Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
52
qandaydir yapasqi chiroqlar, son-sanoqsiz shisha idishlar, gaz bilan yonuvchi gorelkalaru elektr 
simlariyu mutlaqo notanish bo‘lgan uskunalar bor edi bu kabinetda. 
Bu yerda oq xalat kiygan uch kishi (ikki ayol va bir erkak) Ivan bilan shug‘ullana boshladi. Birinchi 
navbatda, Ivandan ba’zi narsalarni so‘rab bilib olish maqsadida uni burchakdagi stol oldiga boshlab 
borishdi. Ivan vaziyatni mulohaza qila boshladi. Uning uchun uchta yo‘l bor edi. Birinchi yo‘l: mana 
shu lampalaru ohanjamali buyumlarga tashlanib, hammasini chil-chil sindirib, bu yerda uni nohaq 
ushlab turishganiga shu tarzda norozilik bildirish edi — bu usul uni qattiq vasvasaga solayotgan edi. 
Biroq bugungi Ivan kechagi Ivandan anchagina farq qilardi, shunga ko‘ra bu birinchi yo‘l unga ancha 
shubhali ko‘rindi: xudo ko‘rsatma-sin, tag‘in anavilar quturgan jinni degan xayolga borishsa-ya. 
Shuning uchun Ivan birinchi yo‘lni rad etdi. Ikkinchi yo‘l ham bor edi: hoziroq konsultant va Pontiy 
Pilat haqida hikoya qilish kerak. Ammo kechagi tajribadan ma’lum bo‘ldiki, yo uning gaplariga 
ishonishmayapti, yo bo‘lmasa hikoyasini teskari ma’noda tushunishyapti. Shuning uchun Ivan bu 
yo‘ldan ham voz kechib, uchinchi yo‘lni, ya’ni mag‘rurona sukut saqlab, «o‘z qobig‘iga o‘ralib 
olishni» ma’qul ko‘rdi. 
Ammo bu axdini to‘la amalga oshira olmadi, xohlasa-xohlamasa, bir qator savollarga uzoq-yuluk, 
bo‘lsa ham javob berishiga to‘g‘ri keldi. 
Oqibat, Ivandan uning o‘tmishi haqida, hattoki taxminan o‘n besh yil burun qizilcha kasali bilan 
qay faslda va qanday og‘riganigacha surishtirib bilib olishdi. Ivanning javoblaridan anketaning butun 
bir sahifasi to‘lib, ikkinchi sahifaga o‘tildi, endi oq xalat kiygan ayol Ivanning qarindosh-urug‘lari 
to‘g‘risida surishtira boshladi. Xullas, tuturiqsiz ezmalik boshlandi: qarindoshlardan kimlar o‘lgan, 
qachon va nimadan o‘lgan, icharmidi, tanosil kasali bilan og‘rimaganmidi, hokazo va hokazo savollar. 
Savollar tugagach, kecha Patriarx ko‘lida sodir bo‘lgan voqeani so‘zlab berishni iltimos qilishdi, lekin 
uncha zo‘rlashmadi, Pontiy Pilat to‘g‘risida aytgan gapiga ajablanishmadi ham. 
Shundan keyin Ivan ayoldan qutulib, erkak ixtiyoriga o‘tdi, u Ivan bilan boshqacha usulda muloqot 
qildi, undan hech nima to‘g‘risida so‘ramadi. U Ivanning haroratini o‘lchadi, tomirini ko‘rdi, 
allaqanday chiroq shu’lasini yo‘naltirib, ko‘zlarini tekshirdi. Keyin bu erkakka boshqa ayol yordamga 
keldi va Ivanning ikki kuragi orasiga bir nima bilan og‘riqsiz ukol qilishdi, ko‘kragiga bolg‘achaning 
dastasi bilan allaqanday belgilar chizishdi, bolg‘acha bilan uning gizzalariga urib ko‘rishgan edi, 
oyog‘i dik-dik sakrab ketdi, barmog‘idan qon olishdi, tirsagiga ukol qilishdi, qo‘llariga qandaydir 
rezina halqalar kiydirishdi. 
Ivan bularning hammasini achchiq istehzo bilan kuzatarkan, hech kurakda turmaydigan ishlar sodir 
bo‘lgani haqida o‘ylardi. Tavba! Odamlarni anavi be-gona konsultantning xatarli nayranglaridan
ogoohlantirmoqchi, uni shaxsan o‘zi qo‘lga tushirmoqchi edi, ammo buning o‘rniga o‘zi allaqanday 
sirli kabinetga tushib, Vologdada yashovchi piyanista Fyodor amakisi haqida qayoqdagi tuturiqsiz 
gaplarni hikoya kilib o‘tiripti. O‘taketgan bema’nilik! 
Nihoyat Ivanning ketishiga ijozat berishdi. Uni yana o‘z xonasiga kuzatib qo‘yishdi, so‘ng 
nonushtaga bir chashka qahva, ikkita ilitilgan tuxum va moy surtilgan oq non berishdi. 
Ivan ovqatning hammasini yeb, ichib bo‘lib, bu mahkamaning eng katta rahbarini kutishga, o‘sha 
rahbarning e’tiborini qozonishga, undan adolat talab qilishga ahd qildi. 
Darhaqiqat, nonushtadan keyin xiyol o‘tar-o‘tmas u kutgan katta boshliq bilan uchrashdi. Ivan 
joylashgan xonaning eshigi birdan ochilib, oq xalat kiygan odamlar kirib kelishdi. Hammadan oldinda 
soqoli hafsala bilan olingan, qirq besh yoshlardagi xushsurat, ammo ko‘zlari judayam o‘tkir, muloyim 
tabiat bir odam kelardi. Qolganlarning hammasi unga siporish qilishar, e’zozlashardi, shu bois uning 
bu xonaga tashrifi tantanavor bo‘ldi. «Naq Pontiy Pilat!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi Ivan. 
Ha, shubhasiz, bu odam rahbar edi. U kursiga o‘tirdi, qolganlar tik turaverishdi. 
— Doktor Stravinskiy, — deb o‘zini tanitdi kursiga o‘tirgan kishi va Ivanning chehrasiga do‘stona 
boqdi. 
— Mana, Aleksandr Nikolaevich, — dedi soqoli sarishta kuzalgan bir odam past ovoz bilan va 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin