13-rasm. Litosfera.
89
da hozirgi kundagi tabiatni o'rganishning tizimli metodlari shakllandi.
Biotik yoki jonli omillaming abiotik yoki fizikaviy shart-sharoit-
larga ta ’siri xususidagi izlanishlarda bunday yondashuvning natijalari
tezda namoyon b o 'la boshladi. Masalan, dengiz suvining tarkibini
k o ‘proq dengiz organizmlarining faolligi belgilashi aniqlandi. Qumli
tuproqda yashovchi o'simliklar, tuproqning tuzilishini o ‘zgartiradi.
Tirik organizmlar hatto bizning atmosfera tarkibini ham nazorat
qiladi. Shunga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirish mumkin [12].
Bu misollar jonli va jonsiz tabiat o ‘rtasidagi qayta aloqa mavjudligi,
va buning oqibatida tirik materiya o ‘ziga xos holda Yer ko'rinishini
o ‘zgartirishiga guvohlik beradi. Shunday qilib, biosferani jonsiz ta-
biatdan ajratib o ‘rganish noto‘g ‘ri b o ia r edi, sababi, bir tomondan
biosfera jonsiz tabiatga tobe bo‘lsa, ikkinchi tomondan o ‘zi unga
to'xtovsiz ta’sir o'tkazadi. Tabiatshunos olimlar o 'z oldilariga Yer yu-
zasi va Yer po‘stida yuz berayotgan fizikaviy, kimyoviy va geologik
jarayonlarga tirik materiya “qanday qilib” va “qancha miqdorda” ta’sir
k o ‘rsatadi degan savollarga javob izlashni maqsad qilib qo'yganlar.
Faqat shunday yondashuvgina “Biosfera konsepsiyasi” haqida to ‘liq
tushuncha berishi mumkin. Aynan shunday vazifani bajarishni buyuk
rus olimi V.I.Vemadskiy (1863-1945) o ‘z zimmasiga olgan.
8.2. V.I.Vemadskiy “Biosfera va tirik modda haqida”
Bu konsepsiyaning asosi “tirik modda” tushunchasidan ibo
rat. V.I.Vemadskiy uni tirik organizmlar majmuyi deb hisoblaydi.
0 ‘simlik va hayvonlardan tashqari V.I.Vemadskiy ular qatoriga geo-
kimyoviy jarayonlarga ta ’siri bo'lgan tirik mavjudotlardan farq qiluv-
chi, insoniyatni ham qo‘shadi.
Birinchidan - bu farq o ‘zining jadalligi va geologik davr o ‘tishida
kengayishi bilan; ikkinchidan - insonlaming har qanday faoliyati,
ma'lum darajada qolgan tirik moddaga ta’sir qilishi bilan ajralib turadi.
Inson ta ’siri, avvalo, ko'p sonli madaniy o ‘simliklar navi va uy hayvon-
larining turlarida ko'rinadi. Bunday nav yoki turlar mavjud bo'lmagan,
inson yordamisiz nobud bo'lgan yoki yovvoyilashib ketgan. Shu sa-
90
babli V.I.Vemadskiy tirik moddaning geokimyoviy ishini hayvonlar,
0
‘simliklar va insonlarning umumiy faoliyatida deb qaragan.
V.I.Vemadskiyning fikricha, avvallari jonli jism va ularning faoli-
yati mevalarini xarakterlovchi ikkita asosiy omillarga e ’tibor beril-
magan:
Pasteming jonli jism larning o 'ziga xos xususiyati bo‘lgan, mole-
kulalaming fazoviy disimmetriklik tuzilishi bilan bog'liq optik aktiv
birikmalar ustunligi haqidagi kashfiyoti; tirik organizmlarning bios
fera energetikasidagi hissasi va ularning jonsiz jism larga ta ’siri.
Axir biosfera tarkibini nafaqat tirik modda, balki turli jonsiz jism lar
ham tashkil etadi. V.I.Vemadskiy ularni “kosniy”, y a’ni “o ‘tgan” deb
atadi (atmosfera, tog‘ jinslari, minerallar va h.k.), shuningdek, “bio-
kosniy” - biologik va qotgan jism lar aralashmalari (tuproq, yuza suv
lar va boshqalar)ni ham nazarda tutdi. Tirik modda biosferaning oz
qismini tashkil etishiga qaramasdan, sayyoramiz ko‘rinishi o ‘zgarishi
bilan b o g liq bo‘lgan asosiy geologik jarayonlarda muhim o ‘rin tutadi.
Chunonchi, tirik modda, biosferaning belgilovchi kompo-
nentlaridan biri ekan, biosferaning yaxlit tizimi ichida mavjud
bo‘lib, rivojlana oladi deb ta ’kidlash mumkin. Shuning uchun
V.I.Vemadskiyning - tirik organizm lar biosferaning funksiyasi
bo ‘lishi bilan bir qatorda, u bilan moddiy va energetik nuqtayi na-
zardan cham barchas bog'liq boMib, juda qudratli geologik kuchni
belgilovchisi deb hisoblashi bejiz emas.
Sayyoramizning astronom ik o ‘rni, eng avval quyoshgacha
boMgan masofa va Yer o ‘qining Yer orbitasiga nisbatan o g ‘ishi, bios
feraning mavjudligi va undagi biokimyoviy jarayonlar borishining
bosh o ‘zagidir. Yer bunday joylashganligi sayyoradagi iqlimni bel-
gilaydi. Iqlim esa mavjud barcha organizm larning hayotiy sikllariga
o ‘z ta ’sirini o ‘tkazadi. Quyosh, biosferaning asosiy energiya man-
bayi hisoblanib, barcha geologik, kim yoviy va biologikjarayonlarni
boshqaradi. Energiyaning saqlanishi va o'zgarishi qonuni muallif-
laridan biri Julius M ayeer (1814-1878), “H ayot — Quyosh nurining
m ahsuli” degan edi.
91
Tirik moddaning qotgan moddadan asosiy farqini quyidagilarda
ko‘rish mumkin:
- tirik m oddada o ‘zgarishlar va jarayonlar qotgan mod-
dalarga nisbatan tezroq kechadi. Shuning uchun tirik moddadagi
o ‘zgarishlar ta ’riflanayotganda “tarixiy”, qotgan modda xususida
“geologik vaqt” iboralari ishlatiladi. Misol tariqasida shuni aytish
mum kinki, bir sekund geologik vaqt taxminan yuz ming yil tarixiy
vaqtga to ‘g ‘ri keladi;
- geologik vaqt mobaynida, tirik moddaning qudrati va biosfera-
ning qotgan moddasiga ta ’siri ortadi. V.I.Vemadskiy ko‘rsatishicha,
bu ta ’sir avvalo “atomlarning tirik moddadan, qotgan moddaga
to'xtovsiz qayta oqim ida” namoyon boMadi;
- geologik vaqt davrida faqat tirik moddada, organizmlarning si-
fatli o ‘zgarishlari yuz beradi. Bu o'zgarishlarning kechishi va mexa-
nizmlari Ch.Darvinning turlarning tabiiy tanlash yo‘li bilan paydo
bo‘lishi nazariyasida ta’riflanadi;
- tirik organizmlar, atrof-muhit o ‘zgarishlariga qarab o ‘zgaradi va
moslashadi. Ch.Darvin nazariyasiga ko‘ra, ayni shu o ‘zgarishlarning
yig‘indisi evolyutsiya uchun manba vazifasini o ‘taydi.
V.I.Vemadskiy taxminicha, tirik modda, atrof muhitga bog‘liq
bo'lm agan
holda geologik vaqt mobaynidagi
o ‘zgarishlarda
ko‘rinadigan, o ‘zining evolyutsion jarayoniga ega b o ‘lishi mumkin.
0 ‘z fikrining tasdig‘i sifatida V.I.Vemadskiy hayvonlar markaziy
nerv sistemasining to ‘xtovsiz o'sishi va uning biosferadagi ahami-
yati, shuningdek, biosferaning maxsus uyushqoqligini dalil sifatida
keltirdi. Uning fikricha, soddalashtirilgan holda bu uyushqoqligini
“ biosferaning hech bir vakili, qachonlardir o ‘zi faoliyat yuritgan
nuqtaga qaytm aydi” deb izohlash mumkin.
Evolyutsiyaning to'xtovsiz jarayoni, organizmlarning yangi tur-
lari paydo bo'lishi bilan birgalikda, butun biosferaga va shu qatorda
tabiiy biologik qotgan jism larga o 'z ta ’sirini ko'rsatadi. Shunday qilib
turlarning evolyutsiyasi sekin-asta kengayib, butun biosferaga o'tadi.
Modomiki, evolyutsiya va yangi turlarning paydo bo' lishi, o'zining
boshlang'ich nuqtasiga ega deb taxmin qilinsa, demak, o ‘z-o‘zidan
92
hayotning shunday nuqtasi bormi? Agar bor bo‘lsa uni qayerda izlash
kerak, Yerdanmi yoki Koinotdanmi? Jonli jonsizdan paydo b o ‘lishi
mumkinmi degan savollar vujudga kelishi tabiiy.
Bu savollar xususida yuz yillar davomida din ulamolari, fayla-
suflar va olim lar bosh qotirishgan. V.I.Vemadskiy esa, o ‘z davri-
ning buyuk namoyandalari tom onidan berilgan fikrlarni sinchkov-
lik bilan o ‘rganib chiqib, bu savollarga hanuz javob y o ‘q, degan
to ‘xtamga keldi [13].
Hayotning abiogen yoki noorganik modda paydo bo‘lishi xusu
sida hatto antik davr allom alari ham o ‘z farazlarini aytib o ‘tishgan.
Masalan, Arastu (Aristotel) mayda organizmlar noorganik moddadan
paydo bo‘lishi mumkinligini faraz qilgan. Eksperimental tabiiy bi-
limlar va geologiya, poleantologiya, biologiya fanlarining rivoji bi
lan bunday fikrlar emperik asoslanmaganligi tufayli tanqid ostiga
olindi. XVII asming ikkinchi yarmida florensiyalik olim va shifokor
F.Redining “jam i tirik materiya, tirik - jonlidan paydo bo'ladi” de
gan qarash keng tarqaldi. Bu nuqtayi nazarning tasdig'i sifatida in-
gliz fiziologi UiPm Garveyning (1578-1657) quyidagi fikrini kelti-
rish mumkin: “Hamma tirik organizm tuxumdan paydo bo‘lgan”, shu
bilan birga u hayotning abiogen y o ‘l bilan vujudga kelishini inkor
etmagan.
Ba’zi qarama-qarshiliklarga qaramay, V.I.Vemadskiyning biosfera
to ‘g ‘risidagi ta ’limoti nafaqat jonli tabiatni, balki insoniyatning tari-
xiy faoliyati va tabiat ajralmas aloqada ekanligini tushunishdagi yirik
qadam edi.
Dostları ilə paylaş: |