A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Auditorlik riskini baholashdgai yondashuvlar



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   189
АУдит дарслик

 
Auditorlik riskini baholashdgai yondashuvlar
To’g’ri (multiplikativ) modelda auditor professional mulohazasi asosida 
auditorlik riski komponentlarini baholab, umumiy auditorlik 
riskini aniqlaydi
.
UAR=IXR*NR*AR (1) 
UAR- umumiy auditorlik riski; 
IXR-ichki xo’jalik riski; 
AR-aniqlanmaslik riski. 
Olingan natija xalqaro amaliyotda qabul qilingan -5%lik ko’rsatkich bilan 
taqqoslanadi. Masalan, auditor ichki xo’jalik riskini - 60%, nazorat riskini-50% va 
aniqlanmaslik riski-20% qilib belgilasa, unda umumiy auditorlik riski 6% 
(0,6*0,5*0,2)ni tashkil etadi. Olingan natijani ijobiy deb baholab bo’lmaydi, 
chunki 5%lik chegaradan yuqori. Demak, auditor auditorlik riskini maqbul 
chegaragacha kamaytirish chora-tadbirlarini ko’rmog’i lozim. 
Egri model umumiy auditorlik riskining komponentlaridan biri 
aniqlanmaslik riskini baholashni ko’zda tutadi
.
Bunda auditor ichki xo’jalik riskini, 
nazorat risikni baholab, multiplikativ model asosida aniqlanmaslik riski hisoblab 
topiladi. 
AR = UAR/(IXR*NR) 


126 
Aniqlanmaslik riskini mohiyati shundan iboratki, auditor tomonidan 
auditorlik tekshiruvini o’tkazish jarayonda muhim xato va kamchiliklarni aniqlay 
olmaslik ehtimolidir. Aniqlanmaslik riski auditorlik tekshiruvida bajaradigan ishlar 
ko’lami, tanlash ko’lamiga, sarflanadigan mehnat sarfi umuman auditorlik xizmati 
xaqi miqdoriga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir.
Risklarni baholashda ikki xil yondashuv mavjud: moddalar bo’yicha 
baholash va jarayonlar bo’yicha baholash. 
Moddalar bo’yicha auditorlik riskini moliyaviy hisobot uchun umumiy 
yoki uning alohida moddalari bo’yicha aniqlanadi va baholanadi. 
Auditorlik riskini baholashning jarayonli yondashuvi auditorlik 
tekshiruvidan o’tayotgan sub’ektning biznes-jarayonlarini o’rganish asosida 
amalga oshiriladi (tahlil yo’nalishi jarayonlardan-hisobotga qarab).
Yuqoridagi yondashuvlardan qay birini tanlash auditorni o’zi mustaqil 
belgilaydi. Lekin bu ikkita yondashuv turli mehnat sarfini talab etadi, ya’ni 
jarayonli yondashuv ko’p mehnat sarfini talab etganligi bois moddalar bo’yicha 
yondashuvdan keng foydalaniladi.
Auditorlik tekshiruvida risklarni baholash orqali o’zining javobgarligini 
belgilab olar ekan,
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlashimiz mumkinki, auditor butun faoliyatini 
moliyaviy hisobotning etarli ishonchliligini ta’minlash bilan bir qatorda auditorlik 
riskini maqbul chegaragacha pasaytirishga qaratadi.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin