www.ziyouz.com kutubxonasi
41
— Aha, — dedi vrach, — nimaga shoshilgandingiz? Biron ish yuzasidan uchrashuvingiz bormidi?
— Konsultantni qidirib yuribman, — javob qildi Ivan Nikolaevich va bezovtalanib olazarak bo‘ldi.
— Qanaqa konsultantni?
— Siz Berliozni bilasizmi? — so‘radi Ivan ma’nodor ohangda.
— Haligi... kompozitornimi? Ivanning ta’bi tirriq bo‘ldi.
— Qanaqa kompozitor? E, ha, yo‘q! yo‘q! Kompozitor — Misha Berlioz bilan familiyadosh!
Ryuxinning gapirishdan hafsalasi pir bo‘lgan edi, ammo izoh berishiga to‘g‘ri keldi.
— MASSOLIT sekretari Berliozni bugun kechqurun Patriarx ko‘li yaqinida tramvay bosib ketdi.
— Bilmagan narsangni gapirma! — dedi Ivan Ryuxindan achchig‘lanib, — sen emas, men
shohidman bunga! U Mishani ataylab tramvayga ro‘para qildi!
— Itarib yubordimi?
— Nega endi «itarib yuborarkan?» — dedi odamlarning befarosatligidan achchig‘i chiqqan Ivan, —
uning uchun itarvorishning hech hojati yo‘q! Uning qo‘lidan shunaqangi nayranglar keladiki, ehtiyot
bo‘lmasang, holing xarob! U Berliozning tramvay tagiga tushishini oldindan aytib bergan edi!
— Sizdan boshqa yana hech kim ko‘rdimi o‘sha konsultantni?
— Hamma balo shunda-da, men bilan Berliozdan boshqa hech kim ko‘rgani yo‘q uni.
— Hm. Xo‘sh, o‘sha qotilni qo‘lga olish uchun qanday choralar ko‘rdingiz? — shunday deb turib
vrach bir chekkada, stol yonida o‘tirgan, oq xalat kiygan ayol to-monga o‘tirildi. Ayol bir varaq qog‘oz
olib, uning bo‘sh grafalarini yozuv bilan to‘ldira boshladi.
— Men ko‘rgan chorami? Oshxonadan sham olib oldim...
— Manavinimi? — deb so‘radi vrach ayol oldida stolda qog‘oz ikona bilan yonma-yon yotgan,
mayishib ketgan sham bo‘lagini ko‘rsatib.
— Ha, shuni, keyin...
— Ikona nimaga kerak bo‘lib qoldi?
— Darvoqe, ikona... — Ivan qizarib ketdi, — hammadanam shu ikona ko‘proq cho‘chitib yubordi
uni, — Ivan yana barmog‘i bilan Ryuxinga ishora qildi. — Gap shundaki, o‘sha konsultant, ochig‘ini
aytadigan bo‘lsak... ins-jinslar bilan topishgan... uni osonlikcha qo‘lga olib bo‘lmaydi.
Sanitarlar negadir Ivandan ko‘zlarini uzmagancha qo‘llarini yonlariga tushirib g‘oz turishardi.
— Ha, shunaqa, — deb gapida davom etdi Ivan, — jinlar bilan topishgan. Bu dalilni aslo rad qilib
bo‘lmaydi. U Pontiy Pilat bilan shaxsan suhbatlashgan ekan. E, bunaqa hayron bo‘lib qaramang
menga! Gapim rost! Hammasini o‘z ko‘zi bilan ko‘ripti — rovonni ham, palmalarni ham. Xullas, u
Pontiy Pilatning huzurida bo‘lgan, bunga men kafilman.
— Xo‘sh, xo‘sh....
— Qisqasi, men qog‘oz ikonani ko‘kragimga qadadimu uni quvib ketdim....
Shu payt birdan soat ikkiga jom chaldi.
— O‘h-ho‘! — deb yubordi Ivan divandan turarkan, — soat ikki bo‘liptiyu, men bo‘lsam sizlar
bilan valaqlashib o‘tiribman! Kechirasiz, telefon qaerda?
— Telefonga o‘tkazib yuboringlar, — deb buyurdi vrach sanitarlarga.
Ivan bora solib trubkani qo‘liga oldi, bu payt sanitar ayol Ryuxindan ohista so‘radi:
— Uylanganmi?
— Bo‘ydoq, — qo‘rqa-pisa javob qildi Ryuxin.
— Kasabachilar uyushmasi a’zosimi? -Ha.
— Militsiyami? — deb baqirdi bu payt Ivap trubkaga, — militsiyami? O‘rtoq navbatchi, darhol
buyruq bering, ajnabiy konsultantni tutish uchun pulemyot o‘rnatilgan beshta mototsiklet yuborishsin.
Nima? Kelib meni olib keting, o‘zim sizlar bilan boraman... Menmi? Shoir Bezdomniyman,
jinnixonadan gapir-yapman... Manzilinglar qanaqa? — pichirlab so‘radi u doktordan telefon trubkasini
kafti bilan bosib turib, keyin yana trubkaga qichqirib gapira boshladi: — Eshityapsizmi? Allo!..
Yaramaslar! — birdan baqirib yubordi Ivan va trubkani devorga uloqtirdi. Keyii u vrach tomonga