Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc


– 12 oygacha bo‘lgan bolalarning rivojlanishi



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   167
Adabiyot maktabgacha

6 – 12 oygacha bo‘lgan bolalarning rivojlanishi. 
Bu 
yoshdagi bolalarda asosiy harakatlar shakllangan bo‘ladi. Bola 
tizza va kaftlarini yerga tirab tura olishi, yotgan holatdan tura 
olishi, o‘tirgan joyida yota olishi, ko‘maksiz o‘tira olishi, 
tayangan holda predmetlardan hatlab o‘tishi, mustaqil birinchi 
qadamini bosishi lozim. 
 
ILK YOSH GURUH 
2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari. 
Bu davr 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha 
bo‘lgan davr mobaynida bolaning nutqi va o‘zgalar tomonidan 
aytilgan so‘zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan 
bo‘lsa, 2-3 yoshga kelib, o‘zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni 
boshlanadi, bola musiqa, badiiy so‘z ta’siriga tez beriladi. 
Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she’rlar 


-
62
-
aytish hamda raqsga tushishni o‘rgatish lozim. Ularda 
kattalarga jo‘r bo‘lib qo‘shiq aytish, musiqaga muvofiq 
harakat qilish, ohangni his etish ko‘nikmasi shakllanadi. Bu 
yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida o‘zaro 
muloqotga kirishish ko‘nikmalari shakllana boshlaydi. Ta’lim- 
tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu 
ko‘nikmalarni 
rivojlantirishga 
va 
ularni 
malakalarga 
aylantirishga yo‘naltirilmog‘i lozim.
 
 
KICHIK GURUH 
 3-4 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari. 
Bola 3 
yoshga qadam qo‘yganda jismoniy o‘sishi bir qadar 
sekinlashadi. Bu davrda uning og‘irligi 14-15 kg., bo‘yi 90-95 
sm. ga yetadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab tizimi 
taraqqiy yetadi. Tayanch harakat organlari takomillashib 
boradi. 3 yoshli bolalar qisqa muddat davomida o‘z hatti- 
harakatlarini idora qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. 
Ulardagi mustaqillik ortib boradi, hissiyot hamda sensor idroki 
rivojlanib boradi. Jamoa bo‘lib o‘ynash ko‘nikmalari 
shakllanadi. O‘yin asosida amalga oshiriladigan mehnat 
faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy faoliyat 
hamda qurish-yasash faoliyatining dastlabki ko‘rinishlari 
namoyon bo‘ladi. Uch yoshli bolalarning diqqati qisman 
markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy 
borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish 
imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o‘yin faoliyati yetakchi 
rol o‘ynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni ken-
gaytirishga va rivojlantirishga keng yo‘l ochadigan ta’limiy 
mashg‘ulotlar tizimini belgilab berishga yo‘naltirilgan.



Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin