Sterilizatsiyaoldi ishlov berilishidan so‘ng uning samarasini tekshirib ko‘rish kerak.
SHu maqsaddu quyidagi sinamalar o‘tkaziladi:
Benzidinli sinama. 1 – reaktiv (0,5 – 1% li benzidin digidroxlorid eritmasi va 3% li
vodorod peroksid eritmasi bir xit nisbatda aralashtiriladi) va 2 – reaktiv
(probirkaga 5 ml 5% li sirka kislotasi solinadi, 0,025 g benzidin sulfat qo‘shiladi va
benzidin to‘liq eriguncha asta sekinlik bilan aralashtiriladi, 5 ml 3% li vodorod
peroksidi qo‘shiladi) tayyorlanadi. Nazorat qilinuvchi instrumentga 2 – 3
tomchidan 1- va 2 – reaktivlardan tomiziladi. Reaktiv rangining ko‘k – yashil
rangga kirishi sterilizatsiya oldi ishlov berilishining noto‘liq bajarilganidan dalolat
beradi. Demak instrumentda oqsil qoldiqlari, ya’ni qon, yiring yoki boshqalar
qolgan.
Ortotoluidinli sinama. 1 – reaktiv (5 – 10 ml 4% li ortotoluidinning 96% li etil
spirtidagi eritmasi va 50% li sirka kislotasi bir xil nisbatda aralashtiriladi va 5 – 10
ml distillangan suv qo‘shiladi) va 2 – reaktiv (probirkaga 5 ml 50% li sirka kislotasi
solinib, 0,025 g ortotoluidin qo‘shiladi va to‘liq eriguncha asta sekinlik bilan
aralashtiriladi, so‘ng 5 ml 3% li vodorod peroksidi qo‘shiladi), yoki 3 – reaktiv (1% li
ortotoluidin eritmasi va 3% li vodorod peroksidi bir xil nisbatda aralashtiriladi)
tayyorlanadi. Nazorat qilinayotgan instrumentga pipetka yordamida 2 – 3
tomchidan 2-reaktiv yoki 3-reaktivdan tomiziladi. Agar instrumentga 1-reaktivdan
2 – 3 tomchi tomizilsa, bu joyga yana 2 – 3 tomchi 20% li vodorod peroksidi surish
kerak bo‘ladi. Agar reaktivning rangi ko‘k – yashil rangga kirsa, sinama musbat
xisoblanadi. Bu esa instrumentda oqsil qoldiqlari – qon, yiring yoki boshqalar
qolganligidan dalolat beradi.
Azopiramli sinama. Instrumentga azopiram surtiladi. Reaktiv rangining o‘zgarishi –
istrumentda qon qoldiqlari borligidan dalolat beradi.
Fenolftaleinli sinama. Nazorat qilinayotgan instrumentga pipetka yordamida 1 – 2
tomchi 1% li fenolftaleinning spirtli eritmasi surtiladi. Agar reaktiv pushti rangga
kirsa, sinama musbat hisoblanadi va bu instrumentda yuvuvchi vosita qoldig‘i
qolganligidan dalolat beradi.
Dostları ilə paylaş: