Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   167
Adabiyot maktabgacha

Jismoniy daqiqalar
. Jismoniy daqiqalar (qisqa muddatli 
jismoniy mashqlar) o‘rta, katta va tayyorlovchi guruhlarida 
mashg‘ulotlar 
o‘rtasidagi 
tanaffusda, 
shuningdek 
dars 
jarayonining o‘zida o‘tkaziladi. Jismoniy daqiqaning a 
hamiyati bola faoliyati va xolatini harakat faolligi orqali 
almashtirishdan iborat bo‘lib, u charchoqni yozadi, bolaning 
emotsional ijobiy holatini tiklaydi. Agar bola mashg‘ulot 
jarayonida nisbatan harakatsiz turib qolsa toliqish yuzaga 
keladi. Toliqish bir xil ish, shuningdek mashg‘ulot 
yuklamasini buzilishi tufayli kuchayadi, bu bolalarning 
e’tiborini 
susaytiradi. 
Bu 
bosh 
miya 
po‘stlog‘ida 
rivojlanadigan tormozlanish va bolaning o‘quv materialini 
o‘zlashtirish qobiliyatining susayishi bilan izohlanadi. U 
chalg‘iy boshlaydi, diqqat faolligi, idroki susayadi. Bu 
belgilarning barchasi faoliyatni o‘zgartirish zarurligini 
ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, xatto 6 yoshli 
bolalar ham 20 daqiqagina nisbatan harakatsiz va diqqatni 
jamlab tura olar ekanlar; shu muddatdan so‘ng ular toliqish 
tufayli bilimlarni yaxshi o‘zlashtirish va ko‘nikmalarni 
egallashga qodir bo‘la olmaydilar. Jismoniy mashqlarni 
bajarish mushak ishini faollashtiradi, bu o‘z navbatida qon 
aylanishini kuchaytiradi va oqibatda yurak ishining, nafas 
olishning intensivligini oshiradi, miyaning qon bilan 
ta’minlanishini faollashtiradi. Bularning hammasi birgalikda 
bola psixikasi emotsional – ijobiy holatning shakllanishiga, 
diqqatning, aqliy faoliyat va umumiy jismoniy holatning 
oshishiga ta’sir qiladi. Charchoq yo‘qoladi, bola dam oladi va 


-
186
-
yana ishtiyoq bilan shug‘ullana boshlaydi. Jismoniy daqiqalar 
tarkibiga 10-15 marta sakrash, 10-12 marta cho‘qqayib o‘tirish 
yoki turgan joyida yugurish (30-40 sekund) kiradi. Jismoniy 
daqiqalari o‘z ichiga yelka kamari va qo‘llarga mo‘ljallangan 
2-3 ta mashq, tortilish, egilish va gavdani burish mashqlarini 
oladi. Jismoniy daqiqalar 2-3 daqiqa davom etadi. 

Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin