397
topshirig’iga ko’ra va respublika byudjetining mablag’lari hisobidan
obligatsiyalarning egalariga bu obligatsiyalar qaytarilayotgan paytda to’lovlarni
amalga oshiradi.
Davlat qimmatli qog’ozlarini tartibga solish hukumatning Moliya vazirligi va
Markaziy bank bilan hamkorlikdagi eng muhim va mas’uliyatli funksiyalaridan
biridir. Hozirgi amaliyotda davlat qimmatli qog’ozlarini tartibga solish
choralarini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
“olovli” choralar – qayta moliyalashtirish va lombard stavkalarini oshirish
(ko’tarish), qimmatli qog’ozlar va valyuta bozorlarida Markaziy bankning
interventsiyasi. Biroq bunday choralar qisqa vaqt – 2 yoki 3 kun uchun ta’sirchan
hisoblanadi;
xorijiy qarzga olish. Qimmatli qog’ozlar bozoriga ta’sir ko’rsatish uchun
qarz olishning o’zi emas, balki kreditlarning olinishi to’g’risida ishonch bo’lishining
o’zi etarlidir. Yuqoridagi choralar singari bu guruhga kiruvchi choralar ham, ma’lum
darajada va ma’noda, tanazzulni orqaga suruvchi va uning ildizlariga barham
bermovchi “olovli” choralar hisoblanadi;
davlat qimmatli qog’ozlar milliy bozori nobarqarorligining oldini olishga
samarali va uzoq muddatli ta’sir ko’rsatishga uzoq muddatli monitar choralarga
moliyaviy bozorning chegarasidan chetga chiquvchi choralar (xususan, soliq tizimi
va soliqlarning undirilishini tartibga solish, byudjet defitsitini qisqartirish, iqtisodi-
yotning o’sishiga erishish va h.k.lar) qo’llanilsagina, erishish mumkin.
Davlat qarzlarini boshqarish mamlakatning iqtisodiy o’sish sur’atlari va
sifatiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi byudjet
siyosatining muhim qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda
davlat qarzlarini boshqarishda aniq bir kontseptsiyaga ega bo’lish alohida ahamiyat
kasb etadi. Bu kontseptsiyada davlat qarzlarini boshqarish hamda pul-kredit siyosati
va valyuta siyosati o’rtasidagi aloqalarni davlat qarzlarining davlat moliya
tizimidagi o’rnini, tashqi va ichki davlat qarzlarining bir-birlari bilan bog’liqligini
aniqlash juda muhimdir.
Dostları ilə paylaş: