- 56 - qanday harakat akti harakat faoliyati tarkibidan ikki narsani:
a) bajarilayotgan harakat, uni bajarishdan kelib chiqadigan
maqsad;
b) harakat vazifasini hal qilishning usulini farqlash kerak
bo‘ladi.
Ko‘pincha bir xil harakat turli usuliyotlarda bajariladi,
masalan, balandlikka sakrashda plankaga to‘g‘ridan, chap,
o‘ng tomonlardan yugurib kelib va plankaga yaqin yoki undan
uzoqdagi oyoq bilan depsinish mumkin. Aslida esa shu
mashqni yuqorida qayd qilinganidan boshqacharoq, oson, oz
energiya sarflab, belgilangan harakatni (vazifani) samarali hal
etish usuliyoti mavjud. Harakat
vazifasini oson samarali hal qilish uchun tanlangan harakat akti (faoliyat)ni – jismoniy mashq texnikasi deb atash qabul qilingan.
“Texnika” – grekcha so‘z bo‘lib «bajara olish san’ati»
degan ma’noni bildiradi. Jismoniy mashq texnikasi doim
o‘zgarib turadi va takomillashadi. Takomillashgan harakat
texnikasi yuqori natija ko‘rsatish garovi bo‘lib unga
sportchilarning tinimsiz ter to‘kishi orqali erishiladi.
Sportchining jismoniy tayyorgarligini ortishi yoki uning
gavdasi tuzilishi (anatomiyasi), boshqacha aytganda jismoniy
rivojlanganlikni
ko‘rsatuvchi
ko‘rsatkichlarning
turli-
tumanligi (son suyagini kaltali yoki uzunligi, yelka suyagi o‘lc
hamining turli xilligi va h.k.) sport turi
– jismoniy mashqlar
bajarish texnikasini asosini uning zvenolari yoki detallarini
o‘zgarishiga, almashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Texnika
uning asosi ,
zvenolari va
detallari deb qismlarga bo‘lingan.
Texnikaning asosi deganda harakat orqali qo‘yilgan vazifasini
bajarish uchun kerak bo‘ladigan harakat faoliyati tizimining