Q. Rahmonov Sh. K. Narbayev Z. M. Muqimov yer resurslarini boshqarish


M amlakatning mavjud yerdan foydalanishidagi m uam molar va ularni



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/32
tarix24.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#160974
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
4. M amlakatning mavjud yerdan foydalanishidagi m uam molar va ularni
bartaraf etish yoMlari
Jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan tub o'zgarishlar keyingi yillari nihoyatda 
faollashayotgan qator muhim omillar, jum ladan fan va texnikani jadal rivojlanishi, 
uning 
yutuqlarini 
amaliy 
faoliyatda 
k eng-koiam da 
qo'Ilanilishi, 
iqtisodiy 
jarayonlam i boshqarishni ancha murakkablashganligining ta ’sirini o ‘sganligi bilan 
bog’liqdir. Buni to 'la tushunib olish hamda boshqarishning samarali strategiyasini 
qabul qilish uchun jam iyatning murakkab iqtisodiy, ijtimoiy hamda ekologik 
muammolari bo'yicha anchagina chuqur bilimlarni egallash talab qilinadi. Bu holat 
ayniqsa iqtisodiy obyektlarning murakkablashganligi ham da ushbu jarayonga mos 
bo'lmagan boshqarish tizimini qayta qurish natijasida xalq x o ‘jaligining turli 
tarmoqlaridagi boshqarish uslublari va ishlab chiqarish aloqalari o'rtasidagi oldingi 
mavjud tenglik buzilgan, iqtisodiyoti bozor munosabatlariga o ‘tayotgan mamlakatlar 
uchun xarakterlidir. Bunda iqtisodiy munosabatlarni tubdan isloh qilish, korxonalar
41


va ishlab chiqarishni 
tubdan qayta tarkiblash, resurslam i iqtisod qiluvchi 
texnologiyalarni hamda iqtisodni boshqarishning bozor uslublarini qo'llash talab 
qilinadi. Shu munosabat bilan jam iyatni xo'jalik salohiyatidan 
foydalanish 
strategiyasini rejalashtirish ham da uni murakkab iqtisodiy, ijtimoiy ham da ekologik 
vazifalarini hayotga tadbiq qilishda samarali ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligi ayniqsa 
oshadi. 
A nalitik 
ishlanmalardan 
foydalanish 
asosida 
boshqaruvning 
turli 
konsepsiyalari ishlab chiqilmoqda. Bunda ayniksa integratsion boshkarish katta 
axam iyatga ega bulmokda. M urakkab m asalalam i hayotga tadbiq qilish strategiyasini 
rejalashtirish amaliyoti shuni k o ‘rsatadiki, murakkab muammolarni tadqiq qilishning 
anchagina samarali uslublari - bu m uam m oga tizimli yondashuv ham da tizimli 
tahlilga asoslangan tizimlangan tadqiqotlardir.
Boshqarish deganda, boshqariladigan tizim larga ta ’sir jarayoni tushuniladi. Har 
qanday murakkab tashkil etilgan boshqariladigan tizimlar, shu jum ladan yerdan 
foydalanish tizimi ham, o'zining boshlang’ich parametrlarini ushlab turishi, 
shuningdek, o'zlarining sifat holatlarini m a’lum bir m aqsadga yunaltirilgan 
darajalariga erishishi uchun obyektiv ravishda boshqarishni talab qiladi. Boshqacha 
qilib aytganda, boshqarish-bu boshqariladigan tizim lam i, ulam i ichki mazmuni bilan 
m avjud b o ‘lishining obyektiv zaruriyatidir. Boshqarish tizimni o 'zining rivojlanish 
qonuniyatlariga mos tarzda am alga oshiriladi. Boshqarishsiz tizim amaliy jihatdan 
b o ‘linib ketadi.
Y er resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini hayotga tadbiq qilish sur’atlari 
m am lakatda o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar salm og’iga unchalik to ‘la javob 
bermaydi. Bu to 'g ’rida yerlarni maqbul tarm oqlararo taqsim lanishi ham da iqtisodiy 
tarm oqlari va jam iyat faoliyatining 
sferalari bo'y ich a yerlardan foydalanish 
samaradorligini baholash amaliyotini mavjud em asligi, yer kadastrini yuritishdagi 
m avjud kam chiliklar, qishloq xo'jalik yerlaridan foydalanishning uncha yuqori 
bo'lm agan samaradorligi, qishloq x o'jalik yerlari sifatini pasayishi, bozor sharoitida 
yerlardan foydalanish mexanizimiga kiritiladigan iqtisodiy omillam i unchalik to 'la
o'rganilm aganligi, qishloqda aholini joylashtirish m uammolarini mavjudligi, yer 
resurslarini qayta tiklash va boshqa qator m uam m olar guvohlik beradi. Yer
42


resurslaridan foydalanishdagi kam chiliklaming asosiy sabablaridan biri-bu hozirgi 
kungacha tizimli yerdan foydalanishning aniq va samarali ravishda ishlab chiqilgan 
davlat Dasturlarining 
mavjud 
emasligidir. 
Bu 
Dastur yerdan 
foydalanish 
konsepsiyasini, yer munosabatlarining tarkibiy qismlari tamoyillarini, mazmuni va 
metodologiyasini, keyingi rivojlanish yullarini aniqlaydi.
Yerdan foydalanishning samarali Dasturlarini mavjud emasligi yerdan 
foydalanishni ijtimoiy-iqtisodiy voqeilik sifatidagi mohiyatiga va rivojlangan yoki 
rivojlanmagan bozor iqtisodiyotiga ega jam iyatdagi yerning umum egallagan roliga, 
tabiiy majmuaning muhim birikmasi sifatidagi roliga etarli baho berilmaganligi bilan 
belgilanadi. Bunday dastursiz samarali yer siyosatini o'tkazish ham da yer 
resurslaridan oqilona foydalanishni ta ’minlash mumkin emas. Davlat mamlakatda 
bosh islohotchi, yer siyosati uchun vakolatli va m a’suliyatli davlat organi-bu 
“Yergeodezkadastr” davlat q o ‘mitasi hisoblanadi. Bu tashkilot bozor iqtisodiyotining 
rivojlanishi sharoitida ancha faol va aniq yer siyosatini yuritishi zarur.
Tizimli yerdan foydalanish Dasturining mazmuni yer resurslarini to ‘la tiklanish 
sikli bilan bog’liq b o iis h i zarur: ularni toifalari bo'yicha, jam iyat faoliyatining 
sferalari bo'yicha, iqtisodiy tarmoqlar, yer uchastkalari bo'yicha taqsimlanishi (qayta 
taqsimlanishi); ulam ing maqsadli mohiyatiga mos tarzda foydalanilishi va ushbu 
jarayonni tadbiq qilish samaradorligini nazorat qilish; yer resurslarini qayta tiklash. 
Dastur bozor iqtisodiyotini yaratish mohiyati va vazifalariga javob beradigan tizimli 
yerdan foydalanish konsepsiyasini o ‘z ichiga olishi zarur. Yer nainki asosiy ishlab 
chiqarish vositasi sifatida, balki jam iyatdagi bozor munosabatlarining va ijtimoiy- 
iqtisodiy aloqalarining obyekti ham da tabiiy majmuaning 
asosiy birligi sifatida 
qaralishi zarur. Yerdan foydalanishni barcha qirralarining mazmuni va istiqboldagi 
rivojlanishi bu yerda o ‘z o'rnini topishi zarur.
Dasturda asosiy diqqat-e’tibor, ayniqsa bozor iqtisodiyoti nuqtai nazaridan, 
yerdan foydalanishning iqtisodiy qirrasiga qaratilishi zarur. Barcha turlardagi yer 
maydonlarini hisoblash, bonitirovka qilish va yerlarni iqtisodiy baholash, soliqqa 
tortish tizimini takomillashtirish, ipoteka tizimini rivojlantirish, hududni rivojlantirish 
ham da yer uchastkalaridan foydalanishda investitsiyalash shartlari va tartibi, Yerlarni
43


qayta tiklash mexanizimini hamda ulami oqilona foydalanishni rag’batlantirish, yer 
uchastkalari bilan turli harakatlarni amalga oshirish kabi muammolar ayniqsa katta 
ahamiyatga ega bo'ladilar. Yerlardan iqtisodiy foydalanish mexanizimiga q o ‘shilishi 
mumkin bo'ladigan boshqa omillarni ham qabul qilish mumkin.
Dasturda mumkin qadar ijtimoiy, rekreatsion hamda ekologik m asalalam i 
ko'proq ishlab chiqish zarur: Y erdan foydalanish masalalarini aholining turmush 
faoliyati uchun normal sharoitlar bilan, yer resurslaridan foydalanish jarayonidagi 
atrof muhitni saqlash bilan bog’lash zarur bo'ladi. Qishloq aholisini joylashtirishning 
maqbul sharoitlari, yerdan foydalanishning mintaqaviy tizimlarini (Q oraqalpog’iston, 
Farg’ona vodiysi va boshqa regionlar) ishlab chiqish yerdan foydalanishning o ‘ta
muhim m uammolari hisoblanadi. Yerdan foydalanishning 
ijtimoiy yunalishiga 
taalluqli tam oyillam i tadbiq qilish yullarini, tabiiy majmualar bilan ulami o 'zaro
bo g ’liqligini aniqlash zarur b o ia d i.
Respublikada iqtisodiy islohotlam i doimiy ravishda chuqurlashuvi sababli 
yangilanib turadigan yer qonunchiligi tizimi ishlab chiqilgan ham da mavjuddir. Yer 
kodeksiga tizimli yerdan foydalanish to 'g ’risidagi tushunchani kiritish, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida yerni jam iyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarining obyekti 
sifatidagi rolini etarli darajada ochib berish zarur; yerga bo'lgan mulkchilikning turli- 
tuman shakllarini mavjud bo'lishi nuqtai nazardan 16,17,39 va 40-m oddalari katta 
tuzatishlar talab qiladi; yer uchastkasining mulkdori, egasi, foydalanuvchisi va 
ijarachisi terminlari chalkashib ketgan; umuman olganda, kodeks aksariyat agrar 
yunalishga ega, shu bilan birga katta miqdorlardagi qonun osti m e’yoriy hujjatlari 
ishlab chiqish zarur. Yerdan foydalanishning huquqiy qirrasi yer munosabatlarini 
tubdan isloh qilish uchun, yerda x o 'jalik yuritishning turli-tuman, tashkiliy-huquqiy 
shakllarini rivojlantirish, yerdan foydalanish sub’ektlarining huquqiy rejimini 
takom illashtirish uchun zaruriy sharoitlam i yuqori sur’atlarda ta ’minlashi zarur. 
Ushbu maqsadda “Y ergeodezkadastr” davlat qo'm itasi ishlab chiqaruvchi kuchlarni 
rivojlantirish uchun zaruriy kenglikni ta ’minlaydigan yer munosabatlarini isloh qilish 
bo'yicha tavsiyalarni ishlab chiqish va bashoratlash ishlarini am alga oshirish zarur.
44


Yer resurslarini tarmoqlararo taqsimotini maqbullashtirish ham yerdan 
foydalanishning muhim muammosi hisoblanadi. Yerdan foydalanish turlarini nazariy 
jihatdan yanada qayta o'rganish talab qilinadi. Ularni hal qilish yerlarni tarmoqlararo 
taqsimlashni maqbullashtirish bilan ham da hududni tabiiy-iqtisodiy mintaqalari bilan 
bog’liqdir. Yerdan foydalanish turlari, ularning mazmuni, o ‘sish sur’atlari va 
xususiyatlari, har bir yerdan foydalanish turlari bo'yicha yerdan foydalanish 
samaradorligini baholash nuqtai nazaridan yerlardan oqilona foydalanish masalalari 
rivojlantirilishi zarur. Barcha toifa yerlardan foydalanish ularga mos samaradorlikda 
(iqtisodiy, ijtimoiy, rekreatsion, ekologik) am alga oshirilishi zarur. Har bir faoliyat 
sohasida, iqtisodiyotni har bir tarm og’ida yerlardan foydalanish samaradorligini 
(mavjud va potensial) baholash uslubiyatini ishlab chiqish zarur. M isollarga murojaat 
qilaylik. Masalan, suv fondi yerlarining maydoni keyingi 37 yil ichida 6 marta 
o ‘sgan. Ushbu sur’at bilan yerlardan foydalanishning iqtisodiy yoki bo'lm asa boshqa 
samaradorlikni o ‘sishi qay tarzda kechganligi taqqoslanadi. Qishloq xo'jalik yerlarini 
noqishloq xo ‘jalik maqsadlari uchun har yili katta miqdorlarda (5-7 ming.ga 
sug’oriladigan ekin yerlari) ajratilishi (kayta taqsimlanishi), ichki xo'jalik qurilishlari 
(2-3 ming.ga sug’oriladigan ekin yerlari), suv x o ‘jaligi qurilishlari shular 
jumlasidandir. Yerlarni tarm oqlararo taqsimlashni maqbullashtirish nuqtai nazaridan 
bu qanchalik asoslangan va samarali? Yerni ajratishda ularni o ‘mini qoplash 
stavkalari etarli ilmiy asoslanishga egami?
Bilim ni n a z o ra t qilish u chun savollar:
1. Yer resurslarining muhimligi va o ‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Yer resurslarini boshqarish obyekti nima?
3. M amlakat yer fondi tarkibini tavsiflang.
4. Yer turlari deb nim aga aytiladi?
5. Yer toifalaridan qay biri eng katta solishtirma qiymatga ega?
6. M amlakat yerdan foydalanishlarining asosiy turlarini ayting.
7. Yer toifalari m aydonlarining o ‘sish sur’atlarini asosiy sabablarini ayting.
8. Qaysi yer toifasining maydonlari eng katta o'zgarishga uchragan?
45


9. Qaysi yer toifasining maydonlari eng kam o'zgarishga uchragan?
10. Yer fondining tarm oqlararo taqsimotida qanday tamoyillari mavjud?
11. Qanday yerlar alohida qimm atga ega b o ‘lgan yerlar deyiladi?
12. M am lakatda yerdan foydalanishda qanday muammolar mavjud?

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin