pchiligi besh federal vazirlik (sog‗liqni saqlash va ijtimoiy ish,
qishloq xo‗jaligi, mehnat, uy-joy qurilishi va shahar rivojlanishi, ichki ishlar)
shuningdek iqtisoliy imkoniyatlar bo‗yicha qo‗mita, keksalar ishlari bo‗yicha
boshqarma, temir yo‗lchilar pensiya ta'minoti bo‗yicha kengash va fuqarolik
xizmati komissiyasi doirasida bo‗ladi. Muvozanatli va tashkiliy tizim bilan
tuzilmagan ko‗pgina dasturlar moddiy yordamga muhtoj ko‗pgina guruhlarni
qamrab olmasdan, nafaqa va kompensatsiyalarning miqdori kam darajada
bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Shu bilan birga bunday dasturlar afro-osiyo va lotin
amerikasidan kelgan aholi o‗rtasida qaysidir darajada ijtimoiy boqimandalikni
keltirib chiqaradiBoshqa mavjud kamchilik sifatida oilaviy munosabtlarga salbiy
ta'sir ko‗rsatishini keltirish mumkin: ular ba'zan ajrashishni, ota-onalarning alohida
yashashini, oilaviy holatga bog‗liq holda moddiy yordam olishni targ‗ib qiladi.
13
3
Dostları ilə paylaş: