65
•
Nogironlik sababidan qat'iy nazar qonunchilikka muvofiq nogironlik
guruhi belgilangan shaxslar, shuningdek 18 yoshga to‗lmagan nogiron bolalar;
•
Texnogen va tabiiy ofatlar, tartibsizliklar, shuningdek harbiy va
millatlararo nizolar natijasida shikastlangan shaxslar;
•
Yolg‗iz keksalar 65 yoshga to‗lgan (erkaklar) va 60 yoshga to‗lgan
(ayollar), yoshga doir pensiya tayinlash uchun zarur bo‗lgan ish stajiga ega
bo‗lmagan va boshqa shaxslar tomonidan moddiy ko‗makka ega bo‗lmagan
shaxslar, shuningdek doimiy parvarishga muhtoj yolg‗iz keksalar ;
•
Fuqarolarning o‗zini-o‗zi boshqarish organlari tomonidan belgilangan
darajadan kam daromadga ega kam ta'minlangan oilalar va alohida shaxslar;
•
Kam ta'minlangan ko‗p bolali oilalar;
•
yetim va ota-ona g‗amxo‗rligisiz qolgan bolalar;
•
Ijtimoiy ahamiyatli kasallikka chalingan shaxslar
•
Ikki yoshgacha bo‗lgan bolalarni tarbiyalashda mashg‗ul bo‗lgan kam
ta'minlangan oilalardagi onalar yoki u yo‗q bo‗lganda o‗rnini bosuvchi shaxslar;
•
Boquvchisini yo‗qotgan oilalar, voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalovchi
bevalar;
•
Ishsiz sifatida rasmiy ro‗yxatdan o‗tgan shaxslar.
Aholining ko‗rsatib o‗tilgan toifalaridan tashqari ijtimoiy yordam davlat va
jamiyat tomonidan yuqori e'tiborni talab qiluvchi alohida shaxslarga, shu jumladan
bolalar, yosh oilalar, urush faxriylari va fuqarolarning bir qator boshqa toifalariga
ko‗rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: