www.ziyouz.com kutubxonasi
199
beri tuz totmagansan. Ha, yaxshi, yemasang yema. Seni bu yerga chaqirishimdan maqsad, pichog‘ingni
ko‘rmoqchiman.
— Meni bu yoqqa olib kirishayotganda navkarlar pichoqni olib qo‘yishdi, — deb javob
qildi Leviy
va ma’yus ohangda ilova qildi: — Ayting, pichoqni berishsin, men uni egasiga qaytarishim kerak, uni
o‘g‘irlab olganman.
— Nima maqsadda?
— Arqon kesish uchun, — javob qildi Leviy.
— Mark! — deb qichqirdi prokurator, shu zahoti kunturion balkonda paydo bo‘ldi. — Buning
pichog‘ini menga bering.
Kenturion kamariga osilgan ikki g‘ilofning biridan non kesadigan iflos bir pichoqni chiqarib,
prokuratorga uzatdi-da, o‘zi chiqib ketdi.
— Qaerdan olgan eding bu pichoqni?
— Xevron qopqasi yonidagi non do‘konidan, shaharga kiraverishda, chap qo‘lda.
Pilat pichoqning keng damini ko‘zdan kechirdi, negadir uning o‘tkir-o‘tmasligini barmog‘i bilan
sinab ham ko‘rdi va dedi:
— Pichokdan ko‘ngling to‘q bo‘lsin, uni o‘sha do‘konga olib borib berishadi. Endi men yana bir
narsani ko‘rishim kerak: yoningda olib yurgan pergamentni ko‘rsat — unga Ieshuaning so‘zlari
yozilganmish.
Leviy Pilatga nafrat bilan qaradi va shunday sqimsiz jilmaydiki, yuzi nihoyat darajada badbashara
bo‘lib ketdi.
— Bisotimda qolgan shu bittayu bitta narsani ham tortib olmoqchimisiz?
— Men, ber, deganim yo‘q, — javob qiddi Pilat, — ko‘rsat, dedim xolos.
Leviy qo‘yniga qo‘l tiqib, bir o‘ram pergament chiqardi. Pilat uni olib, xontaxta ustiga, shamlar
oralig‘iga yozdi-da, ko‘zlarini qisgancha siyoh bilan pihoyatda g‘aliz yozilgan belgilarni o‘rgana
boshladi. Bu aji-buji yozilgan satrlarning ma’nisiga tushunish amri mahol edi, shunga ko‘ra Pilat aftini
burishtirib, pergament ustiga engashib olib, barmog‘ini s:atrlar ustida yurg‘izardi. Har nechuk u
pergamentdagi yozuv bir-biriga bog‘lanmagan allaqanday hikmatli so‘zlar, qandaydir ro‘zg‘orga
daxddor gaplar, sanalaru she’r parchalaridan iborat ekanligini aniqladi. Pilat ba’zi so‘zlarni hijjalab
o‘qidi ham: «O‘lim yo‘q... Kecha biz bahorgi shirin bakkurotdan yedik...».
O‘qishga qiynalganidan Pilatning afti burishib ketgan edi, u ko‘zlarini qisib pergamentni zo‘rg‘a
hijjalab o‘qirdi: «Biz obihayot oquvchi musaffo daryoni ko‘rgaymiz... Bashariyat quyoshni shaffof
kristall orqali kuzatadi...».
Shu payt Pilat birdan cho‘chib tushdi. U pergamentning oxirgi misralarida shunday so‘zlarni o‘qiy
oldi: «... eng ulkan illat... qo‘rqoqlik».
Pilat pergamentni karnay qilib o‘rab, tezkorlik bilan uni Leviyga uzatdi.
— Ol, — dedi u va picha sukutdan so‘ng qo‘shimcha qildi: — Sen kitob shaydosi ko‘rinasan, nima
qilasan so‘qqabosh holda, och-yalang‘och, boshpanasiz sang‘ib yurib. Qaysariyada katta kutubxonam
bor, men juda badavlat odamman, seni o‘z xizmatimga olmoqchiman. Sen uyimda qadimgi
qo‘lyozmalarni saralab, avaylab, saqlaysan. Qorning ham to‘q, egning ham but bo‘ladi.
Leviy o‘rnidan turib javob berdi:
— Yo‘q, xohlamayman.
— Nega? — deb so‘radi g‘azabdan yuzi qoraya boshlagan prokurator, — men manfur
ko‘rinyapmanmi senga, qo‘rqasan?
Leviyning yuzi boyagiday yoqimsiz kulgidan o‘zgardi va u dedi:
— Yo‘q, aksincha, sen mendan qo‘rqa boshlaysan. Mening yuzimga tik boqish sen uchun oson
bo‘lmaydi, uni qatl ettirganingdan keyin.
— Jim bo‘l, — dedi Pilat, — yaxshisi, pul ol. Leviy rad ma’nosida bosh chayqadi, prokurator
gapini davom ettirdi.