asosiy yo‗nalishlari, maktabgacha ta‘lim va tarbiya olishga doir davlat kafolatlari
va boshqa shunga o‗xshash masalalar belgilab qo‗yildi.
Bundan tashqari,
yurtimizda ilk bor
Maktabgacha ta’lim vazirligi
ning ham
tashkil etilganligi ushbu sohadagi asosiy islohotlardan biri bo‗ldi desak, aslo
mubolag‗a bo‗lmaydi.
Shuningdek, bugun
yirik shaharlarimizdan tortib, chekka tumanlar,
qishloq va
ovullarimizda yangi-yangi zamonaviy bog‗chalar barpo etilmoqda. Qisqa vaqt,
ya‘ni to‗rt yil ichida respublikamizda bog‗chalar soni 3 barobar oshib (5 ming 200
tadan 14 ming 200 taga), bolalarni qamrab olish darajasi 28 foizdan 54
foizga
yetgani ham amaliy harakatlarning natijasidir.
So‗ngi yillarda ta‘lim sohasining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida
tashkil etish va modernizasiya qilish bo‗yicha qator farmon va qarorlar qabul
qilindi.
Xususan, ta‘lim tizimida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bu –
―
Ta’lim to‘g‘risida
‖gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bo‗ldi.
Mazkur
Qonunga asosan ta‘lim sohasidagi asosiy prinsiplar, ta‘lim tizimi,
turlari va
shakllari aniq belgilab qo‗yildi.
Shuningdek, Qonunga ko‗ra, davlat oliy ta‘lim, o‗rta maxsus, professional
ta‘lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‗rta
maxsus, professional ta‘lim tashkilotlari va ularning
filiallari Prezident yoki
Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo‗ldi. Nodavlat ta‘lim muassasalarini
tashkil etish ularning ta‘sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Nodavlat ta‘lim tashkilotlariga lisenziya Ta‘lim sifatini
nazorat qilish davlat
inspeksiyasi tomonidan beriladigan bo‗ldi. Ushub Qonun bilan 1997 yil
29 avgustdagi ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi hamda ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
to‗g‗risida‖gi qonunlar o‗z kuchini yo‗qotdi.
Shunga ko‗ra, mazkur Qonunning qabul qilinishi hamda
amaliyotga joriy etilishi
ta‘lim sohasida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bo‗ldi deyishimiz
mumkin.