Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
44
qaramay, yuk mashinasida chekkan yo‘l azobidan keyin, restoran xo‘jayinining yuziga endi birinchi 
marta tikilib qaradi, garchi Archibald Archibaldovich Bezdomniyning ahvolini surishtirayotgan, hatto 
«voy bechora-e!» — deb achinayotganday bo‘lsa ham, aslida Bezdomniyning taqdiri uni mutlaqo 
qiziqtirmayotgani, unga tariqcha ham achinmayotganini Ryuxin birinchi marta aniq his qila boshladi. 
«Qoyilman! To‘g‘ri qilasan!» — deb o‘yladi Ryuxin hayosizlarcha va g‘ajib tashlagudek adovat bilan, 
so‘ng shizofreniya haqida gapirishdan to‘xtab, iltimos qildi: 
— Archibald Archibaldovich, qittay araq ichsam devdim... 
Restoran sohibi soxta muruvvat bilan pichirladi: 
— Tushundim... hozir... — u ofitsiantga imo qildi. Endi chorak soatdan keyin Ryuxin butun zalda 
yolg‘iz o‘zi bukchayib olib baliq yer, dam-badam ryumka to‘ldirib araq icharkan, o‘z hayotida endi 
hech nimani o‘zgartirib bo‘lmasligini, faqat unutish mumkinligini tushunar, e’tirof etardi. 
O‘zgalar maishat bilan mashg‘ul bo‘lgan bir paytda, shoirning bu tuni hayf ketgan, endi uni 
qaytarish mumkin emasligini u tushunardi. Tun o‘gib ketganini apglash uchun osmonga bir nazar 
tashlashning o‘zi kifoya edi. Ofitsiantlar shoshqaloqlik bilan dasturxonlarni yig‘ishtirishardi. Ayvon 
oldida izg‘ib yur-gan mushuklar allaqachon yuzlarini yuvib olishgan edi. Shoirni ayovsiz uyqu bosa 
boshladi. 
Yettinchi bob
 
BYeXOSIYaT KVARTIRA
Agar ertasi kuni ertalab Styopa Lixodeevga: «Styopa! Agar hoziroq o‘rningdan turmasang, seni otib 
tashlashadi!» — deb aytishsa, u majolsiz ovoz bilan eshitilar-eshitilmas shunday degan bo‘lardi: 
«Mayli, otaveringlar, nima qilsanglar qilaveringlar, lekin turmayman». 
O‘rnidan turish uyoqda tursin, ko‘z ochishga ham majoli yo‘qday edi, chunki agar u ko‘zini ochsa, shu 
zahoti chaqmoq chaqilib, boshini tilka-tilka qilib majaqlab yuborayotganday bo‘lardi. Uning miyasida 
ulkan bir qo‘ng‘iroq tinmay bong chalayotganday, ko‘z kosalari va qovoqlari oralig‘idan yam-yashil 
yaltiroq gardishli jigarrang dog‘lar suzib o‘tayotganday bo‘lar, buning ustiga-ustak, ko‘ngli muttasil 
behuzur bo‘lardiki, bu behuzurlik, kelib-kelib miyaga xira pashshadek o‘rnashib qolgan qandaydir 
patefon ovozidan vujudga kelayotgandek tuyulardi. 
Styopa kecha yuz bergan voqeaning biron lavhasini eslashga urinib ko‘rdi, lekin faqat bir narsa 
esiga tushdi, xolos: chamasi, kecha u qaerdadir qo‘lida salfetka bilan qandaydir bir xonimni o‘pishga 
intilib, ertaga roppa-rosa tush paytida uyingizga mehmon bo‘lib boraman, deb va’da qilgandi. Xonim: 
«Yo‘q, yo‘q, men uyda bo‘lamayman!» — deb rad javobi berar, Styopa esa o‘z ahdida qattiq turib olib: 
«Men baribir boraveraman!» — derdi. 
Styopa xonimning kimligini ham, hozir soat necha bo‘lg‘anini ham, bugun qaysi oyning qaysi kuni 
ekanligini ham mutlaqo bila olmasdi, eng yomoni: u o‘zining qaerda yotganini ham bilmasdi. U hech 
bo‘lmaganda, o‘zining qaerdaligini aniqlamoqchi bo‘lib, zilday og‘ir chap qovog‘ini zo‘r-bazo‘r 
ko‘tardi. G‘ira-shirada ko‘ziga bir nima yalt etib ko‘ringanday bo‘ldi. Styopa nihoyat uning toshoyna 
ekanligini, o‘zining esa o‘z yotoqxonasida karavotda, ya’ni bir vaqtlar zargar be-vasiniki bo‘lgan 
karavotda chalqancha yotganini bildi. Birdan uning miyasida shunday qattiq sanchiq turdiki, u ko‘zini 
yumib ingrab yubordi. 
Izoh: Varete teatrining direktori Styopa Lixodeev Sadovaya ko‘chasida «p» shaklida tushgan olti 
qavatli uyda marhum Berlioz bilan bir kvartirada turardi — bugun ertalab u ko‘zini ochib, o‘zini shu 
yer-da ko‘rdi. 
Shuni aytish kerakki, bu — 50-kvartira haqida ko‘pdan beri, yomon deb bo‘lmasa ham, juda alomat 
gaplar yurar edi. Bundan ikki yil muqaddam bu kvartira zargar de Fujerening bevasiga tegishli edi. 
Ellikka kirgan, uddaburon muhtarama Anna Frantsevna de Fujere xonim bu kvartiradagi besh xonadan 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin