446
𝑸𝑷
- qisqa muddatli passivlar (kelgusi davr daromadlarisiz).
Joriy likvidlik koeffitsientining darajasi ikkidan kichik bo’lmasligi lozim.
Shunday bo’lishiga
qaramasdan, g’arb iqtisodiyotida uning darajasiga birdan
kichik bo’lmagan hollargacha yo’l qo’yiladi.
Absolyut likvidlik koeffitsienti eng likvidli aktiv-larning (pullar va qisqa
muddatli moliyaviy qo’yilmalar) qisqa muddatli majburiyatlarga
nisbati orqali
aniqlanadi va uni formula orqali quyidagicha ifodalash mumkin:
𝑲
𝒂𝒍
=
𝑷𝑴 + 𝑸𝑴𝑴𝑸
𝑸𝑴𝑴
≥ 𝟎, 𝟐
Bu yerda:
𝑲
𝒂𝒍
- mutloq (absolyut) likvidlik koeffitsienti;
𝑷𝑴
– pul mablag’lari;
𝑸𝑴𝑴𝑸
- qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar;
𝑸𝑴𝑴
- qisqa muddatli majburiyatlar (kelgusi davr daromadlarisiz).
Bu koeffitsientning istaluvchi darajasi
0,2 dan iborat bo’lib,
biroq
amaliyotda bu narsa o’z faoliyatining turli davrlarida XYSning moliyaviy
siyosati va ishining samaradorligiga bog’liqdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydalanishning
samaradorligi juda ko’p omillarga bog’liq. U, eng avvalo, to’lov intizomining
ahvoli, aylanma mablag’larning turli funktsional elementlariga
joylashtirilgan
investitsiyalarning hajmi bilan belgilanadi. Shuningdek, ishlab chiqarish sohasida
aylanma kapitaldan samarali foydalanishga ishlab chiqarishning chiqitsiz yuqori
texno-logiyalarga asoslanganligi, materiallar
qiymatining pasayishi, ishlab
chiqarish va muomala xarajatlarini minimallashtirish, ishlab chiqarish zaxiralari
va ularning harakatini oqilona tashkil qilish hamda natijali boshqaruv ta’sir
etadi.
Muomala sohasida bunday omillar qatoriga mol etkazib beruvchilar va
iste’molchilar
bilan ishlarni yaxshilash, xo’jalik aloqalarining samarali
usullaridan foydalanish, zamonaviy
marketingni amalga oshirish, tayyor
mahsulot zaxiralarini kamaytirish va uning realizatsiya qilinishini tezlashtirish
kabilar kiradi. To’lov qobiliyatini mustahkamlash va mablag’larning
aylanuvchanligini tezlashtirish maqsadida debitorlik
qarzlari va pul oqimlarini
boshqarishni yaxshilash ham bu o’rinda alohida ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: