O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
rivojlanish bosqichlarini takrorlaydi. Ichki iqtisodiyotda pul tizimi
oltin tanga standartidan
oltin quyma va oltindeviz, undan kredit-
qog‘oz pul muomalasiga o‘tdi va oxirgi bosqichda
ko‘proq e'tibor kredit vositalariga qaratiladigan bo‘ldi”)”(Абдуллаева,2003, b.111).
Jahon valyuta tizimi o'z rivojlanishida bir necha bosqichlarni bosib o'tdi. har bir bosqich
tizim faoliyatining asosiy tamoyillari bilan farqlanadi, lekin oldingisiga nisbatan ma'lum bir
uzluksizlikka ega.
“Xalqaro valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari quidagilarilar:
Parij valyuta tizimi (1867 yildan 1920 yilgacha)
Genuya pul tizimi (1922 yildan 30-yillargacha)
Bretton-Vuds pul tizimi (1944 yildan 1976 yilgacha)
Yamayka valyuta tizimi (1976-1978 yildan hozirgi kungacha)”(Абдуллаева,2003,
b.89).
Jahon miqyosida bu holat keyinroq maxsus shakllarda namoyon bo‘ldi. Bunda oltin-
tanga standarti mutlaqo bo‘lmagan, oltin quyma standarti asrlar davomida mavjud bo‘lgan;
oltin bilan bir qatorda yordamchi kredit pullari veksel', chek va boshqa ko‘rinishida rivoj-
langan. Ammo XX asr boshiga kelib, bu tizim xalqaro iqtisodiy munosabatlarning yangi
shakliga javob bermay qoldi. Bu davrning eng asosiy belgilaridan biri kapitalni eksport qilish
– JVT ning yangi oltin standart shakllari bilan qarama-qarshilikka uchradi. Bundan tashqari,
oltin zaxiralari tez rivojlanib borayotgan dav-
latlar xazinasida to‘plana bordi. Shuning uchun
ham, davlatlar o‘rta-sida yangi boshqariladigan valyuta tizimi zarur edi. 30-yillarining
ikkinchi yarmida oltin standart shakllari o‘rniga qog‘oz-kredit pul muomalasi keldi. U
davlatga emissiya mexanizmidan iqtisodiyotni boshqarish vositasi
sifatida foydalanish
imkonini berardi.
Xalqaro valyuta tizimi rivojlanishining muhim bosqichi Ikkinchi Jahon urushidan keyin
boshlandi. Ikkinchi Jahon urushi oltin zaxiralarining yangi taqsimotiga olib keldi.
Barcha
davlatlarning deyarli 4/5 oltin zaxiralari AQShda to‘p-landi. Dollarning JVTda
yetakchi o‘rindaligi, oltindeviz standartining oltin dollar shaklini olganligidan dalolat berardi.
Bu holat rasmiy ravishda 1944 yil iyulda Brettonvudsdagi (AQSh) BMT
Konferensiyasida tasdiqlangandi. Unda urushdan keyingi Jahon valyuta tizimiga asos
solindi.
JVTining tashkiliy va faoliyat tamoyillari quyidagilar qilib belgilandi:
– oltin JVTining asosi sifatida tan olindi;
– dollar va funt-sterlingga xalqaro hisob-kitoblarda va chet el valyuta zaxiralarida
asosiy o‘rin berildi va ularni oltin o‘rniga taqdim etilishi mumkinligi tasdiqlandi;
– dollarga nisbatan barcha mamlakat valyutalarining qat'iy pari-teti o‘rnatildi, dollar
orqali esa
– oltinning va chet el valyutalari-ning bir- biriga nisbatan bahosi aniqlanadigan
bo‘ldi;
– valyuta kursining dollar paritetiga nisbatan tebranishi = 1 % darajasida belgilandi;
– JVT ni boshqarish maqsadida Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) va Xalqaro rivojlanish
va taraqqiyot banki (XRTB) tashkil etildi;
– valyuta cheklovi tizimi bekor qilinib, milliy valyuta kon-vertasiyasi tiklandi.
Bu shaklda tuzilgan, II Jahon urushidan keyingi JVT xalqaro valyuta- moliya
munosabatlaridagi tartibsizlikni yo‘qotishga imkon berdi.
Ammo Brettonvuds tizimining qarama-qarshiligi
– tartibsiz bozor (oltinstandart) va
boshqariladigan dollar tizimi bo‘yicha ish yuritish quyidagilarga olib keldi:
– o‘zgarmas oltin narxi va narxi o‘suvchi tovar va xizmatlar orasida farq yuzaga
kelishiga;
– AQShdan ko‘p miqdordagi kapitalning boshqa davlatlarga oqib ketishiga (1957-
O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
1971 yillarda 54,2 mlrd. dollar miqdorida to‘g‘ri investisiyalar
tarzida AQShdan boshqa
davlatlarga oqib o‘tgan);
– chet ellardagi katta harbiy xarajatlarga;
– AQShning to‘lov balansi taqchil bo‘lishiga (uning miqdori 1953-1972 yillarda – 69
mlrd. dollarni tashkil qilgan);
– dollarning real kursi va uning oltin pariteti orasida uzulishning bo‘lishiga va
boshqalar.
Bundan tashqari, 60-
yillarning ikkinchi yarmida G‘arbiy Yevropa va Yaponiya
A
QShdan o‘z oltin zaxiralari va eksport hajmi bo‘yicha ikki baravar oshib ketdi. Natijada,
hatto oltindeviz standarti taya-
nadigan umumiqtisodiy asos o‘z umrini tugatdi. Oltin dollar
standartining buzilishi valyuta bozorlarida dollarning «tushishi» va «valyuta isitmasi»
degan ibo
ralar tarzida o‘z aksini topdi.
Shuning uchun 1970 yilda XVF chegarasida maxsus hisob va to‘lov birligi (SDR)
kiritildi va u a'zo - davlatlarning valyuta zaxira-
larini to‘ldirish uchun mo‘ljallangandi. SDR
jahon pulining bir qator funksiyalarini bajaradiga
n bo‘ldi. U XVF a'zolarining kvotalariga
proporsional tarzda taqsimlanadi, shuning uchun uning asosiy qismi (2/3 dan 3/4 gacha)
rivojlangan davlatlarga, 1/4 qismi rivojlanayotganlariga to‘g‘ri keladi.
SDR ning
boshlang‘ich kursi AQSh dollarining rasmiy oltin miqdoriga tenglashtirilgan.
Keyinchalik uning qobiliyati 16 valyuta savati bo‘yicha, hozirda esa 5 asosiy milliy
valyutalar bo‘yicha aniqlanadi. SDR JVTning asosiy zaxira vositasiga aylanmokda.
Bu sharoitda AQSh ikki marta dollar deval'vasiyasini o‘tkazdi (1971 va 1973 yillarda).
Natijada oltinning rasmiy kursi troya unsiyasi 42,22 dollargacha qilib belgilab berildi. Bu
davrda ko‘p-chilik rivojlangan davlatlar o‘z valyuta kursini ma'lum darajada ushlab turish
(dollarga nisbatan) majburiyatlaridan voz kechibdi.
1973 yildan oltin - maxsus oltin va tovar birjalaridagi narx asosida sotiladigan va sotib
olinadigan bo‘ldi. Oltin narxi JVTga bevosita ta'sir o‘tkazmaydigan bo‘ldi.
Bu sharoitda xalqaro valyuta munosabatlarini qayta tashkil qilish muammosi vujudga
keldi. 1976 yil yanvarda XVFning Vaqtli Qo‘mitasi XVF Nizomiga bir qator o‘zgarishlarni
kiritdi. Bu o‘zgarishlar XVTi faoliyatini rasmiy ravishda qayta taqsimlashni bildirardi
(Yamayka kelishuvi, 1976-
1978 yy.). Valyuta munosabatlari mexanizmidagi o‘zgarishlar
1978 yil 1 apreldan kuchga kirdi va u quyidagilardan tarkib topgandi:
– oltinning rasmiy narxi bekor qilindi (XVFning mavjud oltin zaxirasi 33 foizining 1/6
qismini ochiq auksionlarda sotib va yana 1/6 qismini a'zo davlatlarga tarqatish yo‘li bilan
hisobdan chiqarishgandi);
«SDR JVTning asosiy zaxira aktiviga rasmiy ravishda aylantirildi.
Valyuta kurslarining «suzuvchi» tizimi qonunlashtirildi. A'zo davlatlar o‘z valyuta
paritetini SDR yoki boshqa chet el valyutasida ifodalay olishi mumkin edi (ammo oltinda
emas).
Xalqaro valyuta boshqarish sohasi kengaytirildi. Buning uchun XVF qoshida iqtisodiy
siyosatni muvofiqlashtirish bo‘yicha a'zo-davlatlar vazirlari darajasida qo‘mita tashkil etildi.
Tashkil topgan valyuta tizimi ko‘p jihatdan XX asrning 70-yillaridagi
jahon
xo‘jaligining o‘zgargan sharoitlariga javob berardi.
Mintaqaviy valyuta tizimi (MVT)
G‘arbiy Yevropa valyuta integratsiyasining
chuqurlashuvi Yevropa valyuta tizimining (EVT) vujudga kelishiga olib keldi. Bu valyuta
tizimi mintaqaviy
valyuta tizimi (MVT) bo‘lib, u JVTining elementlaridan biridir.
SDRdan farqli ravishda EKYu bank va firmalarning xususiy operatsiyalarida
qo‘llaniladi. Milliy valyutalar kvotasi - EKYuning tashkil etuvchilari - mamlakatning iqtisodiy
potensiali bilan aniql
anadi va har 5 yilida qayta ko‘rib chiqiladi. «Savat»ni qayta ko‘rib
chiqishda hamma aktiv va passivlar yangi kurs bo‘yicha qayta baholanadi»
(Абдуллаева,2003, b.90).
Yamayka valyuta tizimidan farqli ravishda, YeVT oltindan EKYu-ning ta'minoti
O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
sifatida kisman foydalanadi va a'zo mamlakat-larning rasmiy oltindollar zaxiralarining 20
foizini birlashtiradi.
Valyuta kurslari rejimi valyutalarning belgilangan chegarada suzishiga asoslangan
(asosiy kursdan = 2,25 %, Italiyada beqarorlik tufayli 6 %).
Erkin konve
rtasiya qilish va kapital oqib o‘tishi sharoitida mam- lakatlarda ichki pul
muomalasi va xalqaro to‘lov aylanmasi o‘rtasidagi chegaralar yo‘qolmoqda/
Milliy va xalqaro pul-kredit bozorining birgalashishi tendensiyasi
milliy pul-kredit
bozorlarining o‘ziga xosligi, ixtisosligini saqlagan holda rivojlanmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar valyuta siyosati yagona va o‘zaro bog‘liq dunyoda amal
qiladi. Shuning uchun uchinchi davlatlar omili unga qanday darajada ta'sir etishini aniqlash
lozim. So‘z asosan rivojlanayotgan davlatlar to‘g‘risida bormoqda. Ko‘pchilik Sharqiy
Yevropa va MDH davlatlari o‘zida G‘arbning valyuta siyosati ta'sirini sezmoqda. Hali xalqaro
valyuta munosabatlarida ishtirok etishning muqobil shakllarini qo‘llash yo‘llarini izlash lozim.
Bunda esa r
ivojlanayotgan mamlakatlar malakasi qo‘l keladi.
Dostları ilə paylaş: