Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Shovqin va silkinishdan himoya [1]



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/207
tarix26.10.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#161621
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   207
5c78e023dfdea (1)

 
Shovqin va silkinishdan himoya [1] 
Sanitariya me’yorlari turar joy va jamoatchilik 
binolarining to‘siq moslamalarigacha manbalarining 
minimal masofalari va tovush quvvatining me’yoriy 
darajasini belgilaydi. Shovqinli sexlarni, shovqini kam 
sexlar, turar-joylar va jamoatchilik binolarga nisbatan 
shamol tomonda va ulardan olisroqda joylashtirish 
maqsadga muvofiq.
Shovqin va silkinish bilan kurash korxonalar, 
ishchi o‘rinlari va uskunalarni loyihalashtirishdanoq 
boshlanadi. Buning uchun: 


1. Tashkiliy; 
2. Texnik; 
3. Tibbiy-profilaktik tadbirlardan foydalaniladi. 
Ishlab chiqarish uchastkalari, uskunalar va ishchi 
o‘rinlarini 
tashkiliy 
ratsional 
joylashtirish, 
ishchilarning mehnat va hordig‘ini doimo nazorat 
qilish, ishchi joylari va uskunalaridan foydalanish 
cheklovlari va tegishli sanitariya-gigiena talablariga 
moslashtirish ahamiyatlidir. 
Texnik – bu tadbir omillarning ta’sirini ancha 
kamaytirish imkonini beradi. 
Uskunalarni yig‘ishda manbaning o‘zida shovqin 
va silkinish darajasini pasaytirish zarur. Bu zarbali 
ta’sirlarni zarbasizlar bilan almashtirish, kam 
materiallardan 
foydalanish, 
silkinishni 
sezuvchi 
asoslarda uskunalarni o‘rnatish orqali amalga 
oshiriladi. Agar manbada shovqin va silkinish darajasi 
baribir yuqori bo‘lsa, u holda manbani izolyasiya 
qilish yoki ish joyini holi qilib, tovush yutuvchi 
materiallardan foydalaniladi. 


Tovush izolyasiyasi – kojuxlar, ekranlar, 
to‘siqlar yordamida amalga oshiriladi. Tovush 
izolyasiya qiluvchi to‘siqlar, tovush to‘lqinini aks 
ettiradi. Tovush izolyasiya qiluvchi to‘siqning bunday 
qobiliyati d tovush etib borish, singish bilan 
baholanadi, to‘siq orqali tovush energiyasiga o‘tib, 
shu to‘siqda yotuvchi tovush quvvati nisbati bilan 
belgilanadi. 
To‘siqning tovush izolyasiyasi 
Q =10lg(I/d). 
To‘siqning 
tovush 
izolyasiyasi 
qiluvchi 
qobiliyati uning hajmi, shakli, joylashuvi, materiali va 
xokazolarga bog‘liq. 
Tovush 
yutish 
– shovqinning tebranish 
quvvatining issiklikka aylanishidir. O‘ta tovush 
yutishni g‘ovak-g‘ovak, teshik- teshik materiallar va 
gazmollarda kuzatish mumkin. 


Silkinishlarning 
kuchsizlanishi 

qoplash, 
yotqizish, amortizatorlar, poydevorlar yotqizishda 
vibroizolyasiya, 
tovush 
yutish 
vositalaridan 
foydalaniladi. 
Tibbiy-profilaktik tadbirlar - bir tomondan 
shovqin va silkinish holatlari hajmlari nazorati va 
boshqa tomondan ishlayotganlar salomatligi ahvoli 
nazoratidir. 
Shovqindan individual himoyalanish vositalari – 
ovozni o‘chiradigan himoya probkalari, naushniklar, 
shlemlar. 
Silkinishdan himoya esa - maxsus poyafzal va 
qo‘lqoplar. 
Shovqinlardan himoyalanish uchun chora va 
materiallar tanlashda inobatga olinadiganlar: 
Tovush to‘lqinlari: 
po‘latda - V = 5000 m/sek; 
suvda - V = 1450 m/sek; 
probkada - V = 500 m/sek;
havoda - V = 340 m/sek. 


Ochiq makonda tovushning sfera to‘lqining 
kuchi masofa kvadratiga proporsional yo‘q bo‘ladi - 
g‘oyib bo‘ladi. 
Shuning uchun shovqin hosil qiluvchi muhitli 
ishlab 
chiqarish 
binolarini keramik g‘ishtlar, 
plastmassa listlar, metall listlar bilan qoplash, moyli 
laklar bilan bo‘yash mumkin emas, izolyasiya sifatida 
esa voylok, asbest, probka, qo‘rg‘oshin, rezina yoki 
tovush energiyasi qisman aks etadigan boshqa 
materiallardan foydalanish mumkin emas. 
Tovush yutuvchi materiallar shovqin tezligini 7-
10 dB ga kamaytiradi. 
Binoning 
me’morchilik 
shakllari 
tovush 
to‘lqinlarini kamaytirish yoki kuchaytirishda katta 
ahamiyatga ega. Eshik yuqori qismlari shovqinni bir 
erga to‘plab, kuchaytirsa, bo‘rtib chiqqan joylari 
shovqinni tarqatadi, tovush tezligini kamaytiradi. 
Eshitish 
organlarini 
individual 
himoyalash 
choralari: 


1. Mexanizmning aylanma qismlarini o‘ta aniq 
hisob bilan bosish va balansirovka qilish. 
2. Dinamik tovush bosuvchilardan foydalanish. 
3. Silkinish manbai oborotlari sonini o‘zgartirish 
(chastota ko‘p bo‘lsa), moslamaning qattiqligini 
ko‘paytirish, 
ya’ni 
tebranishlar 
amplitudasini 
kamaytirish 
lozim. 
Bunga 
moslamaning 
egiluvchanligi va mustahkam emasligi holatida 
erishish mumkin. 
4. Mashina poydevori va asosi o‘rtasida zich 
prokladkalardan (rezina, voylok, yog‘och, probka, 
prujina va ressorlar) foydalanish mumkin. 
5. Mexanizmlarning qaytish-kirishish xarakatini 
aylanuvchan (podshipnik) – chayqalma, sirg‘aluvchan 
podshipniklar bilan, po‘lat detallarni plastmassali 
bilan almashtirish. 
6. 
Mashinalar 
detallari 
uchun 
yopishqoq 
materiallar va qotirmalar qo‘llash. Bunday himoya 
turi shovqinning yuzaga kelish manbaida silkinish va 


shovqinga qarshi kurashning asosiy choralaridan 
biridir. 
Ichki shovqinga qarshi choralar yoki ovozni 
o‘chiruvchilar doka, paxta, yumshoq rezinadan 
tayyorlanadi, ba’zan vosk, moy yoki parafinga 
botirilgan holda qo‘llaniladi. 
Ular quloqqa tiqiladi, biroq aloqa korxonalarida 
keng qo‘llanilmaydi. 
Tashqi shovqinga qarshi choralar - quloqqa 
mustahkam joylashtiriladigan naushniklar. O‘rtacha 
va yuqori chastotali shovqinlardan himoyalash uchun 
naushniklar ishlab chiqilgan. 
Bunday 
naushniklar 
ishlab 
chiqarish 
shovqinlaridan ishonchli himoya bilan ta’minlaydi va 
shu bilan birga so‘zlashuv nutqini yaxshi eshitish 
imkonini beradi. 
Shovqinga qarshi chora tanlashda chastota va 
ishchi joyida shovqin jadalligini bilish zarur. 
Individual himoya vositalaridan foydalanish (L ni 10 


dB ga kamaytirish) – o‘ta ilojsiz qolganda 
ko‘riladigan chora. 
Yuqori 
chastotali silkinishlardan qo‘llarni 
himoyalash uchun – polimer materiallardan zich 
qobiqlarga ega kaftlarida kamera mavjud silkinishdan 
himoyalovchi qo‘lkoplar bor. Barcha yuqorida qayd 
etilgan choralar shovqinli binolar yoki shovqinli 
uskunalar bilan ishlovchi insonlar salomatligini 
saqlashga yordam beradi. 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin