makon bilan o'zaro aloqasini o'rganadigan fandir. Ekologiya - or
gan izmning tashqari muhit sharoitiga munosabati va uning yashash
sharoitiga moslashishi shakllarini o ‘rganadi (14-rasm).
14-rasm. Ekologiya.
Ekologiya darvinizm tufayli paydo bo‘ldi, so‘ngra u darvinizmni
rivojlanishiga hissa qo'shdi hamda yashash
uchun kurash jarayonini
o'zida aks ettirdi. Yangi fanga 1879-yil E.Gekkel
ekologiya
deb nom
berdi. Ekologiya biosferaning evolyutsion tizimini va rivojlanish qo-
nunlarini butunligicha ochib beradi hamda o ‘zaro aloqalar zanjirini
o ‘rganadi: organizm - k o ‘payish - tur -
biotsenoz - biogeotsenoz -
biosfera.
Ushbu tizimda organizm yangi paydo bo'lish laboratoriyasi ro-
lini bajaradi. K o‘payish tabiiy tanlanish harakatining boshlang‘ich
k o ‘rinishini namoyon etgan holda elementar evolyutsion birlikni bio-
tik aylanishning asosiy kombinatsiyalarini biotsenozda jamlaydi.
Autekologiya va sinekologiya.
Ekologiya autekologiya va
sinekologiyaga bo'linadi. Autekologiya
turlar
va muhit orasidagi
o ‘zaro munosabatlarini o ‘rganadi.
Sinekologiya
esa turlarning o ‘zaro
munosabatini biotsenoz birikmasida o ‘rganadi. Autekologiya tabiat
ga moslashish ko'rinishlarini tabiiy tanlanish natijasi sifatida ochib
bersa, sinekologiya yashash uchun kurashning alohida ko'rinishlarini
94
ajratib beradi. Albatta, ekologiyaning ikkala tarm og‘i ham o ‘zaro
bog‘liq va ularning bo‘linishi nisbiydir. Ekologiyada ko‘payish, alo
hida mazmunga ega hamda o ‘ziga xos o ‘rin egallaydi, b a ’zan ekologi-
yani biologik fan - “u yoki bu tumi aniq yashash muhitida ko'payish
va yashash qonuniyatini o ‘rganuvchi fan deb qaraydilar”.
Bir hududda yashab va o'zaro aloqada bo‘ladigan har xil turlar-
ning yig'indisi
biotsenoz
deb ataladi. Ular orasida yirtqich va o ‘lja,
betaraflik, o ‘zaro hamkorlik, o ‘zaro yordam, parazitlik munosabatlari
bo‘lishi mumkin.
V.N.Sukachyov va uning shogirdlari
tomonidan yaratilgan biot-
senozlar haqidagi ta ’limotda turli organizmlarning o ‘zaro munosa-
batlarini ko‘p qirrali ekanligi va bu munosabatlar biotsenozni tashkil
etuvchi (o‘simliklar, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar)
tuproq
va muhitning barcha abiotik olimlarining o'zaro aloqadorligi natijasi
ekanligi ko‘rsatildi.
Biogeografik izlanishlar bir qator ekologik. geografik o ‘zgarishlar
qonuniyatlarini aniqlab berdi (masalan, tanadagi turtib chiquvchi
qismlar — quloq, dum va boshqalar. Sovuqroq joylarda
qisqaroq va
issiqroq joylarda uzunroq bo‘ladi).
Dostları ilə paylaş: