O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
majburiyatini oladi. Sotib oluvchi esa shu miqdordagi valyu-tani sotish yoki sotib olish
huquqidan foydalanmaslik huquqiga ham ega. U bu uchun sotuvchiga opsion mukofotini
to‘laydi. Agar sotib oluvchi o‘z
huquqidan foydalanmasa, u mukofot summasida zarar
ko‘radi.
«Spot», forvard va opsion shartnomalari banklararo bozor-larda va birjalarda amalga
oshiriladi. Birjada amalga oshirila-digan ixtisoslashgan shartnomalarga f'yuchers
shartnomalari kira-di. F'yuchers operatsiyalari f'yuchers shartnomalarini sotish va sotib olish
bo‘yicha tuziladi. F'yuchers operatsiyasi valyutani sotib olish yoki unga qarama-qarshi
operatsiya bilan tugaydi. F'yuchers operatsiya-sining natijasi bu yutqizgan tomonning
yutgan tamonga shartnoma tuzilgan va amalga oshirilgan vaqt orasidagi kurs farqini to‘la-
shidir. Bu farqni birjaning hisob-
kitob (kliring) palatasi to‘lab beradi. F'yuchers shartnomalari
imzolanishi zahoti birjaning hisoblash markazida ro‘yxatdan o‘tadi.
F'yuchers va boshqa muddatli shartnomalarining maqsadi valyuta operatsiyalarini
xedjirlash yo
ki chayqovchilik asosida foyda olishdir. Banklar o‘z
mijozlarining valyuta
tavakkalchiliklarini o‘z zim-masiga olsalar (forvard operatsiya o‘tkazganda), unga teskari
f'yuchers bitimi yordamida bu tavakkalchiliklarni kamaytiradi (yo‘qotadilar). F'yuchers bitimi
tugaganda esa ular real tovarlar bitimidan ko‘rgan zararni, valyuta kursi orasidagi farq orqali
qoplash im-
koniyatiga ega bo‘ladilar.
Valyuta kursi orasidagi farq tufayli foyda olish maqsadida banklar valyuta arbitrajini
o‘tkazishadi. Bu valyutani sotish yoki sotib olish bo‘lib, keyinchalik teskari bitim qilib, valyuta
kurs-
lari farqi yordamida foyda olish maqsadida o‘tkazishni ifodalaydi. Arbitraj ikki xil, ya'ni
joylashuvga ko‘ra va vaqtli bo‘ladi. Joylashuvga ko‘ra arbitraj banklarning turli valyuta
bozorlari-dagi kurs farqi orqali foyda olishini bildiradi. U valyuta tavak-
kalchiligi bilan bog‘liq
emas, chunki valyuta savdosi bir vaqtning o‘zida amalga oshadi. Masalan, bank vakili
Gongkokda valyutani sotib oladi (sotadi) va shu vaqtning o‘zida u o‘zining N'yu-Yorkdagi
korrespondenti orqali shu valyutani sotadi (sotib oladi).
Vaqtli arbitraj vaqt o‘tishi bilan valyuta kursi orasidagi farq orqali foyda olishdir.
Valyuta
arbitraji spot va forvard sharoitida amalga oshirilishi mumkin va bu turdagi operats iyalarda
valyuta tavakkalchiligi mavjud bo‘ladi.
Bank valyuta operatsiyalarini bajarganda unga o‘z valyuta resurslarining bir qismini
sarflaydi. Bunda bankning xorijiy valyuta-
lar bo‘yicha majburiyat va talablari orasidagi nisbat
o‘zgaradi. Bankning xorijiy valyutalarni sotish va sotib olish jarayonida valyutalar bo‘yicha
talab va majburiyatlar nisbatining holati bank-larning valyuta holati deyiladi. Valyuta
bo‘yicha majburiyatlar va talablar teng bo‘lgan holat yopiq, teng bo‘lmagani ochiq valyuta
holati deyiladi.
Ochiq valyuta pozisiyasi
– bank valyuta bo‘yicha qarshi bitimni amalga oshirganda
valyuta kursining o‘zgarishi natijasida oldingi sotgan valyutasiga nisbatan kam valyuta
olishi, ya'ni zarar ko‘rishi mumkin. Shuning uchun bu holatda valyuta kursining o‘zgarishi
valyu-ta tavakkalchiligining vujudga kelishiga olib keladi.
Ochiq valyuta pozisiyasi
uzoq yoki qisqa bo‘lishi mumkin.
Qisqa valyuta pozisiyasi
da sotilgan valyuta bo‘yicha
majburiyat-lar, sotib olingan
valyuta bo‘yicha talablardan oshadi, ya'ni xorijiy valyutani sotish uni sotib olishdan yuqori
bo‘ladi. Uzoq holatda esa aksincha xorijiy valyutani sotib olish uni sotishdan yuqori bo‘ladi,
ya'ni sotib olingan valyuta bo‘yicha talablar uni sotish majburiyat-laridan ko‘p bo‘ladi. Bu
pozisiyaslarni quyidagi misollar bilan yaqqol-roq tushintirish mumkin.
Masalan, ertalab bankda yapon ieni va funt sterling bo‘yicha yopiq valyuta holati
bo‘lsin. Bank ochilishi bilan mijoz bankka iena evaziga funt sterling sotish to‘g‘risida
murojaat qilsin. Agar shu payt
da 1funt sterling kursi = 172 iena bo‘lsa, bank mijozga 172
valyuta kursi bo‘yicha 1 million funt sterling sotsin.
Valyuta birjasi yo‘q davlatlarda valyuta bozori qatnashchilari banklararo kurslardan
foydalanadi. Banklararo bozordagi o‘rtacha kurs bank mijozlari uchun valyuta kursini
O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
o‘rnatishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. Valyuta birjalari mavjud
davlatlarda banklararo
kotirovkalar banklarning to‘lov aylanishi, to‘lovga layoqatliligini hisobga olgan holda, rasmiy
birja kotirovkalari atrofida o‘zgarib turishi mumkin. Bunday banklarda rasmiy birja
kotirovkasi ular-
ning mijozlari uchun valyuta kurslarining asosi bo‘lib xizmat qiladi. Erkin
valyuta bozorida uning har bir elementlari (birjadagi va birjadan tashqaridagi) bir-biriga ta'sir
etadi va ulardagi valy
uta kotirovkalari o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
Valyuta bozorida valyutani kotirovka qilishning ikki usuli mavjud: to‘g‘ri va egri.
Ko‘pchilik davlatlarda to‘g‘ri kurs qo‘llani-ladi. Bu usulning mohiyati shundaki, xorijiy valyuta
birligining kursi to‘g‘ridan-to‘g‘ri milliy valyutada ifodalanadi.
Egri kotirovkada milliy valyuta birligi ma'lum miqdordagi xorijiy valyutada ifodalanadi.
Bu usul (egri katerovka) Buyuk Britaniyada, 1987 yil-
dan esa qisman AQShda qo‘llaniladi.
Banklararo valyuta bozorlarida valyuta kurs
ining kotirovkasi ko‘proq AQSh dollariga
nisbatan belgilanadi. Bu hol dollarning xalqaro to‘lovlarda ko‘p qo‘llanilishi va zaxira vositasi
sifatida saqlanishi bilan bog‘liq. Savdo-sanoat sohasida faoliyat olib boruvchi mijozlar uchun
valyuta koti-rovkalari amalga oshirish kross-kursga asoslanadi.
Kross-kursda ikki valyutaning kursga asoslangan nisbati uchinchi valyutaga nisbatan
aniqlanadi. Masalan, O‘zbekiston Markaziy banki so‘mning yapon
ieniga nisbatan kursini
aniqlamoqchi deylik. Bu holda ienaning so‘mga nisbatan kursi dollarga asoslangan holda
aniqlanadi. Aytaylik,
1250 so‘m
1 dollar
1 dollar 115 yapon yeni desak,
u holda kross kursda 1 yapon y
en necha so‘m turishini
1 yapon yen
1250 so‘m x 1 x 1 / 1 x 115 = 10,87 so‘m, yoki 10 yapon yeni 100 so‘m
87 tiyinga teng (https://cbu.uz).
Kross kurs. To'g'ridan-to'g'ri almashtirib bo'lmaydigan valyuta turlari mavjud. Masalan,
siz evroni Kanada dollariga almashtira olmaysiz. Keyin valyuta juftlarining kotirovkalari har
bir valyutaning uchinchisiga, masalan, dollarga nisbatan kursi asosida aniqlanadi. Bu o'zaro
nisbat deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: