-
65
-
malakalar shakllana boradi. Bolani maktabga tayyorlash
jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo‘lgan ta’lim
olishga, o‘qishga ishtiyoq uyg‘otish lozim. Bu o‘rinda
bolalarni ruhan ta’lim jarayoniga
kirishishga tayyorlash
maqsadida dastlabki o‘quv elementlarini o‘rgatish lozim. Har
qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin.
Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy jihatdan ta’lim
olishga tayyor bo‘lishi kerak. Bolalarni maktabga tayyorgarlik
darajasini aniqlashda tashxis
markazlarining xulosalariga
tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda maktabning moddiy-
texnik bazasi olti yoshli bolalarga ta’lim
berish imkoniyatiga
ega bo‘lishi shart. O‘qituvchining pedagogik-psixologik bilim
darajasi, axloq-odobi va shaxsiy sifatlari olti yoshli bolalarga
ta’lim va tarbiya berish uchun loyiq bo‘lganda,
u olti yoshli
bolalarni o‘qitish huquqiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham 6-
7 yoshli bolalar, ularni qabul qiladigan
maktablar hamda bu
bolalarni o‘qitadigan o‘qituvchilar pedagogik-psixologik
nuqtai nazardan alohida-alohida
diagnostika qilinishi va
shundan keyingina ta’lim jarayoniga kirishilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: