Issiq sterilizatsiya
Issiq sterilizatsiya suv bugʻi va quruq issiq yordamida amalga oshiriladi. Bosim ostida sub bug'i
bilan sterillash
avtoklavlash
deyiladi .Sub bugi bilan sterilizatsiya qilish avtoklavlarda amalga
oshiriliadi.Avtoklavlash 3ta omilga asoslanadi:bosim, vaqt tempratura .Avtoklavda 110 C
1,1atmosfera 60minut, 125 C 45minut 1.5atmosfera, 132C 2 atmosfera bosimi 30minut
davomida amalga oshiriladi.Bunda bog'lov materiallari ,tibbiy asbob-anjomlar ,oqliklar va
boshqalar sterilizatsiya qilinadi.
Avtoklavning ishlash prinsipi:
Avtoklavlanadigan narsalar maxsus quti biksga solinadi.Avtoklavga 5-10sm qalinlikdagi suv
solinadi.Biksga maxsus indikatorlar yopishtirilib ,biksni avtoklavga solinadi.Avtoklav og'zi
mahkam berkitiladi.Suv qizdirilganda qaynab bug' hosil bõladi.Avtoklav ichidagi back chiqib
ketgunga qadar uning jõmragi ochiq holda qoldiriladi.Suv bug'i bir tekis chiqa boshlagandan
keyin jõmrak berkitiladi.Shunda bug' kameraga chiqa boshledi va kameradagi bosim shunga
muvofiq harorat ham oshadi va mikroorganizmlar va ularning sporalari nobud bõladi.
Bog‘lov materiallarini, asbob uskunalar va choyshablarni sterillash 4 bosqichdan
iborat bo‘ladi:
1 bosqich – materiallarni sterillashga tayyorlash
2 bosqich – materiallarni joylashtirish
3 bosqich – sterillash
4 bosqich – sterillangan materiallarni saqlash
Quruq
xavo
bilan
sterillash.
Maxsus havoli sterilizatorlar (SS-200, SS-1, SHSS-80, ALV-IV va boshqalar) da
amalga oshiriladi. Bu sterilizatorlarda xavo 140 – 200
ᵒ
S gacha qizdiriladi. 200
ᵒ
S
da instrumentlar 40 daqiqa, 180
ᵒ
S da – 60 daqiqa, 160
ᵒ
S da esa – 150 daqiqa
davomida sterillanadi.
Sovuq sterillash (ximiyaviy sterillash).
Bu usul ximiyaviy antiseptik eritmalar yordamida amalga oshirilib, asosan o‘tkir
tig‘li
xirurgik
asbablar,
rezina
buyumlarini
sterillashda
qo‘llaniladi.
Bunda
buyumlar 96%
li etil
spirti (2 soat),
6% li
vodoroda
perokisi
(6 soat yoki 3
soat 50
° S xaroratda),
4,8% li
pervomur
eritmasi (S – 4 preparati, 15 daqiqa), 1% li dezokson – 1 eritmasi (45 daqiqa), 1 –
2% li beta-propionlakton eritmasi (1 soat), 2 – 3% li lizol eritmasi, 40 ° S gacha
qizdirib (1 – 2 soat), mertiolatning suvli eritmasi (1:2500, 30 daqiqa), diotsid
eritmasi (1:100) yoki 10% li karzolin D eritmasi (60 daqiqa), karzoleks-Bazik kabi
antisepiklarga solib qo‘yiladi .
Gaz bilan sterillash.
Bu usul endoskopik apparatlarning optik tizimini, sun’iy qon aylanish apparatini,
elim buyumlarni va ketgutni sterillashda qo‘llaniladi. Gaz polietilen qadoqqa
yaxshi kirib, u erdagi xavoning o‘rnini egallaydi. Sterilizatsiya etilen oksida va
metilbromidning 1:2,5 nisbatdagi aralashmasi bilan 50 – 60
ᵒ
S xaroratda va 80 –
100% namlikda qog‘oz yoki pergamentli paketlarda 6 soat davomida amalga
oshiriladi. Bunda GGD – 250 va boshqa turdagi gazli sterilizatorlardan
foydalaniladi .
Gazli sterilizatorbar bo‘lmagan xolda
formaldegitning etil spirtidagi 40% li eritmasi bilan
paraformalinli sterilizatorlarda yoki og‘zi maxkam
yopilgan germetik idishlarda 80
ᵒ
S haroratda 3 soat
davomida sterillash mumkin.
Gamma – nurlar bilan zamonaviy xirurgiyada
qo‘llaniladigan turli biologik preparatlar va
to‘qimalar sterillanadi. Nurlantirish ularning
xususiyatlarini o‘zgartirmaydi. Bu usulda sterillash
gamma – nurlar erkin o‘ta oladigan germetik polietilen yoki qog‘oz peketlarda
amalga oshiriladi
Sterillikni nazorat qilish
Sterillikni nazorat qilish doimiy amalga oshirilib borilishi kerak.
Termik nazorat uchun ma’lum xaroratda suyuq xolatga o‘tadigan kukunsimon
moddalardan foydalaniladi.
Bular: oltingugurt – 111-120°S,
antipirin – 113°S,
rezorsin – 110-119°S,
benzoy kislota – 121°S,
mochevina – 132°S,
fenatsetin – 134 - 135°S kabi moddalardir.
Ular probirkalargaga solinib (0,5 – 1 ml dan), paxtali tampon bilan berkitilib,
bikslarga joylanadi. Kukunning kompakt massaga aylangani steristerilizatsiyaning
ishonchli bajarilganidan dalolat beradi.
Ba’zi xolatlarda ximiyaviy usullar (Mikulich usuli) dan foydalaniladi. Oq
qog‘ozchalarga «sterillangan» so‘zi yozilib, kraxmat eritmasi bilan ishlov beriladi
va qurutiladi, shundan so‘ng Lyugol eritmasi bilan ishlov beriladi. Kraxmalning yod
bilan bog‘lanishi natijasida qog‘ozchalar ko‘k rangga kiradi. Tayyor bo‘lgan
qog‘ozchalar bikslarga joylanadi. Srerilizatsiyadan so‘ng yodnig parlanib ketishi
natijasida qog‘ozchalardagi «sterillangan» so‘zi yana ko‘rinadigan bo‘ladi .
|