Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti meliyeva shohida maksudovna


“Tabiat xodisalari” ritmitizatsiya mashqlari



Yüklə 1,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/51
tarix24.10.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#161079
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51
b768c98ee1c7663fbf30be465ef49779 MAKTABGACHA YOSHDAGI AQLI ZAIF BOLALARDA NUTQNI RIVOJLANTIRISH JARAYONIDA DIDAKTIK O`YINLARDAN FOYDALANISH TEXNALOGIYALARI

“Tabiat xodisalari” ritmitizatsiya mashqlari 
Bolalar qo‘lini stol ustiga qo‘yib, defektolog bilan birgalikda yomg‘ir 
tomchilarini ritmini aks ettirishadi: barmoqlarni yengil va sekin harakati – kichik 
yomg‘ir, qattiq va tez-tez tukillatish – momaqaldiroq chaqnashi.
Defektolog: (
ertakning 18-19 gaplarni o‘qiydi
). Keling musiqa asosida bulut 
lunjlarini ishirib puflab-puflab, so‘ng portlab ketib, yomg‘ir yog‘ishini 
boshlaganini ko‘rsatib beramiz. 
Badan mushaklarini ixtiyoriy tarzda kuchlantirish va 
bo‘shashtirish mashqi
F. Shopenning Skerzo № 1 musiqasi ostida bolalar aylana bo‘lib turib, qo‘l, 
oyoq 
mushaklarini 
kuchlantirishadi, 
lunjlarini 
ishirishadi. 
D.D.Shostakovichning “Bayram uvertyurasi” musiqasi ostida lunjlaridagi 
havoni puflab chiqarishadi, badan mushaklarini bo‘shashtirishadi, joyida turib 
“yomg‘ir tomchilari” kabi sakrashadi.
2 bosqich. Hissiy-affektiv vaziyatlarni ta’riflash va muhokama qilish 
Maqsad: 
1. Psixogimnastika: 


80 

Ertak qahramonlari va ularning affektiv holatini ta’sirchan ifoda 
asosida aniqlashga o‘rgatish (
g‘am, taklif, uyqu
);

Tabiat hodisalarini ritmitizatsiya asosida tasvirlab berishga o‘rgatish 
(
momaqaldiroq chaqnashi, yomg‘ir
); 
 

Badan mushaklarini ixtiyoriy tarzda kuchlantirish va bo‘shashtirish 
ko‘nikmalarini rivojlantirish (
bulut - yomg‘ir
).
2.
 
Muhokama qilish: 

Bolalarga ertakning tub mazmun-mohiyatini tushuntirish (do‘stlar 
doim yordamga kelishadi); 

Bolalarni egallagan multisensor tajriba asosida hamkorlikda yoyiq 
ta’riflar tuzishga o‘rgatish;

Bolalar nutqida hayvonlar nomini erkalash-kichraytirish shakllarini
(
sichqon – sichqoncha, mushuk – mushukcha
) va fe’lning buyruq-istak maylini 
(
uyg‘on, tur
) qo‘llashni faollashtirish; 

Oddiy jumlalarni to‘liq gap ohangi bilan so‘zlashga o‘rgatish. 
 
Defektolog 
(bolalarga avvalga darsda so‘zlab berilgan “Olako‘z laqabli 
sigir” ertagini hikoya qilib, so‘ng bolalarga murojaat qiladi).
Demak, do‘stlar 
doimo bir-biriga qiyinchiliklarni engishga ko‘maklashishadi. Do‘sting qancha 
ko‘p bo‘lsa, shunchalik yaxshi ekan. Eslang, kampir kimlarni yordamga 
chaqirgan edi? 
Bolalar: Kampir mushuk, sichqon, bulutni yordamga chaqirgan.
Defektolog. Kampirga o‘xshab: “Sichqoncha (mushukcha, bulutcha) 
Olako‘zni uyg‘otib ber” va mushukga o‘xshab: “Myau, myau, myau uyg‘on! 
Myau, myau, myau o‘rningdan tur!” deya javob berib ko‘ring.
Bolalar defektolog topshirig‘ini bajarishadi. 

Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin