B. E. Turayev, X. Isayev, G. O. Akbarova tabiiy fanlarning



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/100
tarix20.11.2023
ölçüsü56 Kb.
#162573
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100
Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi. Turayev B.E. Isayev X

15-rasm. Etologiya.
Agressiya — instinktining xavfli ko‘rinishlaridan biri shuki, hudud 
va o ‘lja uchun kurash yo‘qligidan “agressiya” duch kelgan tomonga 
qaratilishi mumkin, ya’ni bu instinkt hech bir sababsiz ishlatiladi.
Shu va shunga o ‘xshash hollarda hayvonlarda tormozlanish mexa­
nizmi ishga tushadi. Masalan, ikki erkak individ jangida yutqazgan 
taraf bo‘ysunish belgilarini ko'rsatadi yoki jang davomida qaltis ha- 
rakatlar kamayadi. Bu holatda turlararo jangda ishlatiladigan qurollar 
ishga tushmaydi. B a’zi hayvonlar esa ovoz chiqarish va masofadan 
qo‘rqitish bilan chegaralanadi [14].
Hayvonlarda shunday holatlarga duch kelish mumkinki, instinkt 
urg‘ochi va erkakga turlicha ta’sir o4kazadi. Urg'ochilarda “agres-
— kuchli hayvon oziqlanish va yashash maydonlarini kengaytira 
oladi va shu bilan turning rivojlanishiga zamin hozirlaydi;
— boshqa turlar bilan o ‘lja va hudud uchun kurashda g ‘olib kelib 
o ‘z turining yo'qolishi oldini oladi.
M a’lumki har xil turga mansub hayvonlarning yashash muhiti bir 
xil bo‘lishi mumkin. Turlarning o 'z hududlari va ularning chegaralari 
mavjud. Bu chegaralaming buzilishi ular orasida tafovut keltirib 
chiqaradi. Natijani esa kuchlilar yoki ular qoldirgan nasi belgilaydi. 
Shuni aytish lozimki, tafovutni m a’lum turning sonjihatdan ko‘rayishi 
ham keltirib chiqarishi mumkin.
99


siya” jinsiy moyillikni kamaytiradi, qo'rquvni esa oshiradi. Erkak 
hayvonlarda esa shu holatning aksi namoyon bo‘ladi.
Etologiyada instinktlarbelgilovchi har xil shakldagi signallar, hay- 
vonlar hayotida muhim o ‘rin egallashi ko‘rsatilgan. Shuningdek. bu 
fanda sut emizuvchi hayvonlarda moslashuv evolyutsiyasining yangi 
omillari haqida so‘z ketadi.
9.2. “Psixika” (asab holati)ning paydo bo‘lishi
Bu holat sut emizuvchilarning ko‘nikma va tajribalari ortishiga
fe’l-atvorining tez o ‘zgarib, boshqa hayvonlarga qaraganda evolyut- 
sion faolligini oshiryapdi. Zamonoviy biologik, to 'g ‘rirog‘i zoologik 
tasnif bo‘yicha inson-xordalilar tipi, sut emizuvchilar sinfi, primatlar 
otryadi, odamlar oilasining vakili hisoblanadi. Lekin inson biologik 
mavjudot bo‘lishi bilan birgalikda, ijtimoiy obyekt hisoblanadi. Shu 
tufayli inson va hayvon fe’l-atvorida butkul bir xillik mavjud deb 
bo'lm aydi. Shunga qaramay, hali ijtimoiy biologik shakllanmay 
turib etologiya fanida inson fe’l-atvori va xulqining hayvonlar bi­
lan o ‘xshashligi to ‘g ‘risida gap ketadi. Yana instinktlarga murojaat 
qilsak, agressiya insonga ham, hayvonga ham xosdir. Lekin insonda 
agressiya sadizm xususiyatini vujudga keltirib chiqaradi. Insonda 
ham yovvoyi hayvonlardagidek agressiya ko'proq erkaklarda uchray- 
di. Etologiya nuqtayi nazaridan qaraganda - tur ichidagi kurashga ta- 
yanib tanlashda, tur inqirozga yuz tutishi mumkin. Bu holat insonlar 
orasidagi munosabatlarda urushlar va ekologik krizislarga moyillik 
xususiyatlarini tug'diradi. Lekin “agressiya”ni genetik yoki nia’naviy 
usullar bilan yo‘qotish kerak deyilsa, noto‘g'ri bo'lar edi, sababi 
instinktlar bir-biri bilan o ‘zaro bog‘langan, qolaversa, “agressiya” 
o ‘ziga xos ijobiy biologik jarayonlam ing bir meyorda o'tishiga turt- 
ki bo‘ladi. Hayvonlardagidek, insonlarda ham “tormoz mexanizmi” 
mavjud. Bu mexanizm “agressiya”ni xavfsiz tomonga yo'naltiradi 
desak to ‘g ‘ri bo‘ladi. Masalan, sport, san’at, ilm-fan, hattoki, kulgu, 
“gunohlar” (vijdon azobi) bilan kurashni ham shu qatorga kiritsak 
bo’ladi. Chunki bu jarayonda ham m a’lum bir energiya sarf bo'ladi.
100


Inson biologik mavjudot bo'lishi bilan bir qatorda, uning ijtimo- 
yiyligini nazarda tutib, inson va hayvonlaming fe’ 1-atvorida to ‘la qon- 
lik birxillik yo'q deb aytishimiz mumkin. Insonlarda doimiy kurash 
mavjud. Ba’zida his-tuyg‘u va aql-idrokka qarshi qo‘yib m a’lum 
ishlami bajarishi mumkin. Yana insonlarga xos aql-idrok, farosat, 
zehn (intelekt) madaniy rivojlanishni ta’minlaydi va so'zlashish qo- 
biliyatini beradi. Buning natijasida inson o ‘z bilimlarini oshiradi va 
kelgusi avlodlarga qoldira boshlaydi. Oqibatda, insoniyatning tarixiy 
rivojlanishi, organik yoki filogenetik rivojlanishdan ancha ilgarilab 
ketdi. Tabiiylik yo‘qolib borib, o ‘mini faqat aql-idrok, zehn, farosat- 
ga bo‘shatib berildi.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin