- 57 - o‘zak qismi tushuniladi. Qo‘llangan usullar tananing
qismlarini o‘zaro kelishgan holda, harakat aktining ketma-
ketligi tizimini buzmay, jismoniy sifatlari (kuch, tezkorlik,
chaqqonlik,
muskullar
egiluvchanligi
va
bo‘g‘inlar
harakatchanligi) ning keraklicha namoyon qilinishini taqozo
yetadi. Usul samarali bo‘lsa, amaliyotda unumli qo‘llanishi
mumkin va uzoq vaqt o‘zining hayotiy
– amaliyligini saqlab
qoladi. Masalan, balandlikka sakrashning «Fosberi-flop» usuli
samarali bo‘lsa ham, hozirgacha ko‘pchilik sportchilar
«perekidnoy» usulidan foydalanadilar. Yangi o‘rganuvchilar
uchun esa hozirgi kungacha «qadamlab sakrab o‘tish»
usulidan foydalanilish sakrash texnikasini o‘zlashtirishda
kerakli samara beradi.
Texnika zvenosi deyilganda, bajarilayotgan harakatning
asosiy mexanizmi
– sakrashlarda depsinish, uloqtirishlarda
final kuch sarflashni bajarish uchun yordam beradigan harakat
faoliyati
tarkibidagi
bo‘laklar
tushuniladi.
Pedagogik
jarayonda
mashqning
asosiy
zvenosi
mexanizmini
o‘zlashtirish o‘qitishning negizi deb qaraladi. Texnikaning
o‘zlashtirilishi
mashq
texnikasining
asosini
o‘rganish
demakdir.
Texnikaning detali bu, harakat tarkibiga kirgan, lekin
uning asosiga, zvenolariga ziyon yetkazmaydigan qo‘shimcha
harakatlar yoki shu harakat mexanizmi tarkibidagi eng mayda
bo‘laklardir. Uni harakat tarkibida bajarsa ham bajarmasa ham
bo‘ladi. Masalan, uzunlikka sakrashda kimdir tanaga tezlik
berishni keskin tezlanish bilan, kimdir tezlanishni asta-sekinlik
bilan boshlaydi; qisqa masofaga yuguruvchi
– ham to‘siqlar
osha, ham to‘siqlarsiz yugurish yo‘lkasida tez harakatlana