A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   189
АУдит дарслик

Risk turlari 
№ 
Risk turlari 
Tavsifi 
1. 
Auditorlik riski 
Auditor tomonidan bajarilgan amallar asosida noto’g’ri xulosa 
berish xavfi, ya’ni moliyaviy hisobot bo’yicha beriladigan xulosa 
turini noto’g’ri belgilashi. 


122 
2. 
Ichki xo’jalik riski 
Ichki nazorat tizimi vositalari yordamida mijoz kompaniyaning 
xususiyati va uning faoliyat yuritish muhitiga taalluqli risklarni 
aniqlash imkoni yo’qligi. 
3. 
Nazorat riski 
Ichik nazorat tizimi tomonidan muhim xatoliklarni aniqlay va 
tasdiqlay olmaslik xavfi. 
4. 
Aniqlanmaslik riski 
Auditor tomonidan qo’llanilgan amallar va moliyaviy hisobotning 
tahlili undagi muhim xatoliklarni aniqlanmaslik xavfi. 
5. 
Tanlash riski 
Xo’jalik operatsiyalarini tanlash asosida o’tkazilgan tekshiruv 
ulardagi muhim xatoliklarni aks ettirilmasligi riski. 
6. 
Tadbirkorlik riski 
Mijoz-korxona va boshqa shaxslar tomonidan auditorlik tekshiruvi 
bo’yicha e’tirozlar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan 
moliyaviy yo’qotishlar xavfi. 
Yuqoridagi mulohazalarni umumlashtirgan holda aytadigan bo’lsak, auditor 
xo’jalik faoliyatidagi xato va kamchiliklarni to’liq aniqlay olmaydi. Bu holatni, 
bizning fikrimizcha, auditorlik tekshiruvidan ajratib bo’lmaydigan cheklovlarning 
mavjudligi bilan izohlashimiz mumkin(9-chizma). 
Auditda riskni paydo bo’lish shartlari. 
Ushbu cheklovlardan xalos bo’la olmaslik auditorlik teshiruvida auditor 
tomonidan moliyaviy hisobotdagi muhim xato va kamchiliklarni aniqlay olmasligi 
natijasida auditorlik riskini nol darajaga tushirish imkoni yo’qligi bilan ifodalanadi.


123 
Birinchidan, auditor moliviy hisobotdagi muhim buzib ko’rsatishlar mavjud 
emasligini etarli ishonch bilan ta’kidlaydi, mutloq ishonch bilan emas. Ushbu 
cheklovning yuzaga kelishi asosiy sabablari: 
-
auditorlik tekshiruvida testlash va tanlash amallarini qo’llanilishi; 
-
mijoz-korxonaning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi mukammal 
emasligi, ya’ni korxona faoliyatida xato va kamchiliklar yo’qligini kafolatlay 
olmaydi. 
Ikkinchidan, mijoz-korxona faoliyat yuritish muhitidagi noaniqliklar (tashqi 
muhit). Bu noaniqliklar va ularni bartaraf eta olmaslikka quyidagi holatlar ta’sir 
o’tkazadi: 
-
tekshirilayotgan sub’ekt faoliyat yuritayotgan muhit bo’yicha to’liq va 
ishonchli ma’lumotlarni cheklanganligi; 
-
etkazib berilayotgan ma’lumotlarni auditor tomonidan qayta ishlash va 
baholash ko’nikmasining cheklanganligi; 
-
tekshirilayotgan sub’ekt tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi salbiy 
holatlarning tasodifiy paydo bo’lishi; 
-
mijoz-korxona ichidagi xar xil toifadagi ziddiyatlar. 
Uchinchidan, auditorlik riskini aniqlash va baholash auditorning bilim 
darajasi, malaka va ko’nikmasi asosida shakllanadigan professional muloxazasi 
natijasidir.bunda asosiy muammo auditorlarning bilim saviyasi va malaka hamda 
ko’nikmalarining turli darajadaligi auditorlik riskini aniqlash va baholashda turli 
yondoshuvlarga olib kelishidadir. 
To’rtinchidan, auditorlik faoliyati tadbirkorlik faoliyatidir, ya’ni uning 
faoliyati foyda olishga qaratilganligidadir. Auditorlik tashkiloti mijoz-korxona 
munosabatlarida kelishmovchiliklarni yuzaga kelishi oqibatida uni yo’qotishi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek auditorlik riski va uning komponentlarini 
baholash bo’yicha yagona metodika mavjud emas. Buning asosiy sababi 
auditorlarning xo’jalik faoliyati bo’yicha professional mulohazalarining 
turlichaligi, mijoz faoliyati xususiyatlarining takrorlanmasligi, hisob va 


124 
ma’lumotlarni taqdim etish tartib qoidalarining o’ziga xos xususiyatlarining 
mavjudligidadir. Shular qatori auditorlik riski va uning komponentlarini aniqlash 
va baholash bo’yicha auditning xalqaro standartlarida aniq tavsiyalar keltirilmagan.
Auditorlik riskini miqdor va sifat ko’rsatkichlarida ifodalash mumkin. 
Auditorlik riskini baholashning empirik, ehtimoliy, balli to’g’ri(multiplikativ), egri 
modellari mavjud. 
Empirik modeldan foydalanilganda yuqori, o’rta, quyi darajada risklar 
baholanadi. Agar moliyaviy hisobot uchun umumiy buzib ko’rsatish ehtimoli 
mavjud bo’lsa aniqlangan risk yuqori deb baholanadi. Agar schetlardagi qoldiqlar, 
ma’lumotlarni ochib berishda muhim buzib ko’rsatish ehtimoli mavjud bo’lsa 
aniqlangan risk o’rtacha deb baholanadi. Agar aniqlangan risk boshqa turdagi 
muhim buzib ko’rsatishlarga olib kelsa, uni quyi darajada deb baholash mumkin. 
Auditorlik riskini baholashning ehtimoliy modelida risk darajalarini 
koeffitsient yoki foiz ko’rinishida ifodalanadi.
Riskni baholashning ball modelida sifat xususiyatlar miqdor ko’rsatkichlar 
bilan ifodalanadi. Masalan, auditorlik riskining quyi darajasi – 1 ball, o’rta darajasi 
– 3 ball, yuqori darajasi – 5 ball qilib 
belgilash mumkin. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Auditorlik riski 
Ichki xo’jalik riski 
Nazorat riski 
Aniqlanmaslik risk 
Empirik 
Risk darajasi: yuqori, o’rta, quyi 
Ehtimoliy 
Risk darajasi: [0;1] va [0;100%] 
Balli 
Yuqori – 5 ball 
O’rta – 3 ball 
Quyi – 1 ball
To’g’ri (multiplikativ) 
UAR=IXR*NR*AR 
T
u
rlar

Ba
h
o
lash
m
o
d
eli
His
o
b
lash
m
o
d
eli


125 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin