ajratib beradi. Albatta, ekologiyaning ikkala tarm og‘i ham o ‘zaro
bog‘liq va ularning bo‘linishi nisbiydir. Ekologiyada ko‘payish, alo
hida mazmunga ega hamda o ‘ziga xos o ‘rin egallaydi, b a ’zan ekologi-
yani biologik fan - “u yoki bu tumi aniq yashash muhitida ko'payish
va yashash qonuniyatini o ‘rganuvchi fan deb qaraydilar”.
Bir hududda yashab va o'zaro aloqada bo‘ladigan har xil turlar-
ning yig'indisi
biotsenoz
deb ataladi. Ular orasida yirtqich va o ‘lja,
betaraflik, o ‘zaro hamkorlik, o ‘zaro yordam, parazitlik munosabatlari
bo‘lishi mumkin.
V.N.Sukachyov va uning shogirdlari tomonidan yaratilgan biot-
senozlar haqidagi ta ’limotda turli organizmlarning o ‘zaro munosa-
batlarini ko‘p qirrali ekanligi va bu munosabatlar biotsenozni tashkil
etuvchi (o‘simliklar, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar) tuproq
va muhitning barcha abiotik olimlarining o'zaro aloqadorligi natijasi
ekanligi ko‘rsatildi.
Biogeografik izlanishlar bir qator ekologik. geografik o ‘zgarishlar
qonuniyatlarini aniqlab berdi (masalan, tanadagi turtib chiquvchi
qismlar — quloq, dum va boshqalar. Sovuqroq joylarda qisqaroq va
issiqroq joylarda uzunroq bo‘ladi).
Dostları ilə paylaş: