Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   167
Adabiyot maktabgacha

-
52
-
oshirishga yordam beradi. Bular natijasida issiqlikni idora 
qiluvchi apparat harakatga keladi, ya’ni kishi organizmi turli 
xil meteorologik omillarning o‘zgarishiga o‘z vaqtida javob 
bera oladigan darajaga keladi. 
Suv terini kirdan tozalaydi, o‘rmon bog‘lardagi 
shifobaxsh moddalar (fitontsidlar) ga boy havo mikroblarni 
yo‘qotishga yordam beradi, qonni kislorodga to‘yintiradi. 
Quyosh nuri teri ostida D vitaminining saqlanishiga xizmat 
qiladi, turli mikroblarni o‘ldiradi va bolalarni kasalliklardan 
(raxit…) saqlaydi. 
 
3-§. Jismoniy mashqlar – jismoniy tarbiyaning
asosiy vositasi
Jismoniy mashqlarning paydo bo‘lishi uzoq o‘tmishga 
borib taqaladi. Jismoniy mashqlar insonning hayotiy 
instinktlari, jumladan, yashash, ovqatlanish, uy joy qurish, 
avlod qoldirish va x.k.z kabi ehtiyojlarini qondirish bilan 
bevosita bog‘liq bo‘lgan. Inson rivojlanib borgani sayin uning 
harakatlari ham takomillashib borgan. Jismoniy mashqlarning 
paydo bo‘lishiga, mehnat faoliyati, ov, hattoki urushlar ham 
sabab bo‘lgan. Yashash uchun kurash asnosida insonning: 
tezlik, kuch, egiluvchanlik, chidamlilik, epchillik, chaqqonlik 
kabi ruhiy-jismoniy xususiyatlarini takomillashtirib borish 
talab qilingan.
Ov va boshqa hayotiy zarur faoliyatlar uchun inson 
ma’lum harakatlarni bajarishga majbur bo‘lgan. Ovga 
borishdan oldin, ovlanadigan o‘ljaning rasmlarini qoya yoki 
yerga chizib, quroli bilan mo‘ljalga olgan. Bu holat o‘z 


-
53
-
navbatida trening vazifasini bajarib, irodaviy moslashuv 
hamda kerakli ko‘nikmalarni hosil qilish imkoniyatini bergan. 
Inson doimo harakatga intilib, harakat faoliyatini 
optimallashtirishga intilgan. Tabiat hodisalarini tushunmaslik 
oqibatidagi qo‘rquv, his-hayajon, raqs, o‘yin hamrohligida 
o‘tkaziladigan turli diniy udumlarning paydo bo‘lishiga olib 
kelgan. Insonnning ijtimoiy jihatdan rivojlanib borishi 
natijasida mehnat faoliyati va jismoniy mashqlar orasidagi 
farq tobora yo‘qqa chiqa boshladi. Mehnat jarayoni bilan 
bog‘liq murakkab harakat faoliyatidan asta-sekin alohida 
harakatlar (yugurish, uloqtirish, sakrash) ajralib chiqib
keyinchalik jismoniy tarbiyada qo‘llanila boshlandi. Turli 
mushaklar guruhi uchun o‘ziga xos mashqlar qo‘llanila 
boshlandi. Oddiy mashqlar tizimi asta-sekin hozirgi kundagi 
sport o‘yinlarida qo‘llaniladigan murakkab, maxsus tuzilgan 
mashqlar tizimi darajasigacha takomillashib bordi. Inson 
rivojlanishi va faoliyatining takomillashuvi yangi-yangi 
jismoniy mashqlarni yaratish va takomillashtirib borishni 



Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin