19
kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlarini belgilab berdi.
Ushbu
yo‗nalishdagi muhim qarorlardan biri – milliy valyuta almashuv kursining bozor
mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini
bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‗liq amaliy qadamlar bo‗ldi.
Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta‘minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy
barqarorlikning kafolati bo‗lib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish
dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi.
Bunda
inflyatsiyaning past va barqaror ko‗rsatkichlari muvozanatli iqtisodiy o‗sishni
ta‘minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini yashash darajasini
oshirishning muhim omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan, narxlar o‗sish sur‘atlarining
pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri
bo‗lishi kerak. Inflyatsiyaning past va barqaror darajasi aholi hamda yuridik shaxslar
omonatlarini uzoq muddatli investitsiyalarga aylanishi uchun kerakli sharoit yaratadi
hamda ichki bozordagi narxlar
nomutanosibligini kamaytirib, mavjud iqtisodiy
resurslarning samarali taqsimlanishiga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, amalga oshirilgan tahlillar natijasida
inflyatsiya darajasi,
YaIM deflyatori va pul massasi o‗zgarishi o‗rtasida aniq va barqaror o‗zaro
bog‗liqliklar aniqlanmadi. Pul aylanish tezligi va pul multiplikatori ko‗rsatkichlari
o‗zgarishi ham ushbu ko‗rsatkichlar dinamikasining o‗zgaruvchan xarakterga ega
ekanligini, pul-kredit ko‗rsatkichlarining maqsadli parametrlarini ishlab chiqishda
xatoliklarga olib kelishi mumkinligini ko‗rsatadi (8-rasm).
Umuman olganda, pul massasining YaIM nominal hajmiga nisbatan mo‗‘tadil
darajada o‗sishi inflyatsiya bosimining sezilarli kuchayishini
oldini olishga xizmat
qildi. Shu bilan birga, ushbu ko‗rsatkichlar o‗rtasida aniq bog‗liqlikning mavjud
emasligi rezerv pullar va pul massasi aniq darajasini
hisoblash imkoniyatini
bermaydi.
Iqtisodiyotda inflyatsion xatarlar kuchayganda, Markaziy bank an‘anaviy
tarzda foiz stavkalarini oshirish orqali pul-kredit qat‘iylashtiradi. Ushbu choralarning
iqtisodiyotning real sektoriga ta‘sir qilish darajasi va muddatlari pul-kredit siyosati
transmission
mexanizmlarining
samaradorligi
bilan
belgilanadi.
Pul-kredit
20
siyosatining transmission mexanizmi o‗zida Markaziy
bank foiz stavkalari
o‗zgarishining iqtisodiy faollikka va pirovardida inflyatsiya darajasiga ta‘sir o‗tkazish
jarayonini aks ettiradi.
8-rasm. Pul multiplikatorq dinamikasi
10
Pul-kredit siyosatining iqtisodiyotga ta‘siri alohida transmission kanallar orqali
amalga oshiriladi. Asosiy kanallar sifatida quyidagilarni ko‗rsatish mumkin:
- foiz kanali;
- kredit kanali;
- valyuta kursi kanali;
- inflyatsion kutilmalar kanali;
- aktivlar bahosi kanali.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish.
Ishbilarmonlik muhitini
shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‗llab-
quvvatlash va kelgusida rag‗batlantirish borasida ko‗rilayotgan chora-tadbirlar
natijasida, 2017- yilda 38,2 mingdan ortiq kichik biznes (dehqon
va fermer
xo‗jaliklarisiz) subyektlari tashkil etildi yoki 2016- yilning shu davriga nisbatan
122,0 foizga ko‗paydi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiyot tarmoqlaridagi
ulushi eksportda – 27,0% (2016- yilda 26,0%), sanoatda – 39,6% (45,3%),
10
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma‘lumotlari. // http://cbu.uz/uzc/monetarnaya-politika/concept/
Dostları ilə paylaş: