Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   167
Adabiyot maktabgacha

 


-
60
-
IKKINCHI BOB. BOLALARNI RIVOJLANTIRISH
JISMONIY TARBIYA METODIKASI 
BIRINCHI BO‘LIM. BOLALAR RIVOJLANISHINING
YOSH XUSUSIYATLARI 
 
Bolalarning rivojlanishi va o‘sishi uzluksiz davom 
etadigan jarayondir. Bu davrda uning shaxs sifatida 
shakllanishi, ilk bor olamni atrofdagi ashyo va buyumlar 
orqali anglab, undan o‘zicha ma’no topishga intilishi, qiziqish 
va hissiyotlari rivojlanishini kuzatamiz. 
Hayotning har bir davri, rivojlanish xususiyatlari va 
ehtiyojlariga ko‘ra o‘ziga xos bosqichlarga ega. Bolaning o‘sib, 
ulg‘ayishida maktabgacha bo‘lgan davrni shular sirasiga 
kiritish mumkin. Bolalar ohangraboli olam hisoblanib, juda tez 
o‘sish, rivojlanish va o‘zgarishlar ichida yashaydilar. Bu 
farzand 
tarbiyasida 
aynan 
shu 
palla 
qanchalik
ahamiyatli ekanining yana bir isbotidir. 
“Bolajon”dasturiga ko‘ra 
bolalarni rivojlantirish va 
maktabga tayyorlash davri shartli ravishda quyidagi 
bosqichlarga
 
bo‘linadi:
-
go‘daklik (1 yoshgacha); 
-
ilk yosh (1-2 yosh); 
-
ilk yosh (2-3 yosh); 
-
kichik yosh (3-4 yosh); 
-
o‘rta yosh (4-5 yosh); 
-
katta yosh (5-6 yosh); 
-
maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh). 
Tug‘ilganidan 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning 
rivojlanishi. 
Insonning rivojlanish davri ona qornidan 


-
61
-
boshlanadi. Bola ona qornida to‘qqiz oy mobaynida juda tez 
rivojlanish jarayonini va murakkab taraqqiyot davrini o‘taydi. 
Bu davrda ham bola ma’lum darajada tashqi muhit ta’sirida 
bo‘ladi. Shuning uchun ham bu ta’sirning ijobiy bo‘lishini 
ta’minlash lozim. Go‘dakning vazni tug‘ilgan paytda 3, 5 kg, 
bo‘yi 50 sm bo‘lgan bo‘lsa, uch oylik davrida uning vazni 
taxminan 5 kg, bo‘yi 60 sm, 6 oylik bo‘lganda esa taxminan 7 
kg, bo‘yi 64 sm bo‘ladi. Bolaning yirik motorikasi rivojlangan 
bo‘lishi, bola o‘z tanasini boshqara olishi, tepasiga osilgan 
o‘yinchoqlarni tomosha qilishi, unga qo‘li bilan talpinishi, o‘z 
kaftlarini ocha olishi, qo‘lida o‘yinchoqlarni ushlay bilishi, 
o‘yinchoqni kattalarning qo‘lidan olishi, o‘yinchoq bilan faol 
o‘ynashi 
(siltaydi, 
shiqillatadi, 
og‘ziga 
olib 
boradi, 
o‘yinchoqni tashlaydi, o‘z qo‘llarini ushlab ko‘radi) kerak. 

Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin