Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
39
xo‘jayinning unga rahmi kelib, ko‘zlaridagi alangani o‘chirdi. 
— Bilib qo‘y, Nikolay! Bu oxirgi marta kechirishim. Bunaqa eshikog‘asi restoranimizga tekinga 
ham kerak emas. Sen cherkovga borib, qorovullikka yollan. — Shu tanbehdan keyin u xuddi 
komandirlardek tez va aniq-aniq buyruq bera boshladi: — Bufetdan Panteleyni chaqir. Militsionerga 
xabar qilsin. Protokol yozinglar. Mashina chaqirtir. Psixiatriya shifoxonasiga jo‘natinglar. — So‘ng 
ilova qildi: — Chal hushtagingni! 
Yana chorak soatdan keyin, nainki restorandagi, shuningdek, butun xiyobondagi va derazalari 
restoran bog‘iga ochiladigan uylardagi odamlar Panteley, eshikog‘asi, militsioner, ofitsiant hamda 
shoir Ryuxinning Griboedov darvozasidan xuddi chaqaloqqa o‘xshatib yo‘rgaklangan bir yosh yigitni 
ko‘tarib chiqishayotganini ko‘rib, hangu mang bo‘lib qolishdi: yo‘rgaklangan yigit ho‘ng-ho‘ng 
yig‘lar, nuqul Ryuxinni poylab, aftiga tupurarkan, yig‘idan entika-entika baqirardi: 
— Ablah! 
Yuk mashinasining badjahl qiyofali shofyori motorni yurgiza boshladi. Mashina yonida turgan 
uchar izvoshchi ochbinafsharang tizgin bilan otining sag‘risiga urib, uni tezlarkan: 
— Mana chopqir ot! Jinnixonaga biz oboramizda! — deb qichqirardi. 
Atrofda olomon yuz bergan hodisa haqida shang‘illardi: xullas, bu jirkanch, razil, vasvasaga 
soluvchi, qabih g‘alva yuk mashinasi sho‘rlik Ivan Nikolaevichni, militsionerni, Panteley va 
Ryuxinlarni Griboedov darvozasidan uzoqlatib olib ketgandan keyingina barham yedi. 
Oltinchi bob 
 
ShIZOFRYeNIYa DYeGANLARI TO‘G‘RI CHIQDI
Moskva yaqinida, daryo bo‘yida keyingi paytlarda qurilib, dovrug‘i ketgan psixiatrik shifoxonaning 
qabulxonasiga oq xalat kiygan cho‘qqisoqol odam kirib kelganida vaqt tungi soat bir yarim edi. Uchta 
sanitar divanda o‘tirgan Ivan Nikolaevichdan ko‘z uzmay shay turishardi. Qattiq hayajonlangan shoir 
Ryuxin ham shu yerda edi. Ivan Nikolaevichning oyoq-qo‘li bog‘lab kelingan sochiqlar endi shu 
divanda bir to‘p bo‘lib uyulib yotardi. 
Ryuxin kirgan odamni ko‘rdi-yu rangi oqarib ketdi, tomoq qirib qo‘yib, qo‘rqa-pisa dedi: 
— Salom, doktor. 
Doktor Ryuxinning salomiga bosh egib javob qildi, lekin bosh egarkan, unga emas, Ivan 
Nikolaevichga qaradi. 
Shoir qoshlarini uyib, tumshaygancha qilt etmay o‘tirardi, hatto vrach kirib kelganida ham unga 
qiyo boqmadi. 
Ryuxin Ivan Nikolaevich tomonga hadiksirab ko‘z qirini tashlarkan, negadir xuddi bir sirni 
ochayotganday pichirlab dedi: 
— Mana, doktor, bu kishi — taniqli shoir Ivan Bezdomniy... mana, bir ko‘rib qo‘ysangiz... ruhiy 
kasallikka chalinmaganmikin deb qo‘rqyapmiz... 
— Ko‘p icharmidi? — gijir tishlari orasidan so‘radi doktor. 
— Yo‘q, ichardi-yu, lekin judayam haligindaqa, ko‘p ichmasdi... 
— Suvarak, kalamush, shaytonvachchalarni yoki mishiqi itlarni tutish bilan shug‘ullanmasmidi? 
— Yo‘q, — seskanib ketib javob qildi Ryuxin, — uni kechayam, bugun ertalab ham ko‘ruvdim. 
Soppa-sog‘ edi... 
— Nega ichki ishtonda? Yotgan yerida qo‘lga oldinglarmi? 
— U restoranga shu alpozda kirib bordi, doktor... 
— Ihi, ihi, — dedi doktor qanoat hosil qilib, — nega yuzi shilingan? Birov bilan urishdimi? 
— Devordan yiqilib tushipti, keyin restoranda bir odamni urdi... yana ba’zi birovlarni... 
— Ha, tushunarli, tushunarli, — dedi doktor, so‘ng Ivan tomonga o‘girilib dedi: — Salom! 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin