www.ziyouz.com kutubxonasi
36
dim zalda ovqatlanishga majbur bo‘lishdi.
Rosa yarim kechada birinchi zalda nimadir birdan gumburlab, jaranglab, sochilib ketganday bo‘ldi.
Shu zahoti chiyildoq erkak ovozi muzikaga jo‘r bo‘lib: Alliluyya!» — deb jon-jahdi bilan chinqirib
kuy-lay boshladi. Dovrug‘i ketgan Griboedov jazi ish boshlagan edi. Terlagan chehralar go‘e yorishib
ketganday, go‘yo shiftdagi ot tasvirlariga jon kirganday, chiroqlarning shu’lasi kuchayganday bo‘ldi,
shunda ikkala zaldagi, undan so‘ng peshayvondagi xo‘randalarning birdan jazavasi tutib, raqsga tusha
boshladilar.
Gluxaryov shoira Tamara Polumesyats bilan tantsa qila boshladi, Kvant raqsga tushdi, romannavis
Jukolov sariq ko‘ylak kiygan bir kino artistka bilan tantsaga tushdi. Dragunskiy ham, Cherdakchi ham,
gumbazday keladigan adiba Shturman Jorjni quchib olgan jikkak Deniskin ham tantsa tushishdi, oq
bo‘z shim kiygan noma’lum bir shaxs mahkam quchib olgan go‘zal me’mor ayol Semeykina-Gall ham
tantsa tushardi. «Kunda-shunda» xo‘randalar ham, taklif etilgan mehmonlar ham, moskvaliklaru
chetdan kelganlar ham raqs tusha boshlashdi: kronshtadtlik yozuvchi Iogann, G‘ostovdan kelgan,
butun yuziga qip-qizil temiratki toshgan qandaydir (rejissyor bo‘lsa kerak) Vitya Kuftik degan shaxs,
MASSOLITda poeziya bo‘limining eng mashhur namoyandalari, ya’ni Pavianov, Bogoxulskiy,
Sladkiy, Shpichkin va Adelfina Buzdyaklar ham raqs tushishardi, sochlarini boks fasoni bo‘yicha
oldirgan, yelkalariga modaga moslashib paxta qo‘ydirgan kasbi noma’lum yoshlar ham raqs
tushishardi.
Qora terga botgan ofitsiantlar boshlari uzra pivo to‘ldirilgan krujkalarni ko‘tarib o‘tarkanlar, nafrat
aralash hirqiroq ovoz bilan qichqirishardi: «Uzr, grajdanin!» Chiyildoq xonanda eidi kuylamas,
«Alliluyya!» — deb uv tortardi. Jazdagi mis zillarning gumburi idish-tovoqlarning shaqir-shuqurini
xam bosib ketgandi....
Shu asnoda birdan bir stol uzra: «Berlioz!» — degan sado parvoz etdi. Birdan, allakimdan qattiq
musht yegandek, jaz shalvirab, so‘ng gung bo‘lib qoldi. «Nima, nima, nima bo‘pti, nima?!!»
«Berlioz!!!» Odamlar o‘rinlaridan turib ketishdi, baqiriq-chaqiriqlar yangradi... Mixail Aleksandrovich
haqidagi shumxabar hammani og‘ir qayg‘uga solib qo‘ygandi. Kimdir kuyib-pishib, hoziroq, shu
yerning o‘zida kollektiv nomidan qandaydir telegramma yozib, zudlik bilap jo‘natish kerak, deb
chinqirardi. Lekin qanaqa telegramma, qayoqqa yuborish kerak, degan savol tug‘iladi. Uni
yuborishdan nima foyda? Darhaqiqat, uni qayoqqa yuborish kerak? Undan keyin, telegramma qanday
mazmunda bo‘lmasin, majaqlangan ensasi hozir projektorning rezina qo‘lqop kiygan qo‘li ostida
ezg‘ilinayotgan, bo‘ynini esa professor igna bilan teshib tikayotgan jasad uchun uning nima hojati bor
deysiz? U halok bo‘lgan, endi hech qanday telegramma kerak emas unga. U adoyi tamom bo‘ldi,
telegrafni band qilmaylik.
Ha, halok bo‘ldi u, halok bo‘ldi... Lekin bizlar tirikmiz-ku.
Xa og‘ir qayg‘u xuddi ulkan to‘lqin kabi toshgan edi, ancha vaqtgacha ko‘pirib turgan bu to‘lqin
oxiri pasaya boshladi va endi ayrimlar o‘z stoliga — avvaliga o‘g‘rincha, keyin oshkora — qayta
boshlashdi, araq ichib, gazak qilishdi. Darhaqiqat, devolyay usulida tayyorlangan tovuq kotletlarini
qoldirsa uvol bo‘lmaydimi? Xo‘sh, nima yordamimiz tegadi Mixail Aleksandrovichga? Och
qolganimizmi? Axir, bizlar tirikmiz-ku!
Turgan gap, royalning qopqog‘ini qulflab qo‘yishdi, bir nechta jurnalist ta’ziyanoma yozgani o‘z
redaktsiyasiga jo‘nab ketdi. Jeldibinning o‘likxonadan kelganini xabar qilishdi. U marhumning
ikkinchi qavatdagi kabinetida o‘tirganmish. Bir zumda Berliozning o‘rniga shuni qo‘yishadi, degan
ovoza tarqaldi. Jeldibin o‘n ikkita pravlenie a’zosining hammasini restorandan chaqirtirib oldi, so‘ng
Berliozning kabinetida shoshilinch ravishda boshlangan majlisda Griboedovning ustunli zalini motam
marosimiga hozirlash, marosimning boshlanish payti va shu ko‘ngilsiz voqeaga daxldor bo‘lgan
boshqa zaruriy masalalar haqida muhokama yurita boshlashdi.
Restoranning yana odatdagi tungi hayoti boshlanib ketdi, bu hayot to restoran yopilguncha, ya’ni
tonggi soat to‘rtgacha davom etishi mumkin edi, agar xo‘randalarni Berliozning halokati haqidagi