-
199
-
UCHINCHI BOB. MAKTABGACHA TA’LIM
MUASSASASIDA METODIST FAOLIYATI
1-§. MTM larda jismoniy madaniyat
mutaxassisining vazifalari
Pedagogik
kollejlar uchun mutaxassislar, xalq ta’limi
boshqarmalarida metodik va boshqarish faoliyati yurituvchi
kadrlar tayyorlash uchun oliy o`quv yurtlarining pedagogika
va psixologiya fakultetlarida jismoniy tarbiya mutaxassislarini
kasbiy tayyorgarligiga katta e’tibor qaratilgan. Jismoniy
madaniyat mutaxassisining
faoliyati- murakkab, ko‘p qirrali
jarayon, sog‘lomlashtirish va ta’lim vazifalarini xozirgi zamon
fan yutuqlari bilan uyg‘unlikda hal etishni talab qiladi.
Zamonaviy jismoniy madaniyat mutaxassisi maktabgacha
ta’lim dasturiga kiritilagan ushbu yutuqlarlardan xabardor
bulmog‘i lozim. U mashq
bajarish jarayonida buyruq,
terminologiya, tushuntirish va boshqa o‘rgatish usullaridan
aniq foydalanmog‘i lozim. Uning pedagogik mahorati, xar bir
bolaga uning psixofizik rivojlanish dasturini tuzish, o‘shanga
qarab mashqlar variantlari, bolaning
jismoniy tayyorgarlik
tashxisi va sensonmotor rivojlanishini aniqlashdan iborat. U
avvalo, mashg‘ulotlar davomida bola xavfsizligini ta’minlash,
sport anjomlaridan foydalanish, jismoniy mashqlar vazifalari
va
xususiyatlaridan
kelib
chiqqan
holda
musiqadan
foydalanishni ta’minlashi shart. Metodist o‘qish jarayonida
olgan bilim, ko‘nimalaridan
foydalanib, bola bilan ishlash
usullarini ilmiy asoslagan holda, o‘rgatish jarayoniga
ijodkorona
yodashib,
amalga
oshirishi
kerak.
Bola