часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
декабрь
, 2022
г
727
Maltus ning bashoratlariga zid holda, texnika ravnaqi tufayli oʻsib, daromadlarning oʻsishi
darajasiga qarab tugʻilish pasayib bormoqda. Maltus javob
berishga harakat qilgan
muammolar hozirgi zamonda ham past rivojlangan mamlakatlarda dolzarb hisoblanadi. Bu
mamlakatlarda tugʻilish koeffitsiyenti yuqori boʻlgan sharoitda tibbiyotni "import qilish"
bilan rivojlangan mamlakatlardagi kabi past oʻlim koeffitsiyenti taʼminlanmoqda va, ayni
paytda, bu mamlakatlarda qashshoqlik muammosi mavjud. Shuningdek,
ayrim ekologlar
jahon miqyosida aholining va sanoat ishlab chiqarishining oʻsishi resurslar taqchilligiga olib
keladi, deb qaraydi.
Fransuz iqtisodchisi Jan Batist Sey (1767—1832) gʻoyalarida iqtisodiyotdagi toʻla
erkinlik sharoitidagina ishlab chiqarish omillari (mehnat, kapital va yer)dan eng samarali
foydalanish mumkinligi va sinflar oʻrtasidagi munosabatlar uygʻunlashuvi ilgari suriladi.
Seyning eng muhim kashfiyotlaridan biri "Sey qonuni" — "bozor qonuni" yoki "sotish
nazariyasi" hisoblanadi.
Umuman olganda yuqorida aytib o’tilgan shaxslar klassik
iqtisodiy maktabning
rivojlanishi uchun boshqalarga nisbatan aniqroq va foydaliroq fikrlarni aytib o’tgan. Klassik
iqtisodiy maktabning rivojlanishi esa 4 bosqichga bo’linadi.
Birinchi bosqich vakillari V.Petti va Buagilberdir. Bu davrda asosan merkantilizmning
xatolari borasida so’z boradi va bu davr XVIII asrning ikkinchi yarmida fransiyalik F.Kene va
A.Tyurgolar tomonidan ilgari surilgan fiziokratizm bilan yakunlanadi.
Ikkinchi bosqichni esa A.Smit davom ettiradi. Asosiy rivojlanish
belgilari va sezilarli
o’zgarishlar aynan shu davrda paydo bo’la boshlaydi.
Uchinchi bosqichdagi iqtisodiy nazariyalar J.B.Sey, D.Rikardo, T.Maltus tomonidan
fanga olib kiriladi va bu davr boshqa davrlardan rivojlanish tezligi
va samarasi bilan farq
qiladi. Chunki D.Rikardo A.Smitning xatolarini bartaraf etgan holda shaxsiy nazariyalarini
taqdim etgan bo’lsa, Rikardoning ba’zi xatolari Maltus tomonidan
tanqid qilinadi va bir
vaqtda u ham o’zining fikrlarini bera boshlaydi.
To’rtinchi bosqichni esa J.S.Mill qarashlari yakunlaydi.
19-asr oxirlarida klassik siyosiy iqtisod maktablariga muqobil iqtisodiy gʻoyalar paydo
boʻla boshladi, klassik maktabning bir qancha qonunqoidalari
yangi sharoitlarga
moslashtirilgan holda neoklassik qarashlarda oʻz aksini topdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. D.S.Jumanov , Z.G.Allaberganov ”Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” (o’quv qo’llanma)
Toshkent ”Iqtisod-Moliya” 2017
2.Sh.H.Tashmatov, X.S.Asatullayev, Z.G.Allaberganov ”Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”
Toshkent ”Iqtisod-Moliya” 2019
3.MALTUS (Maltus) Tomas Robert" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
4.Razzoqov A. va boshqa, Iqtisodiy taʼlimotlartarixi, T., 1997
5.Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
6. History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander lvii.