Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   167
Adabiyot maktabgacha

-
195
-
tavsiyasiga ko‘ra bolalarga yakka holda yondashish kerakligi 
ko‘rsatilgan. Havo vannalari – bolalar harakat faoliyati vaqtida 
havoni terining yalang‘och qismiga bevosita ta’sir etishini 
ta’minlaydi. Bunda havo vannasining eng maqsadga muvofiq 
va tabiiy ko‘rinishi ochiq havoda hamda deraza darchalari 
ochiq xonalarda o‘tkaziladigan ertalabki badantarbiyadir. 
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va ertalabki gimnastika havo 
vannasi sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularni xonada 
o‘tkazishda havo harorati asta-sekin har 2-3 kunda kamaytirib 
boriladi, bolalar ham shunga qarab yengilroq kiyintiriladi. Bu 
ish shifokor ko‘rsatmasiga ko‘ra, bolalar sog‘lig‘ining ahvoli 
va ularning har biriga yakka yondashgan holda amalga 
oshiriladi. Bola havo vannalarini avval xonada, keyin 
ko‘chada oladi. Havo vannalari sovuq (10-20 S), befarq (23-
30 S) va issiq (30 S dan yuqori) bo‘ladi. Bola sovuq havoga 
asta-sekin o‘rgatiladi. Dastlab bolalar ishtonchada 15-20 
daqiqa havo vannasini xonada qabul qiladilar. Havo vannasi 
olina boshlangandan 10-15 kun o‘tgach, bolani ko‘chaga 
yengil kiyintirib chiqarish mumkin. Suv tadbirlari artinish
belidan suv quyish, dush, cho‘milish (basseyn, daryo, ko‘l, 
dengizda) kabi muolajalardan iborat. Shifokorning bolalarning 
uziga xos xususiyatlari va sog‘lig‘ini hisobga olib bergan 
tavsiyasi bu muolajalarni belgilash uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Suv muolajalarida bolaning faol bo‘lishi maqsadga 
muvofiq va zarurdir. Oyoq, qo‘l uchlaridan markazga qarab 
massaj harakatlaridan foydalanib bolalar suvi siqilgan ho‘l 
qo‘lqoplar yordamida o‘zlari harakat qilishga o‘rganadilar. 
Doira yoki yarim doira bo‘lib, turgan holda ular bir vaqtda 
ko‘krak, yelka va qo‘llarni ishqalab artadilar, shundan so‘ng 



Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin