www.ziyouz.com kutubxonasi
53
Ivanning hammayog‘i yozib to‘ldirilgan anketasini boshliqqa uzatdi.
«Birpasda shuncha narsa yozib tashlashipti-ya! — deb o‘yladi Ivan. Boshliq esa qog‘ozga yozilgan
tanish so‘zlarga ko‘z yugurtirib chiqarkan: «Ihi, ihi...» deb qo‘ydi va atrofida turganlar bilan hamma
ham tushunavermaydigan tilda bir-ikki og‘iz fikr almashdi.
«Lotin tilida ham Pilatga o‘xshab gapiryapti...» — ma’yus o‘yladi Ivan. Shu choq qulog‘iga
chalingan bir so‘z uni seskantirib yubordi. Bu — kecha Patriarx ko‘li bo‘yida la’nati ajnabiy aytgan,
bugun esa bu yerda professor Stravinskiy takrorlagan «shizofreniya» so‘zi edi.
«Bilgan ekan!» — hayajon bilan ko‘nglidan o‘tkazdi Ivan.
Aftidan, bu Stravinskiy hamma fikrga qo‘shilishni va hamrohlari aytgan har bir so‘zdan mamnun
bo‘lib, shu mamnunligini «juda soz, juda soz» degan so‘zlar bilan ifodalashni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘ygan bo‘lsa kerak.
— Juda soz! — dedi Stravinskiy qo‘lidagi varaqni kimgadir qaytararkan. So‘ng Ivanga yuzlan-di:
— Siz — shoirsiz-a?
— Ha, shoirman, — xomush javob qildi Ivan, u umrida birinchi marta she’riyatga nisbatan qalbida
qandaydir mubham nafrat uyg‘onganini his qildiyu, esiga tushgan o‘z she’rlari negadir unga yoqimsiz
bo‘lib tuyula boshladi.
U o‘z navbatida aftini burishtirib Stravinskiydan so‘radi:
— Siz — professorsiz-a?
Stravinskiy bu savolga takalluf bilan bosh egib javob qildi.
— Bu yerning eng kattasi ham sizsiz-a? — deb da-vom etdi Ivan.
Stravinskiy bu gal ham bosh egib javob qildi.
— Men siz bilan gaplashib olishim kerak, — dedi Ivan Nikolaevich ma’nodor qilib.
— Men ham shu maqsadda keldim, — javob qildi Stravinskiy.
— Xullas, gap bunday, — deb gapira boshladi Ivan, endi gapirish navbati o‘ziga kelganini his qilib,
— meni bu yerda jinniga chiqarib qo‘yishdi, hech kim ga-pimni eshitishni istamayapti!..
— Aksincha, biz diqqat-e’tibor bilap eshitmoqchimiz gaplaringizni, — dedi Stravinskiy jiddiy va
taskin beruvchi ohangda, — undan keyin sizni jinni deb hisoblashlariga aslo yo‘l qo‘ymaymiz.
— Unday bo‘lsa, eshiting: kecha kechqurun Patriarx ko‘li bo‘yida men bir shubhali shaxs bilan
uchrashdim, ajnabiyliginiyam, ajnabiy emasliginiyam bilib bo‘lmaydigan o‘sha odam Pontiy Pilatni
o‘z ko‘zi bilan ko‘ripti.
Professorni kuzatib kelganlar shoirning gaplarini qimir etmay tinglashardi.
— Pilatni-ya? U qaysi — Iso payg‘ambar zamonida yashagan Pilatmi?
— Ha, o‘sha.
— Aha, — dedi Stravinskiy, — anavi Berliozni bo‘lsa, tramvay bosib ketdi deng?
— Ha, balli, aynan shu Berliozni kecha Patriarx ko‘li yaqinida tramvay bosib ketganini o‘z ko‘zim
bilan ko‘rdim, shunisi qiziqki, anavi shubhali grajdanin...
— Pontiy Pilatning tanishimi? — so‘radi Stravinskiy: chamasi u juda idrokli odam edi.
— Ha, xuddi o‘sha, — tasdiqladi Ivan, Stravinskiyni kuzatarkan, — ana shu odam. Annushka pista
moyini to‘kib yubordi, deb bashorat qildi... Berlioz bo‘lsa, xuddi o‘sha moy to‘kilgan yerda toyib
ketdi! Xo‘sh, bunga nima deysiz? — deb ma’nodor savol berdi Ivan, bu so‘zlari bilan u kuchli
taassurot uyg‘otmoqchi bo‘lgan edi.
Agarda ruhan sog‘lom odam bo‘lsangiz, bunga: «Yo‘q, aslo», deb javob qilasiz. Siz bu yerdan
ketishni istaysizmii? Marhamat. Lekin ayting-chi, bu yerdan to‘g‘ri qayoqqa borasiz?
— Qayoqqa bo‘lardi, militsiyagada, — Ivan bir oz taraddudlanib turgach, professorning tikilib
boqishidan xiyol dovdirab javob qildi.
— To‘g‘ri shu yerdan-a?
— Ihi.
— Oldin uyingizga kirib chiqmaysizmi? — shu zahoti luqma tashladi Stravinskiy.