O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


 Iqtisodiy dinamikaning turlari va ko„rsatkichlari



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

1.3. Iqtisodiy dinamikaning turlari va ko„rsatkichlari 
Iqtisodiy dinamika zamiridagi zamonaviy iqtisodiy nazariyada odatda tabiiy 
ahamiyatga ega bo‗lgan ishlab chiqarish hajmining real tushib ketishi va qisqa 
muddatli ravnaqi emas, balki, uzoq muddatli vaqt oralig‗idagi ishlab chiqaruvchi 
kuchlar rivojlanishiga bog‗liq bo‗lgan ishlab chiqarish real hajmining tabiiy 
darajasining uzoq muddatli o‗zgarishi tushuniladi. Bunday yondashuvda iqtisodiy 
o‗sish dinamikasi va takliflar omili diqqat markazda turadi.
Real iqtisodiy o‗sish tahlilida o‗qitish predmeti iqtisodiy dinamikani aniqlovchi 
omillargina emas, shuningdek tarmoqlar va takror ishlab chiqarish proportsiyasining 
o‗zgarishi, iqtisodiy o‗sish jarayonidagi institutsional tuzilmalar transformatsiyasi, 
o‗sish sur‘atlarini tiyib turish yoki rag‗batlantirish bo‗yicha davlat siyosati, real ishlab 
chiqarish potensial ishlab chiqarish hajmidan ortda qolish sabablari va boshqalar ham 
bo‗lishi mumkin. Real iqtisodiy o‗sish mohiyati iqtisodiyotining asosiy 
ziddiyatlarining yangi darajasida qayta tiklash va ruxsat berishdan iborat: ishlab 
chiqarish 
resurslarining 
cheklanmaganligi 
va 
jamiyat 
ehtiyojlarining 
cheklanmaganligi orasida. 
13
O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‗mitasi ma‘lumotlari
126,6 
124,6 
121,2 
123,9 
121,5 
120,0 
122,1 
127,4 
125,2 
125,5 
128,1 
120,7 
118,9 
146,9 
0
50
100
150
Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi 
Andijon
Buxoro
Jizzax
Qashqadaryo
Navoiy
Namangan
Samarqand
Sirdaryo
Surxondaryo
Toshkent
Farg‗ona 
Xorazm
Toshkent sh.


24 
Bu qarama-qarshilik ikki asosiy usulda bo‗ladi:
- ishlab chiqarish quvvatining oshishi hisobiga; 
- ishlab chiqarish quvvati va jamiyatning ehtiyojlarining rivojlanishiga ega 
bo‗lgan samarali foydalanish hisobiga. 
Biroq, bu jarayonda har bir yangi bosqichda ishlab chiqarish imkoniyatlari 
kengayishidagi rivojlanishda barcha jamiyat ehtiyojlari qondirilmaydi. Jamiyat 
ehtiyojlari ishlab chiqarish resurslariga munosabatda doimo birinchi bo‗lsada, bu 
ehtiyojlarni qondiruvchi ishlab chiqarish mahsulotlari ma‘lum mamlakatning ishlab 
chiqaruvchilari yoki import mahsulotlar vositalari o‗zlashtirganda vujudga keladi. 
Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, ehtiyojlarining vujudga kelishi qadam-
baqadam ommaviy tus oladi va ishlab chiqarishning uzluksiz rivojlanishini nazarda 
tutadi. 
Ishlab chiqarish imkoniyatlarining rivojlanishi jamiyat ehtiyojlari o‗sishi 
miqdori bilangina emas, ularning tuzilmasida bir ehtiyoj ulushining ortishi va 
boshqasining ulushi pasayishi bilan shartlanadi. Ishlab chiqarish resurslari va 
chiqarish tuzilmasi, qoidaga ko‗ra ehtiyojlar tuzilmasi kabi tez o‗zgarishi mumkin 
emas. Mahsulot yoki xizmatga yangi ehtiyoj tug‗ilishi uchun uning bir vaqtda ishlab 
chiqarishni o‗zlashtirish va bozorda iste‘molchilar talablariga mos, to‗lash 
qobiliyatiga ega o‗z sifati va narxi bilan ular talabiga javob beradigan yangi 
mahsulotning paydo bo‗lishi fakti yetarli. 
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy o‗sishning yuzaga kelishi shakllari izohida 
ikki asosiy yondashuv mavjud. Ulardan keng tarqalgani iqtisodiy o‗sishni YaIM 
(MD) real hajmi o‗sish sur‘ati yoki bu ko‗rsatkichlarni aholi ehtiyoji hisobida 
oshirish sur‘ati bilan o‗lchanadigan aniq vaqtda milliy iqtisodiyot rivojlanishining 
jami xarakteristikasi bilan tushunish hisoblanadi. Iqtisodiy o‗sishni hisoblaydi u yoki 
bu uslubni qo‗llash zarurati odatda tadqiqot masalalari bilan bog‗liq. Iqtisodiy 
o‗sishni hisoblashning birinchi usuli, qoidaga ko‗ra, mamlakatning iqtisodiy 
salohiyati kengayish sur‘atlarini baholashda qo‗llaniladi, ikkinchisidan esa aholining 
qulay sharoiti dinamikasi tahlilida yoki turli hududlar va mamlakatlarning hayot 


25 
darajasini solishtirishda foydalaniladi. Hozirgi vaqtda o‗sish nazariyasida ikkinchi 
hisoblash usuli afzal deb qaraladi. 
Iqtisodiy o‗sishda real milliy daromad oshish sur‘atlari aholi o‗sishi sur‘atlarini 
oshiradigan milliy iqtisodiyot rivojlanishi nazarda tutiladi. Bu o‗sish muammolarini 
tashqi kuzatuvchi nuqtai nazaridan emas, mamlakat aholisi pozitsiyasidan turib ko‗rib 
chiqishni taqozo etadi. 
Iqtisodiy o‗sishni ishlab chiqarish real hajmining oshish sur‘atlari nuqtai 
nazaridan qarab chiqishda odatda (aniq va noaniq shaklda) iqtisodiyotda chuqur 
tuzilmaviy va institutsional o‗zgarishlari yuz bermasligi taxmin qilinadi. Ishlab 
chiqarish tuzilmasi va institutsional muhit murakkab va o‗zgarmas hisoblanadi. 
Bunday rivojlanish xarakteri tashqi muhit bilan o‗zaro ta‘sirda balanslangan va 
yaxlitlik xususiyatiga ega bo‗lgan iqtisodiy tizim uchun o‗ziga xos. 
Uzoq muddatli davr sifatida asosiy kapitalning tekis hayotiylik doirasi ko‗rib 
chiqiladi. Bunday yondashuv iqtisodiy o‗sishning neokeynscha va neoklassik 
nazariyasi uchun xarakterli. 
Iqtisodiy o‗sish nazariyasidagi boshqa yondashuv industrial va postindustrial 
jamiyatni takror ishlab chiqarishda qo‗llaniladi. Bu nazariyalar qachonki, 
o‗zgarishlarga hokimlik, boshqaruv, infratuzilma obyektlari, iqtisodiyotdagi 
tuzilmaviy o‗zaro ta‘sir va uning tashqi muhit bilan o‗zaro aloqasining asosiy 
institutlari duch kelganda, ―yuqori uzun‖ davrda iqtisodiy dinamika muammolarini 
tahlil qiladi. Ta‘kidlash kerakki, ―uzoq muddatli‖ va ―yuqori uzun‖ davrlar 
tushunchalari dinamika nazariyasida iqtisodiy vaqt haqida gap borar ekan, xuddi 
o‗zining vaqtinchalik masofasi va konseptual yo‗nalish kabi farqlanadi (hodisalar 
sodir bo‗lish tezligi). ―Yuqori uzun‖ davr o‗zining vaqtinchalik masofasi hodisalari 
qatorida uzoq muddatli davr va uning an‘anaviy tushunchasida qisqa bo‗lishi 
mumkin. Xususan, bu mamlakatimiz rivojlanishining zamonaviy bosqichida, uning 
uchun xarakterlidir. Bunda tuzilmaviy, institutsional va funksional o‗zgarishlar ishlab 
chiqarish real hajmi tabiiy o‗sish jarayonini aniqlaydigan ishlab chiqarishning tekis 
omillari o‗zgarishidan ko‗ra tezroq yuz beradi. 


26 
Yuqori uzun davrdagi iqtisodiy o‗sish tahlilining ikki asosiy xususiyatini 
ajratish mumkin: 
- iqtisodiy o‗sish iqtisod rivojlanishining tashkiliy elementi sifatida qaraladi. U 
bir tomondan rivojlanishning siklik xarakterini ifodalaydi, ikkinchi tomondan o‗zi 
pasayish va depressiya davrlariga tayyorlovchi o‗zgarishlar natijasi hisoblanadi. 
Shuning uchun asosiy e‘tibor iqtisodiy o‗sish sur‘atlariga emas, balki iqtisodiyotdagi 
global o‗zgarishlar, barqaror tendensiya va qonunchiliklar va ularning yangi sifat 
o‗zgarishlariga qaratiladi; 
- makroiqtisodiy tanaffuslar qatorida iqtisodiy rivojlanishning va industrial 
asoslari, tadbirkorlik muammolari, ishlab chiqaruvchilar qiziqishlari ziddiyatli siljishlari, 
iste‘molchilar va davlat hokimiyati institutlari iqtisodiy faoliyat samaradorligini 
oshishiga yo‗l qo‗ymaydigan yangi iqtisodiy tuzilmaning shakllanishi va uning tashqi 
muhit o‗zgaruvchanligi sharoitidagi barqarorligini tekshiradi. 
Iqtisodiy dinamika deb – ma‘lum bir iqtisodiy tizimda vaqt oralig‗ida o‗zgarib 
turuvchi iqtisodiy holatga aytiladi. 
Iqtisodiy dinamika statik va dinamik bo‗lishi mumkin. 
Statik dinamika deganda, bu iqtisodiy tizimda ma‘lum bir o‗zgarishlar 
bo‗lmasligi, iqtisodiy faollikning pasayib borishi tushuniladi. 
Dinamik holatda esa iqtisodiy tizim turli xil omillar va jarayonlarning ta‘siri 
ostida doimiy ravishda o‗zgarib borishi tushuniladi. 
Iqtisodiy dinamikaning asosiy ko‗rsatkichlaridan biri – bu iqtisodiy o‗sishdir. 
Iqtisodiy o‗sish deganda, odamlarning talab-ehtiyojini qondirish uchun zarur 
bo‗lgan moddiy mahsulot va xizmatlarni, ya‘ni barcha noz-ne‘matlarni ishlab 
chiqarishning ko‗payib borishi tushuniladi. Iqtisodiy o‗sish nafaqat iste‘mol 
buyumlari, balki ishlab chiqarish vositalari, ya‘ni resurslarni ham ko‗plab ishlab 
chiqarishini anglatadi, chunki o‗sish jamiyat a‘zolarining joriy iste‘molini qondirish 
bilan cheklanmay, kelajakda ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali bo‗lg‗usi 
iste‘molni qondirishni ham mo‗ljallaydi. Ishlab chiqarish faoliyati jamiyat hayotining 
birlamchi asosi bo‗lganidan iqtisodiy o‗sish ijtimoiy taraqqiyot uchun moddiy zamin 
yaratib beradi. Jamiyatdagi chuqur va sifatli o‗zgarishlar iqtisodiy o‗sish sur‘atlariga 


27 
qarab yuz beradi. Hozirgi bosqichda jamiyat hayotidagi shiddatli o‗zgarishlar 
barqaror o‗sish natijasidir. Iqtisodiy o‗sish jamiyatdagi ishlab chiqarish hajmini yoki 
aholi jon boshiga yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar hajmini ortib borishi bilan 
o‗lchanadi. Uni albatta real yalpi milliy mahsulot yoki real milliy daromadning 
ko‗payishi ifoda etadi. 
Makroiqtisodiy o‗sish – butun jamiyat miqyosidagi, masalan, mamlakat 
miqyosidagi iqtisodiyotni o‗sishdir. U jamiyat ishlab chiqarish faoliyatining natijasi 
bo‗ladi, turli korxona va tarmoqlardagi makroiqtisodiy o‗sishning mazmuni sifatida 
yuzaga keladi. 
Mikroiqtisodiy o‗sish – bu korxona, xo‗jalik, firma va tarmoq doirasidagi 
o‗sishdir, shu doiradagi mehnat qiluvchilarning iqtisodiy, aniqrog‗i guruhiy 
faoliyatning natijasidir.

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin