Dispersiya
- kutiladigan natijadan haqiqiy natijaning o‘rtacha kvadratik
chetlanishi.
Differensial renta
- boshqa resurslarga nisbatan yuqori unumdorlikka ega
bo‘lgan resurs egasi tomonidan olinadigan renta.
Elastiklik (elasticity)
- talab va taklifga ta`sir qiluvchi omillarning o‘zgarishi
natijasida ularni qanchaga o‘zgarishi tushuniladi (narxni, daromadi, istе`molchilar
soni va xokazo).
Ehtiyoj (needs)
- insonni, korxonani faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi uchun
zarur bo‘lgan barcha narsalar. Ehtiyoj — bu insonlarni iqtisodiy faoliyat bilan
shug‘ullanishiga undaydigan ichki kuch.
Engel chiziqlari
- iste`mol qilingan tovarlar miqdorini iste`molchi
daromadining o‘zgarishidan bog‘liqligini ko‘rsatuvchi chiziq.
Ehtimol (probability)
- ma`lum natijaga erishish imkoniyati.
Gollandcha auksion
- bu auksionda stavka yuqoridan pastga tovar sotilgunga
qadar pasayib boradi.
Yopiq auksion
- bunda tovra uchun ausion hatnashchilari bir-biriga bog‘liq
bo‘lmagan holda stavkalarini qo‘yadi va tovar kim ko‘p stavka qo‘ygan bo‘lsa
shunga beriladi.
Yer narxi
- cheklanmagan vaqt davomida yerdan olingan barcha daromadlar
yig‘indisining keltirilgan (boshlang‘ich yilga) qiymati.
Ijara haqi (to‘lovi)
- yerdan foydalanuvchi tomonidan bir yilda yer egasiga
to‘lanadigan pul miqdori.
Izokvanta
- bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta`minlovchi omillar
sarflari kombinasiyalarini ifodalovchi egri chiziq.
Izokosta
- yig‘indisi bir xil yalpi xarajatga teng bo‘lgan resurslar sarflari
kombinasiyalarini ifodalovchi chiziq.
Iqtisodiy ne`mat
- ehtiyojni qondirish vositasi.
Iqtisodiy renta
- resursni sotilishi mumkin bo‘lgan narx bilan muvozanat narx
ayirmasiga teng. Noyob, cheklangan resur va ishchining yuqori malakasi uchun
to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov.
Dostları ilə paylaş: |