Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
37
xabardan ham ko‘proq hayratga solgan mutlaqo kutilmagan antiqa bir voqea yuz bermaganda. Birinchi 
bo‘lib Griboedov uyining darvozasi oldida yo‘lovchilarni kutib turgan izvoshchilar bezovta bo‘la 
boshlashdi. Ulardan qaysi biriyam o‘rindiqdan turib, qichqirib yubordi: 
— Ye tavba! Anavini qaranglar! 
Shu payt cho‘yan panjara oldida qayokdandir paydo bo‘lgan olov «milt» etib yonib, peshayvon 
tomon yaqinlasha boshladi. Stollar atrofida o‘tirgan xo‘randalar o‘rinlaridan turib, o‘sha tomonga 
tikilib qaray boshlashdi va o‘sha miltillagan olov bilan birga oppoq bir sharpaning ham restoran 
tomonga yaqinlashayotganini ko‘rishdi. U shundoqqina gul so‘risi tagiga kelganda xo‘randalarning 
bari qo‘llarida vilkalarga ilingan sterlyad balig‘i bilan ko‘zlarini baqraytirgancha o‘tirgan o‘rinlarida 
serrayib qoldilar. Shu mahal papiros chekish maqsadida restoran garderobxonasidan hovliga chiqqan 
eshikog‘asi papirosni tovoni bilan ezg‘iladi-yu, sharpaning restoranga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 
u tomon yura boshladi, lekin keyin, negadir, bu ahdidan qaytib, taqqa to‘xtab qoldida, ovsarona 
tirjaydi. 
Oqibat sharpa gul so‘risi ostidan o‘tib, bemalol rovonga qadam qo‘ydi. Ana shundagina bu 
sharpaning hech qanday sharpa emas, balki taniqli shoir Ivan Nikolaevich Bezdomniy ekaniga hamma 
shohid bo‘ldi. 
U yalangoyoq, egniga yirtilib dabdala bo‘lgan oqish rang uzun ko‘ylak va yo‘l-yo‘l oq ishton 
kiygan edi; ko‘ylagining ko‘ksiga ingliz to‘g‘nog‘ichi bilan noma’lum avliyoning tasviri tushirilgan 
(tasvir ham o‘chib ketgan edi) qog‘oz ikonani qadab olgandi. Ivan Nikolaevichning qo‘lida yoniq 
nikoh shami bor edi. Uning o‘ng yonog‘i shilingan edi. Shu hodisa oqibatida rovonda vujudga kelgan 
sukunatning nechog‘liq teranligini o‘lchash mutlaqo mahol edi. Bir ofitsiantning qo‘lidagi qiyshiq 
ushlangan krujkadan pivo jildirab oqardi. 
Shoir shamni boshi uzra ko‘tarib, baland ovoz bilan dedi: 
— Salom, do‘stlar! — shundan keyin u yaqinroqda turgan stolning tagiga mo‘ralab qaradida, 
qayg‘uli ohangda dedi: — Yo‘q, bu yerdayam yo‘q u! 
Shu choq bir erkak va bir ayolning ovozi eshitildi: 
— Tamom bo‘pti. Telba bo‘lib qolipti, — dedi do‘rillagan erkak ovozi rahmsiz ohangda. 
— Bu ahvolda uni militsiya qanday tutib olmadi ekan ko‘chada? — dedi qaysiyam bir ayol qo‘rquv 
ohangida. 
Ivan Nikolaevich bu gapni eshitib, javob qildi: 
— Xa, ikki marta: Skatertniy bilan Bronnayada meni ushlamoqchi bo‘lishdi, lekin men devordan 
oshib qochib qoldim, mana, yuzim shilinib ketdi! — Shundan keyin Ivan Nikolaevich shamni baland 
ko‘targancha qichqirdi: — Birodari adiblar! (Uning hirqiroq ovozi o‘tkirlashgan va qizg‘inlashgan 
edi.) Hammangiz gapimga quloq solingiz! U paydo bo‘ldi! Darhol uni tutinglar, aks holda ko‘p og‘ir 
falokatlarga sababchi bo‘ladi! 
— Nima? Nima? Nima dedi u? Kim paydo bo‘lipti? — deya shov-shuv ko‘tarishdi odamlar chor 
yoqdan. 
— Kottsultant! — javob qildi Ivan. — Ana o‘sha konsultant hozir Patriarx ko‘li yaqinida Misha 
Berliozni o‘ldirdi. 
Shu payt ichki zaldan olomon gurra yopirilib chiqib, Ivanning shami atrofida jipslana boshladi. 
Kechirasiz, aniqroq gapirsangiz, — degan muloyim ovoz ohista eshitildi Ivan Nikolaevichning 
qulog‘i ostida. — Aytingchi, qanday o‘ldirdi o‘zi? Kim o‘ldirdi? 
Ajnabiy konsultant, professor va josus! — atrofga alanglagancha javob berdi Ivan. 
— Familiyasi nima uning? — deb Ivanning qulog‘i oldida pichirlashdi. 
— Hamma balo shunda-da! — alam bilan chinqirib yubordi Ivan. — Koshkiydi familiyasini 
bilsam! Uning tashrifnomasida yozilgan familiyasini yaxshi ko‘rolmay qoldim... Faqat familiyasining 
bosh harfi esimda: «Ve». «V»dan boshlanardi familiyasi! Qanaqa familiya «V» bilan boshlanishi 
mumkin? — Ivan peshanasini changallagancha o‘ziga o‘zi savol berdi va birdan g‘o‘ldiray boshladi: 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin