O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
o‘ziga xos tomonlari quyidagilardan iboratdir:
- oltin davlatlar orasida yakuniy pul hisob-kitoblari funksiyasini saqlab qoldi;
-
oltin bilan bir qator turli davlatlar valyutalari qiymati o‘lchovi, shuningdek to‘lovning
xalqaro kredit vositasi sifatida tan olingan AQSh dollari rezerv valyuta bo‘ldi;
- dollar boshqa davlatlarning markaziy banklari va hukumat idoralari tomonidan
A
QSh xazinasida 1 troya unsiyaga (31,1g.), ya'ni 35 dollarga teng bo‘lgan kurs (1944)
bo‘yicha oltinga almashtirilgan. Bundan tashqari hukumat organlari va xususiy shaxslar
oltinni xususiy bozorda sotib olishlari ham mumkin bo‘lgan. Oltinning valyuta qiymati rasmiy
qiymat asosida shakllanib bordi va u 1968 yilgacha sezilarli o‘zgarmadi;
- valyutalarni bir-
biriga tenglashtirish. Ularning o‘zaro almashuvi oltin va dollarda
belgilangan rasmiy valyuta paritetlar asosida amalga oshirilgan;
-
har bir davlat o‘z valyutasining boshqa valyutaga nisbatan kursini barqaror
saqlashi kerak bo‘lgan. Valyutalarning bozordagi kurslari qayd qilingan oltin ѐki dollar
paritetidan u ѐki bu tomonga 1% dan ortiq o‘zgarmasligi kerak edi. Paritetlarning
o‘zgarishi to‘lovlar balansining doimiy buzilishi sodir bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin
bo‘lgan;
- valyuta munosabatlarini davlatlararo tartibga solish asosan BrettonVuds
konferensiyasida tashkil qilingan Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) orqali amalga oshirildi. U
a'zo davlatlar tomonid
an rasmiy valyuta paritetlari, kurslari va o‘zaro
erkin valyuta
almashtirishga amal qilishlari ta'minlangan.
Bretton-Vuds kelishuvi xalqaro valyuta tizimining rivojlanishini eng muhim bosqichi
hisoblanadi. Birinchi marta xalqaro valyuta tizimi hukumatlararo kelishuvlarga asoslana
boshladi. Oltin-dollar standarti tizimini mustahkamlagan Bretton-Vuds tizimi xalqaro
savdo oborotining kengayishda, sanoati rivojlangan davlatlar
ishlab chiqarishining
o‘sishida ham muhim rol o‘ynadi.
60-yillarning oxiriga kelib Bretton-
Vuds tizimi jahon xo‘jaligining kuchayaѐtgan
baynalminallashuvi bilan, transmilliy korporatsiyalarining valyuta sohasidagi faol
chayqovchilik faoliyati bilan qarama-qarshi chiqa boshladi. Oltin-dollar standarti rejimi
amalda asta-sekin dollar standarti tizimiga aylana boshladi. Shu bilan birga 60-yillar
oxirida dollarning jahondagi mavqei G‘arbiy Yevropa davlatlari va Yaponiyaning iqtisodiy
quvvati va ta'sir doirasini oshishi natijasida sezilarli ѐmonlashdi.
AQShdan tashqaridagi dollar zaxiralari jaho
n iqtisodiѐtida juda katta summada bo‘lib,
yirik yevrodollar bozorini tashkil qilgan edi. AQSh to‘lov balansining kamomadi (defisiti)
mumkin bo‘lgan normalardan ortib bordi. Bretton-Vuds tizimining dollarni oltinga aylantirish
haqidagi talabi AQSh uchun og
‘irlik qilib qoldi, chunki o‘z zaxiralari hisobidan oltinning past
narxini saqlab turishi kerak edi. 70-yillar boshida Bretton-
Vuds tizimi amalda o‘z faoliyatini
to‘xtatdi. AQSh dollarni oltinga rasmiy narxlarda almashtirishdan bosh tortdi. Natijada
jahon
bozorlarida oltinning bahosi keskin ko‘tarilib ketdi.
1976 yilda Kingstonda (Yamayka) bo‘lib o‘tgan XVFning
navbatdagi majlisida
dunѐda xalqaro valyuta tizimining asoslari aniqlandi. Yamayka kelishuvidan kelib chiqqan
holda xalqaro valyuta mexanizmini tash
kil etuvchilar deb quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1.
Oltinning qiymat o‘lchovi va valyuta kurslarini hisoblashning boshlang‘ich nuqtasi
sifatidagi vazifasi bekor qilindi. Oltin erkin narxli oddiy tovarga aylanadi. Shu bilan bir
qatorda u alohida likvidli
tovar bo‘lib ham qoldi. Ya'ni, zarur bo‘lganda oltin sotilishi
mumkin, olingan valyuta esa to‘lov uchun ishlatilishi mumkin bo‘lib qoldi.
2. Asosiy zaxira valyuta qilish va boshqa rezerv valyutalarning rolini kamaytirish
maqsadida SDR (Special drawing rights - SDR) -
―maxsus o‘rnini olish huquqi‖ standarti
kiritildi.
3. Davlatlarga valyuta kursining xohlagan rejimini tanlab olish hyquqi berildi.
Davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro valyuta munosabatlari ularni milliy
pul birliklarining suzuvchi
kursiga asoslanadig
an bo‘ldi.
O'zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
Xalqaro moliyaviy qonunlarda kurslarning o‘zgarishi ikki asosiy omil bilan belgilanadi:
a) davlatlarning ichki bozorlarida valyutalarning real qiymatlari nisbati bilan;
b) xalqaro bozorlarda milliy valyutalarga bo‘lgan talab va takliflar nisbati bilan.
“Valyuta xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etadi quyidagi xususiyatlar
asosida: 1) tovarlar narxini hisobga olish birligi vazifasini bajaradi
…; 2) xalqaro bozorda
tovar ayirboshlashda vositachilik qiladi...;3) jamlash vositasi sifatida ishlatiladi..; 4) xalqaro
to'lov vositasi sifatida foydalaniladi
…5) ilgari oltin tarkibiga ega bo'lgan valyutalar rol
o'ynagan milliy boylik o'lchovi va urush tovonlarini to'lash”(Абдурахманова, 2021, с.292).
Dostları ilə paylaş: