Yorug’lik manbalari
Sun’iy yoritish elektr Yorug’lik manbalari
yordamida amalga oshiriladi. Ular issiqlik nurlari –
elektr chug‘lanish lampalari yoki lyuminessent
nurlanish tamoyiliga – simob, natriy va lyuminessent
lampalarga asoslanadi. Cho‘g‘lanish lampalarida
quvvat asosan (80 foiz) issiqlik nurlari va faqat 10
foiz spektrning ko‘rinadigan qismidagi nurlanishga
sarflanadi.
Cho‘g‘lanish
lampalarining
asosiy
xarakteristikasi:
nominal
kuchlanish,
quvvat,
Yorug’lik oqimi, Yorug’lik berish va xizmat muddati.
Volframdan keluvchi ip Yorug’lik manbai sanaladi.
Kichik quvvatli (60 Vt gacha) cho‘g‘lanish
lampalarini vakuumli, katta quvvatli gaz-to‘ldirilgan
qilib tayyorlanadi. Lampa kolbalari neytral gaz argon
yoki azot bilan to‘ldiriladi;yangi shakldagi lampalar
kripton yoki ksenon bilan; cho‘g‘lanma iplar ikkitali,
zig-zagli yoki ikkitali spiral bo‘ladi. Normal
cho‘g‘lanish
lampalarining
o‘rtacha
yonish
davomiyligi amaldagi standart bo‘yicha 1000
soatgachani tashkil qiladi. Lampaning Yorug’lik
berishi 20 lm/Vt ning oshmaydi.
Lyuminessent lampa – bu shisha trubka, ichida
lyuminoformli qoplov mavjud. Trubka nihoyasida
volfram bispiral ko‘rinishida metall elektrodlar
ulangan. Lampa ichida simob va argon juftliklari
aralashmasi bor. Aralashma orqali elektr tokining
o‘tishi lyuminofor yonishini hosil qiluvchi ko‘zga
qo‘rinmas ultrabinafsha nurlar chiqishi bilan uyg‘un
hamohang bo‘ladi. SHu tariqa, quvvat avval
ultrabinafsha nurlarga aylanadi, so‘ng lyuminofor
yordamida ko‘rinuvchan Yorug’likka aylanadi. Turli
lyuminoforlar (magniy volfromati, kalsiy, ruh silikat,
kadmiy borat va boshqa materiallar) dan foydalangan
holda lampalarga turli rang berish mumkin.
Trubkasimon lyuminessent lampalar bu – past bosimli
simob lampalari hisoblanadi.
Lyuminessent lampalarining ustunligi shundaki,
ular katta Yorug’lik beradi (750 lm/Vt), (10000 soat)
uzoq xizmat muddatiga ega, elektr quvvati xarajati
bo‘yicha o‘ta tejamkor, uncha katta bo‘lmagan
ravshanlikka ega, ko‘zga salbiy ta’sir etmaydi, eng
yaxshi spektral tarkibga egaligi bilan afzal.
Trubkasimon
lyuminessent
lampalarning
kamchiligi va nuqsonlari: yoqish va yonish rejimini
barqarorlashtirish uchun maxsus izga soluvchi
apparatura zarur, bu esa ularning ekspluatatsiyasini
murakkablashtiradi va ishlab chiqarish mahsuldorligi
koeffitsientini pasaytiradi. Lyuminessent lampadan
taralayotgan Yorug’lik stroboskopik bo‘lmagani bois
mashinalarning aylanayotgan qismlari lampa bilan
yoritilganda
harakatsiz
yoki
ko‘p
ko‘rinishi
mumkin.Bu effektni o‘zgaruvchan tok tarmog‘ining
turli fazalariga qushni lampalarning yoqilishi bilan
kamaytirish mumkin.Atrof – muhit harakatining
o‘zgarishiga nisbatan katta sezgirlik trubkasimon
lyuminessent
lampalarning
asosiy
nuqsoni
hisoblanadi. + 50 S dan past havo haroratida,
shuningdek tarmoqda kuchlanishning lyuminessent
lampaning nominal yoqilishi bilan qiyosiy 10 foizga
pasayishi ular Yorug’lik bermasligiga olib keladi.
Lampa ishining normal rejimi atrof-muhitning 18-250
C haroratidagina ta’minlanadi. YUqori haroratda (30-
350 C dan ortiq) lampalardan drossellar qizib ketishi
yoki ishdan chiqishi ehtimoli bois foydalanib
bo‘lmaydi, bu yongin xavfsizligi qoidalariga zid
keladi.
Hozirgi paytda turli rangdagi 5 turdagi
lyuminessent lampalar chiqarilmoqda: kunduzgi
lampalar – KL, sovuq-oq - SOL, oq - OL, iliq - oq -
IOL, rang uzatish yo‘nalishli lampalar – RUL; rangi
bo‘yicha KL va RUL qaysidir darajada kunduzgi
tabiiy Yorug’likka yaqin. IOL rangi bo‘yicha
cho‘g‘lanish lampalariga yaqinroq. SOL va OL
lampalar rangi bo‘yicha kunduzgi Yorug’lik va
cho‘g‘lanish lampalari Yorug’ligi o‘rtasidagi oraliq
holatga o‘xshash. Oq lampalar o‘ta tejamli, ularning
Yorug’lik berish quvvati RUL lampalariga qaraganda
60 foizdan ortadi va KL lampalarga nisbatan 30%ga
ortiqni tashkil qiladi.
Lampaning Yorug’lik oqimi xizmat muddati
oxirlab qolganda boshlang‘ich xajmidan o‘rtacha 56
foizni
tashkil
qiladi.
Nominal
ahamiyatdan
tarmoqdagi
kuchlanishdan
tebranishlar
oshib
ketmasligi kerak.
Past bosimli simob lampalari sanalgan
trubkasimon lyuminessent lampalardan tashqari,
sanoatda DRL shakldagi rangi o‘zgartirilgan yuqori
bosimli simob ballonlari chiqariladi. Yorug’lik
manbai (lampa) va yoritish armaturasidan iborat
qurilmani yoritish asbobi deb atash qabul qilingan.
Yoritish asboblarining 2 guruhi mavjud: yaqin ta’sir
etuvchi-yoritg‘ich va olis ta’sirchan-projektorlar.
Yoritgichlar (svetilnik) Yorug’lik tarqatishiga
qarab, 3 sinfga bo‘linadi:
to‘g‘ri Yorug’lik – butun Yorug’lik
oqimining 90% dan kam emas, quyi yarim sferaga
nurlanadi;
aks etgan Yorug’lik – 90% dan kam
bo‘lmagan butun Yorug’lik oqimi ustki yarimsferaga
nurlanadi.
tarqoq Yorug’lik – Yorug’lik oqimi ikkala
yarimsferalar bo‘yicha shunday taqsimlanganki,
ulardan biriga 10% dan ziyodi, boshqasiga kamida 90
foizi nurlanadi.
Yoritgichlarning
asosiy
xarakteristikasiga
Yorug’likni taqsimlash, foydali koeffitsient va himoya
burchagi kiradi.
Yoritgichning foydali harakat koeffitsienti uning
tejamliligi bilan ifodalanadi va Fyor – yoritgichning
Yorug’lik oqimining undagi Fyor Yorug’lik
manbaining
nisbati
bilan
belgilanadi,
ya’ni
yoritgichning eng yaxshi namunali foydali harakat
koeffitsienti (FHK) 0,8 dan ortiqni tashkil qiladi.
Yoritgichning himoya burchagi ko‘zni lampaning
yorqin qismlari ta’siridan himoyalash darajasini
belgilamaydi.
Himoya burchagi kattaligiga qarab, ko‘zni
qamashtiruvchi ta’sirni cheklash talablaridan kelib
chiqqan holda, yoritgichning osma balandligini
me’yorlaydilar. Himoya burchagi qanchalik katta
bo‘lsa, yoritgichning ko‘zni qamashtiruvchi ta’siri
shuncha kam bo‘ladi. 10dan 300 gacha himoya
burchagi optimal (ma’qul) hisoblanadi. 200 Vt dan
ortiq quvvatli lampali yoritgichlar pol sathidan 3 m
yuqorida osilishi lozim. 100 kam himoya burchagida
osma balandligi 4 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
Yoritgichlarning joylashuvi imkon qadar teppa-
teng bo‘lishi kerak. Ish maydoni uzra yoritgichning
osma balandligida Nr 2 yoritgich o‘rtasidagi masofa
tanlanadi, N (1,5-2) ga teng bo‘lishi kerak.
Avariya yoritilishini davom ettirish uchun yoki
to‘satdan ishchi yoritilish o‘chib qolganda, insonni
xavfsiz joyga ko‘chirish zarur bo‘lgan holatlarda,
binolar va ochiq makonlarda ko‘zda tutilgan bo‘lishi
lozim. Ishni davom ettirish uchun avariya yoritilish
avariya rejimida xizmat talab etuvchi ish yuzalarida
birgina umumiy cho‘g‘lanish lampalari yordamida
yoritilish tizimida belgilangan me’yorlardan 20 foiz
kam bo‘lmagan Yorug’likni ta’minlashi lozim.
Avariyali yoritilish avtomatik tarzda yoqiladi va
o‘zgaruvchan tok tarmog‘idan ishchi yoritilish bilan
bir vaqtda ishlaydi, tashqi akkumulyator batareyalari
yoki
aloqa
korxonalarining
zahira
elektr
stansiyalaridan oziqlanishga ulanadi.
Insonlar evakuatsiyasi uchun avariyali yoritishni
qo‘l yordamida yoqishga ruxsat beriladi. Pol sathida
va zinapoyalar pog‘onalarida asosiy o‘tish liniyalari
bo‘yicha yoritish kamida 0,3 lk bo‘lishi, ochiq
joylarda-kamida 0,2 lk bo‘lishi zarur. Jamoatchilik
binolarining chiqish eshiklarida (bir vaqtning o‘zida
50 dan ortiq kishi bo‘lishi mumkin). Chiqishda
yonuvchi ko‘rsatkichlar bo‘lishi lozim.
Avariyali yoritish uchun ishchi yoritgichlardan
yoritish tipi, xajmi yoki maxsus belgilari bilan
farqlanadigan yoritgichlar qo‘llaniladi. Antenna
maydonlarini yoritish va radiomachtalarning signal
yoritilishi maxsus yo‘riqnoma talablariga muvofiq
tarzda amalga oshiriladi.
|