Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
35
— Hozir Klyazma ko‘p so‘lim joy bo‘lganda, — deb hamkasblarini vasvasaga soldi Shturman Jorj
chunki Klyazma bo‘yidagi adabiyotchilar posyolkasi Pereli-ginoda dam olishni hamma yozuvchilar 
birday orzu qilishini u yaxshi bilardi. — Hozir u yerda bulbullar sayyorayotgan bo‘lishi kerak. Negaki, 
men hamisha, ayniqsa, bahor paytida, shahar tashqarisida yaxshiroq ijod qilaman. 
— Men o‘sha jannatga betob xotinimni yuborish uchun uch yildan beri pul to‘layman, ammo 
hanuzgacha hech narsaning daragi yo‘q, — dedi alamli g‘ijinib novellanavis Ieronim Poprixin. 
— Baxti kulgan boradi u yerga, — dedi to‘ng‘illab deraza raxida o‘tirgan tanqidchi Ababkov. 
Shturman Jorjning munchokdek ko‘zlarida shodiyona o‘t chaqnadi-yu, do‘rillagan ovozini xiyol 
mayinlashtirib dedi: 
— Hasad qilish kerak emas, o‘rtoklar. Bor-yo‘g‘i yigirma ikkita dala hovli bor, yana yettitasi 
qurilyapti, biz, MASSOLIT a’zolari esa uch mingtamiz.. 
— Uch ming bir yuz o‘n bir kishi, — deb luqma tashladi kimdir burchakdan. 
— Aia, ko‘rdinglarmi, — davom etdi Shturman, — iloj qancha? Tabiiyki, dala hovlilarni oramizda 
eng iste’dodli bo‘lganlar olgan... 
— Generallar! — dangal aralashdi bu g‘iybatga stsenarist Gluxaryov. 
Beskudnikov yasama esnab, xonadan chiqdi. 
— Pereliginoda bir o‘zi besh xonali uyni egallagan, — dedi uning orqasidan Gluxaryov. 
— Lavrovich bo‘lsa, bir o‘zi olti xonali uyda turipti, — chirqilladi Deniskin. — Yemakxonasining 
devorlari eman yog‘och bilan sirlangan! 
— E, nimalarni gapiryapsiz o‘zi, — to‘ng‘illadi Lbabkov, — soat o‘n bir yarim bo‘ldi. 
G‘ala-g‘ovur ko‘tarildi, isyonga o‘xshash narsa boshlanayotgan edi. O‘sha la’nati Pereliginoga 
telefon qilishdi, Lavrovichning daryo bo‘yiga ketganini eshitib, ta’blari tirriq bo‘ldi. Keyin tavakkal 
qilib, qo‘shimcha 930 nomer orqali nafis adabiyot komissiyasiga qo‘ng‘iroq qilishdi, turgan gapki
hech kim trubkani olmadi. 
— O‘zi qo‘ng‘iroq qilsa bo‘lardi-ku! — deb chinqirishdi Deniskin, Gluxaryov va Kvant. 
Lekin ular bekorga jig‘ibiyron bo‘lishardi: Mixail Aleksandrovich hech yoqqa telefon qila olmasdi. 
Chunki yaqinginada Mixail Aleksandrovich bo‘lgan shaxs endi Griboedovdan ancha uzoqda, ming 
shamlik lampalar bilan yoritilgan ulkan bir zalda, ustiga rux tunuka qoplangan uchta stolda bo‘lak-
bo‘lak bo‘lib yotardi. 
Birinchi stolda — qo‘li singan, ko‘krak qafasi majaqlangan, hammayog‘ida qon qotib qolgan 
yalang‘och jasad, ikkinchi stolda — old tishlari sinib, og‘zi o‘pirilgan, ochiq qolgan nursiz ko‘zlari 
chiroqlarning o‘itkir shu’lasiga mutlaqo parvo qilmay baqraygan kalla, uchinchi stolda esa bir to‘p 
bo‘lib g‘ijmaloq uva-dalar yotardi. 
Boshsiz jasad tepasida sud meditsinasi professori, patologoanatom bilan uning prozektori*, tergov 
organi vakillari va Mixail Aleksandrovich Berliozning MASSOLIT bo‘yicha muovini — 
adabiyotshunos Jeddibinlar (uni telefon orqali bemor xotini qoshidan chaqirtirishgan edi) to‘planishgan 
edi. 
Jeddibinni olgani borgan mashinada tergov vakillari o‘tirishardi, ularning hammasi birinchi 
navbatda marhumning kvartirasiga borishdi (vaqt yarim kechaga yaqinlashib qolgan edi), u yerda 
marhumning qog‘ozlari surg‘uchlandi, shundan keyin hammalari o‘likxonaga jo‘nadilar. 
Mana endi ular murda tepasida turib, qanday qilinsa ma’qulroq bo‘larkin: uzilgan boshni tanaga 
tikib qo‘ysakmikin yo marhumning jasadini to iyagigacha qora mato bilan yopib (boshinigina ochiq 
qoldirib), Griboedov zaliga qo‘ysakmikin, deb maslahatlashishardi. 
Ha, Mixail Aleksandrovich haqiqatan ham hech qayoqqa qo‘ng‘iroq qila olmas edi, binobarin, 
Deniskin, Gluxaryovu Kvantu Beskudnikovlar bekorga jig‘ibiyron bo‘lib kabinetni boshlariga 
ko‘tarishgan edi. Bu o‘n ikkita adabiyotchining hammasi rosa yarim kechada pastga, restoranga 
tushishdi. Bu yerda ular yana Mixail Aleksandrovichni ranj bilan tilga olishdi: turgan gapki, 
peshayvondagi stollarning hammasi endi band edi, oqibat ular g‘oyat muhtasham, ammo nihoyatda 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin