O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Samarqand Viloyat Sog’liqni Saqlash Boshqarmasi Kurs ishi Mavzu



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix24.10.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#160895
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi. Atseptika

Antiseptikaning 
maqsadi
-teri ustidagi shartli patogen mikrob va parazitlarning miqdorini, 
shuningdek ularning rivojlanish xavfini kamaytirish (tranzitor flora) bilan birga, teri ostida tabiiy 
mikroblar kupayishiga (mahalliy flora) yõl qõymaslikdan iborat. 
Antiseptik omil turlari mikroorganizmga ta'siriga qarab bo'linadi: 
- Mexanik 
- Fizikaviy 
- Kimyoviy 
- Biologik 


Mexanik antiseptika - bu mexanik yo'l bilan mikroorganizmlarni jaroxatdan olib tashlashdir. 
Mexanik antiseptika usullariga quyidagilar kiradi: jaroxatga ishlov berish (jaroxatdan yot 
jismlarni, yiringlarni, va qon laxtalarini olib tashlash, hamda nekrozga uchragan to'qimalarni 
kesib olib tashlash tushuniladi. 
Fizikaviy antiseptika - jaroxatni davolashda va yallig’lanishga qarshi kurashda asosiy zamonaviy 
usullardan biridir. 
Fizikaviy antiseptikani asosini quyidagilar tashkil etadi - issiqlik, har xil lampalar, ovoz tovushlari, 
har xil nurlar, atrof muhit (havoning namligi va uning harorati), jarohatni ochiq qoldirish va 
gigroskopik usullar. Shunindek fizikaviy antiseptikaga fizioterapevtik davolar ham kiradi, bular: 
UVCH-terapiya, elektroforez usullari, diotermiya usuli, ozonoterapiya usuli, davolovchi loylar va 
boshqalar. 
Infektsiyani organizmga tarqalishini oldini olishda va yallig’lanish infiltratini so'rilishini 
ta'minlash maqsadida (UN) - ul'trabinafsha nuri bilan kam miqdorda nurlash ishlatiladi. Bu 
organizimni immunitetini, aglyutinlarni miqdorini va qon-plazma elementlarini miqdorini 
oshiradi. 
Oxirgi o'n yilda lazer nuri bilan davolash ko'p qo'llanilib kelmoqda. Lazer bilan davolashda 
lazerni kam miqdordagi nuri foydalanilib kelinmoqda. Bunda geliy-neonli lazer nurlari 
monoxromatik doirani hosil qilb teriga 0.61 mm; mushakga 2.04 mm gacha ta'sir qiladi. 
Shuningdek ul'tratovush usullari xam davolashda keng qo'llanilib kelinmoqda. 
Kimyoviy antiseptika - mikroorganizmlarga qarshi kurashda turli xil kimyoviy moddalarni 
qo'llash usulidir. Hozirgi kunda strukturasiga ko'ra turli xil kimyoviy moddalar ishlatiladi. 
Ular bo'linadi: 
Noorganik strukturali moddalar - galoidlilar (xlor va uning birikmalari, yod va uning 
birikmalari); 
Oksidlovchilar (bor kislotasi, kaliy permanganat, vodorod peroksid); 
Og’ir metallar(simob, kumush va alyuminiy). 
Organik strukturali moddalar - fenollar, salitsil kislotasi va farmaldigidlar kiradi. 
Shuningdek kimyoviy antiseptiklarga kiradigan bakteriyalarga va yallig’lanishga qarshi moddalar 
ham bor. Ularga sul'fanilamid gruppasiga kiradigan antibiotiklar, nitrofuranlar gruppasiga 
kiradiganlar va sintetik usulda olinadigan turli gruppadagi antibiotiklar. 
Sul'fanilamid gruppasiga kiradigan moddalar - streptotsid, norsul'fazol, urosul'fan, 
sul'fapiridazin. Ular mikroorganizimga ta'siriga ko'ra bakteriostatik mexanizmiga ega. Ya'ni, 
hujayra hayoti uchun zarur moddalarni sintezini (folieviy va digidrofoliyeviy kislotalarni) 
to'xtatadi. 


Nitrofuran preparatlari 5-nitrofuran hosilalari hisoblanadi va ta'siriga ko'ra keng ta'sir doirali 
antibiotiklarga yaqin turadi. Lekin ba'zi hollarda ular ko'prok aktivlikga ega va kam zaxarliligi 
bilan ajralib turadi, keng ta'sir doirasiga ega, ko'pchiligi grammusbat va grammanfiy 
bakteriyalarga, spiroxettalarga, sodda hujayrali parazitlarga va yirik viruslarga aktiv tasir 
ko'rsatadi. Bu preparatlarni tabletka formasi ichishga beriladi - furodonin, furazolidon, furagin, 
furazolin. Vena ichiga - salafur yoki furagin K. tashqi teriga ko'llaniladigan shakillari - furatsillin. 
Ko'pchilik kimyoviy preparatlar klinik amaliyotda to'qimalarni kontakt va implantatsion 
zaxarlanishni oldini olish uchun, instrumentlarda, qo'l terisida va tikuv materialidagi mikroblar 
sterilizatsiyasida ishlatiladi. Shuningdek spirt, yod eritmasi, chumoli kislota eritmasi, dioqtsid 
1:5000, xlor geksidinning 20% eritmasi jarrox qo'liga ishlov berish uchun ishlatiladi. 
Instrumentlarni sterilizatsiyasi uchun chumoli kislota eritmasiga formaldigitni 2% spirtli 
eritmasini, yoki glyutal'degidni 2% eritmasi solinadi. 
Biologik antiseptika - bu tirik organizimlar hayot faoliyati natijasida olinadigan maxsus 
preparatlar: zardoblar, vaqtsinalar, tabiiy biologik antibiotiklar va faglarni o'z ichiga oladi. 
Antiseptik vositalar (yunoncha «anti»- qarshi, «septikos» - yiringli, yiringlashni chaqiruvchi) 
keng ta'sir doirali mikrobga qarshi vositalar, asosan yiringli yallig’lanishli jarayonlarini oldini 
olish, yoki davolash uchun mahalliy qo'llaniladi (shilliq qavatlarga). 
Kam zaxarliligi bilan ajralib turuvchi antiseptiklar guruhiga kiruvchi ba'zi preparatlar infektsion 
kasalliklarda, kimyoterapiyalarda ham qo'llanilishi mumkin. Antiseptikada sifatli kimyoviy 
moddalar ishlatiladi. Ular mikroorganizmlarni yo'q qilishda yuqori aktivlikga va qisqa muddat 
ichida mikroblarni yo'qotish hususiyatiga ega, mahalliy qo'llanilganda zaharli hususiyati judayam 
past, jaroxatni bitishini tezlashtiradi va mahalliy allergik xususiyati kam. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin