«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Hotami Toyi haqida hikoya



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Hotami Toyi haqida hikoya
Bir pok tabiatli odam Hotami Toyidan so'radi: 
«Kaftlaring ishi saxovat bolganidan beri o‘zing-


ga o'xshagan biron kishini ko‘rdingmi?» U javob 
berib aytdiki: «Bir kuni katta bir bazm qurib, shu 
cholda yashayotgan barcha odamlarni mehmon 
qildim. Ziyofat uchun yuzta tuya, son-sanoqsiz 
qo'y-u qo'zi so^ilgan edi. Bir vaqt mehmonlar 
oldidan biroz dam olish uchun ochiqqa, sahro- 
ga chiqdim. Shu payt ko‘z oldimda mashaqqat 
chekib, orqasiga tikanli shox-shabbalarni ortib, 
yuk ostida jismi uyi egilib, unga hassadan sutun 
tirkab olgan, har qadam yurganida to‘xtab, har 
nafas olguncha damini rostlab borayotgan bir 
keksa namoyon boldi. Uning chekayotgan iztiroblari 
mening ko‘nglimga o‘t solgandek boldi-yu, unga 
boqib, lutf-u rahm dillik bilan shunday xitob 
qildim: «Ey, qaddini mashaqqat yuki past aylagan, 
jismida g‘am tikani azob berayotgan inson! Bugun 
Hotam uyida chaqiriq bolayotganligidan xabar 
topmadingmi, uning dargohidagi ziyofatga bor- 
madingmi? Hotam hammani mehmonga chorlab, 
barcha yaxshi-yomonning ko'nglini olyapti-ku! 
Tikaningni tashlagin-da, izzat gulshaniga yet, ko‘p 
mashaqqat chekmay, oYningdan turib, chaqiril- 
gan manzil tomon y o l olgin», - dedim.
Mening u haqida tashvish chekayotganimni 
anglagan kishi boshini kotarib kuldi-yu, shunday 
javob qildi: «Ey, oyog'ini hirs-ochko‘zlik zanjirband 
etgan, bo'ynini esa tama-yu tilanchilik arqoni 
mahkam boglagan, g‘ayrat vodiysiga qadam ur- 
magan va himmat panjarasini kezib chiqmagan 
inson! Sen ham bu tikan azobini totib ko‘r, shun- 
da Hotam Toyi minnatini eshitmaysan!»
Uning bu so‘zlari asosli bo lib, mendan uning 
himmati jmksak edi».


Ey Navoiy, sening ham himmating bolsa, Ho- 
tami Toyi senga banda bolar edi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin