O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


 Iqtisodiy rivojlanish. Iqtisodiy rivojlanishning



Yüklə 2,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/110
tarix20.11.2023
ölçüsü2,27 Mb.
#161876
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110
Ekonometrika Kaf 11.Iqt osish matematik model 10ta

1.5. Iqtisodiy rivojlanish. Iqtisodiy rivojlanishning
xususiyatlari 
Davlatning iqtisodiy rivojlanish darajasini uning asosiy ishlab chiqarayotgan 
mahsulotiga qarab belgilanadi (milliy iqtisodiyotning tayanchi hisoblangan 
mahsulotlarni). Shu asosiy ishlab chiqarishgan mahsulotlarning qanchalik davlat 
uchun ehtiyojini qondirayotganligiga qarab beriladi. Birinchi o‗rinda bunday asosiy 
ishlab chiqarishga yetarli darajada elektr quvvati olinadi. Elektr quvvati rivojlanish 
asosi hamda buning orasida yana bir soha chambarchas yotadi, ya‘ni texnik 
rivojlanish hamda bularning ishlab chiqarish sifati, soni va xizmat ko‗rsatish 
e‘tiborga molikdir va h.k. 


30 
Hozirgi vaqtda rivojlangan hamda rivojlanish past bo‗lgan davlatlarda bu 
ko‗rsatkich 500 taga bitta to‗g‗ri keladigan, ba‘zi hollarda undan ham ko‗proq. Bu 
aholi soniga to‗g‗ri keladigan asosiy ishlab chiqarilayotgan mahsulotdir. Statistika 
shuni ko‗rsatadiki ya‘ni, mis ishlab chiqarish, metall eritish, stanoklar, avtomobillar, 
mineral o‗g‗itlar, kimyoviy tolalar va bir qator boshqa mahsulotlar. Davlatda ishlab 
chiqarayotgan 
mahsulot 
aholi 
soniga 
to‗g‗ri keladigan asosiy iste‘mol 
mahsulotlaridan qo‗yidagilardir:
- Don mahsulotlari; 
- Sut mahsulotlari; 
- Go‗sht mahsulotlari; 
- Shakar; 
- Kartoshka va h.k. 
Yashash sharoiti darajasi qo‗yidagi ko‗rsatkichlar orqali ham belgilanishi 
mumkin: 
- mehnat resurslarining holati, o‗rtacha hayot davomiyligi, aholining 
savodxonligi darajasi, aholi soniga to‗g‗ri keladigan asosiy mahsulotlarning 
iste‘mollik darajasi, mehnat resurslarining kvalifikatsiya darajasi, 10 ming aholi soni 
ichidan qanchasi o‗qiyotgani va talabalarning soni, YaIM dagi bilimlarni oshirishdagi 
sarf xarajatlarning soni; 
- soha xizmatlarining rivojlanishi (10 ming aholiga to‗g‗ri keladigan 
shifokorlar soni, ming aholiga to‗g‗ri keladigan shifoxonadagi o‗rinlar soni, aholining 
o‗y-joy bilan ta‘minlaganligi, o‗y jihozlari va h.k.). 
Oxirgi yillarda jahon tajribasi shuni ko‗rsatadiki, turmush sifatini aniqlash 
uchun o‗z ichiga ijtimoyi-iqtisodiy ko‗rsatkichlarni hamda aholining savodxonligini 
oshishi hayot kechirish davomiyligi ayrim ko‗rsatkichlardan yoki bo‗lmasa 
umumjamiyat rivojlanishini ta‘minlovchi indekslardan foydalanmoqda va h.k. larni 
o‗z ichiga qamrab olgan. 
Shu ko‗rsatkichlarga alohida to‗xtalib o‗tib, eng muhimlarini aytib o‗tishimiz 
lozim: 
YaIM kapital sig‗imining birligi yoki aniq bir ishlab chiqarish ko‗rinishi; 


31 
mehnat bilan ta‘minlash (ishlab chiqarish va agrar xo‗jalik, ishlab chiqarish 
alohida sohalari); 
fondlarning asosiy fond taqsimlash birligi; 
YaIM xomashyo sig‗imi birligi va asosiy ishlab chiqarish ko‗rinishi. 
Ohirgi yillarda Xalqaro valyuta fondi (XVF) hamda MDH da qabul qilingan 
keng qamrovli raqobatbardosh ko‗rsatkichlardan foydalanilmoqda, bir qator 
ko‗rsatkichlar narx-navoni o‗sishini o‗lchash uchun hamda davlatda ishlab 
chiqarilgan mahsulotni qolib ketishini va boshqa rivojlangan davlatlarda nisbatan 
solishtirish ko‗rsatkichlaridir: 
maosh to‗lash uchun ketayotgan sarf xarajatlar (bir-birlik ishlab chiqarilgan 
mahsulot hisobiga); 
bir ish kuniga ketadigan me‘yoriy xarajatlar (bir-birlik ishlab chiqarilgan 
mahsulot hisobiga); 
narx-navo ustiga qo‗shilgan elementlarning darajasi va h.k. Birinchi ishlab 
chiqarish omillarining xarajatlari ko‗rsatkichlari; 
mahsulot chakana narxining solishtirish darajasi.
Eksport qilinadigan tovarning solishtirish darajasi. Albatta, bu tizim davlatning 
iqtisodiy rivojlanishining to‗laqonli ko‗rsatib bera olmaydi, lekin ayrim faoliyati 
sohasi xalqaro bozorda raqobatbardoshligi yaqqol ko‗rsata oladi. 
Ko‗pchilik mamlakatlarning tarixiy tajribasida tasdiqlangan qonuniyat borki, 
unga ko‗ra iqtisodiy o‗sishning ko‗lami va sur‘atlari o‗zaro teskari mutanosiblikda 
o‗zgaradi, ya‘ni o‗sish ko‗lami miqdoran oshgan sari, uning sur‘atlari pasayishiga 
moyil bo‗ladi. Iqtisodiy o‗sishning nafaqat miqdoriy, balki sifat me‘yori ham mavjud. 

Yüklə 2,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin