IX bob. ETOLOGIYA VA IJTIMOIY BIOLOGIYA
9.1. Etologiya
Hayvonlarning erkin, yovvoyi holdagi fe’l-atvorini o ‘rganuvchi
fandir. XX asr o ‘rtalarida fanda birinchi bor “Etologiya” atamasi vu
judga keldi. “Etos” yunoncha so‘z bo‘lib, “xarakter”, “fe’l-atvor”,
“xulq” m a’nosini anglatadi (15-rasm). Bu so‘z “etika” so‘zining o ‘zagi
hisoblanadi. “Etika”
esa inson tabiati, xulqi haqidagi fandir. Etologi
ya nuqtayi nazaridan hayvonlarnig fe'l-atvori qo‘zg‘atuvchilarga
(раздрожение), qonga quyiluvchi garmonlarga, to ’qima suyuqligiga,
bezlar ishlab chiqargan fermentlarga bog‘liq. Bu esa organizmning
o ‘sishiga va boshqa jarayonlarga ta’sir ko'rsatadi.
M a’lumki, hayvonlar yangi tug‘ilganda tabiat bilan o ‘ziga xos
aloqadorligi, y a’ni atrof-muhitga moslashish
uchun yordam beruvchi
fe’l-atvori, harakatlari bilan ajralib turadi. Bu holat “ instinkt” deb ata-
ladi. Etologiya fani asoschisi K.Lorensning ta ’riflashicha, “ instinktiv
harakatlar tana a ’zolari kabi rivojlanadi va maxsus, m a’lum muddatli
amaliyotni talab qilmaydi” .
Instinkt - har bir tur uchun o ‘ziga xosdir va o ‘sha
turga mansub
hayvonlarning genotipi bilan belgilanadi. Atrof-muhit ta ’sirida hay
vonlarning irsiy axboroti o ‘zgarishi va takomillashib borishi mum
kin. Bu esa hayvonlarning morfologik va fiziologik xususiyatlari
o ‘zgarishiga va shu turga mansub holda saqlanib qolishiga olib keladi.
“Ochlik”, “jinsiy”, “agressiya”, “qo'rquv” instinktlari hayvon-
laming
oziqlanish, nasi qoldirish, o ‘sish va o ‘zini o'zi saqlab qo-
lish xususiyatlariga turtki bo‘ladi. “Agressiya -
turning saqlanishiga
y o ‘naltirilgan birlamchi instinktdir” (K.Lorens). Masalan, sut emi-
zuvchi hayvonlarda ozuqa, y a’ni sut uchun kurashda g ‘olib b o ig a n
bolasi tez rivojlanadi va aka-ukalaridan ba’zi xususiyatlari
bilan ajra-
la boshlaydi. Bu esa kelgusida faqat kuchlilargina saqlanib qoladi de-
ganidir. Saqlanib qoladi deganda nima nazarda tutilyapti?
— nasi qoldirish uchun kurashda g‘olib bo'ladi;
— o'zidan ko‘proq nasi qoldiradi va toMaqonli irsiy axborot be-
radi;
98