6
1.1.
Moliyaviy tahlilning fan sifatida shakllanishi
va uning uslubiy asoslari
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga o’tish sharoitida turli mulk shaklidagi
korxona va tashkilotlarning xo’jalik moliya faaoliyatini tahlil
etish muhim ahamiyat kasb
etadi. Chunki mustaqil mamlakatimizning hisob tizimini to’g’ri yo’lga qo’yish, shuningdek,
iqtisodiy jarayonlardagi o’zgarishlarni makro va mikro jihatdan tahlili, ijtimoiy yo’naltirilgan
bozor iqtisodiyoti rivojining muhim vositalaridan biri hisoblanadi.
Korxonalar ishlab chiqarish-tijorat va moliya faoliyatini tahlil etish asosida
xukumatimiz tomonidan
olib borilayotgan islohatlar, iqtisodiyotimizda ro’y berayotgan
o’zgarishlarning alohida olingan korxonalar misolidagi holatiga baho berish va shu asosda
tarmoq, xudud va mamlakat iqtisodining ravnaqini ham belgilash mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy tahlilni rejali iqtisodiyot davridan bozor iqtisodiyotiga o’tish davridagi
o’zgarishlarini bir so’z bilan bayon qilishni imkoni yo’q. Bu o’zgarishlarni
iqtisodiy tahlilni
nafaqat uning nazariy asoslarida balki, uslubiy, tashkiliy, xuquqiy, amaliy asoslarida ham
ko’rish mumkin.
Iqtisodiy tahlil, nafaqat firma va kompaniyalar boshqaruvining muhim
vositasi, balki bozor iqtisodiyotining muhim dastaklaridan biri sifatida shakllanmoqda.
Aniq fanlar qatoriga kiruvchi buxgalteriya hisobining fan sifatida shakllanganligiga 5
asrdan oshdi (agarda Luka Pochalinining 1494-yilda ikki yoqlama yozuv usuliga asos
solingan” kitobini nashr etilishi bilan belgilasak). Audit fanining tashkil topganligiga 2 asrdan
oshdi.
1
Iqtisodiy tahlilni fan sifatida shakllanganligiga esa endigina bir asrdan oshdi.
Lekin
shunga qaramay u o’zining boy tarixiga ega. Ushbu fan, dastlab balansshunoslik, keyinchalik
balansni talqini,
balansni tahlili, hisobotlar tahlili, iqtisodiy tahlil, sotsial-iqtisodiy tahlil,
xo’jalik faoliyati tahlili deb nomlandi. Bugunga kelib esa boshqaruv
va moliyaviy tahlilga
bo’lingan holda yuritilmoqda.
Iqtisodiy tahlil fan sifatida Respublikamizda o’qitila boshlanganligidan bo’yon
endigina 40 yilga yaqin vaqt o’tdi. XX-asrning 90 yillari o’rtalariga kelibgina u o’zining
rivojlanish, takomillashish bosqichiga kirdi.
Fan – fan bo’lishi uchun u o’zining aniq ob’ektiga va shu ob’ektni o’rganishni
vositalariga, usullariga ega bo’lmog’i lozim. Moliyaviy tahlil fani ham o’zining ob’ektiga va
uni o’rganishning uslubiy asosiga ega. Xuddi shu holat uning fan sifatida o’quv dasturlariga
kiritilishiga, nazariy asosini yaratilishiga, amaliyotda tashkil etilishiga,
xuquqiy va tashkiliy
asoslarining vujudga kelishiga zaruriyat tug’dirdi.
Amaliyotning ilgarilab ketishi bilan XX asrning so’ngi 10 yilligi uning O’zbekistonda
fan sifatida shakllanishiga va ichki va tashqi boshqaruvchilarning muhim dastagiga
aylanishiga zamin yaratdi.
Moliyaviy tahlilni predmeti (ob’ekti) deb - firma va kompaniyalarni moliyaviy holatini
yakuniy xisobot shakllarida ifodalangan axborotlarga tayangan holda ko’rsatkichlar asosida,
ichki va tashki omillarga bog’liq ravishda davriy o’rganishga aytiladi.
1
Pardaev M.Q. Iqtisodiy tahlil nazariyasi. Sam.; Zarafshon,2001 y.
7
Moliyaviy
tahlil fanining metodi, uslubiy asosini firma va kompaniyalar moliyaviy
holatini o’rganishda qo’llaniladigan usullar majmuasi tashkil etadi. Bu usullar majmuasiga
moliyaviy hisobotlarni “o’qish”, “gorizontal tahlil etish”, “vertikal tahlil etish”, “asos (trend)
tahlili”, “omilli tahlil”, “moliyaviy koeffitsentlar” usullari kiradi.