«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

0 ‘ninchi maqolat 
ROSTLIK TA’RIFIDA
Har kishinikim odati to‘g‘rilik bolsa, falak unga 
har qancha teskarilik, qaysarlik qilganida ham 
qo'rqadigan joyi bolmaydi. 0 ‘qning tayanch par- 
lari to‘g‘ri bolsa, yem ing egriligi unga biron ziyon 
yetkazarmidi? Y o l qancha to‘g ‘ri bolsa, yolchi 
maqsadidagi manziliga tezroq yetib boradi. Shun­
day vaqtlarda qinglr-qiyshiqligi tufayli yolning 
uzayib ketishi aniq-ku!
Nay to‘g‘ri bolgani uchun ham odamlar uni 
tinglashni yoqtiradilar. Chang egri bolgani uchun 
quloglni burab jazo beradilar.
Ayvondayonayotgan sham o ti to‘g‘ri ko'tarilishi 
tufayli kechki bazm shohidi boladi, ko‘p aylanib 
uchavergani bilan parvonaning yetib borish joyi 
malum.
Sarv qomati o‘q kabi to‘g‘ri, shu tufayli shamol 
ham unga ziyon yetkazolmaydi. Bog'da chirma- 
shishdan boshqa ishni bilm aydigan sunbul 
egriligidan yuzlari qorayib ketgan.
Chang asbobi qili to‘g‘ri ekan, nafis ovozlar 
chiqaraveradi, salgina egri bolsa, soz chiqmaydi.
Nazari to‘g‘ri odam to‘g‘ri, pokiza kishi boladi. 
Kimning qoli egri bolsa, u o‘g ‘ridir. Q ol egrilik- 
ka moyil bolsa, uni kesibgina tuzatish mumkin. 
Har kimikim to'g'rilikni istasa, u ikki xususiyatni 
anglab olsin. Birinchidan, kishining so‘zi to‘g‘ri 
bolsa, so'zigina emas, balki ham so‘zi-yu, ham
53


o‘zi to‘g‘ri bolsa, halol bolsa. Biri buki, yolg'on 
gapirib qo^ganida achinsa, to‘g‘ri so‘zni chiroyli 
gapirsa. Aw algisi yaxshi, lekin ikkinchisi ham 
yomon emas.
Yolg'onni kamroq gapiradigan kishilar koshki 
bizning davronda ham bolsa edi. Kimki bu dav- 
ronda rostgo'y bolsa, ishi doimo kam-u ko'stlik- 
dan boshqa narsa bolmaydi. Davr egrilikni talab 
qiladi, sen rostlikni tilasang, rozilik bildirmaydi. 
To'g'rilikni shon-sharaf deb bilgan kishilarga dav- 
ron gardishi dushmanlik qiladi. Qalam to‘g‘rilikni 
talab qilgani uchun boshi kesiladi. «Alif» harfi 
to‘g‘rilikni yaxshi ko'rgani uchun «balo» so'zi uni 
oyoqlari ostiga olib majaqlaydi. Yangi oy egriligi 
tufayli hammaning diqqatini o‘ziga tortadi. Salla 
chirmalib-chirmalib bosh ustiga chiqishga sazovor 
boladi. Yo‘q-yo‘q, bunday emas, bu yozganlarim 
xato. Balki barchasi qalamning bitgan xatolari
egri bilan to‘g‘rining ta’rifi ayni haqiqatdir. Sham 
to‘g‘riligidan xursand bolib kuyadi-yu, lekin bosh- 
dan oyogl nur boladi. Chaqmoqning ishi egrilik 
bolgani tufayli ham, garchi u ham yoritsa-da, yer 
ichiga kirib y o ‘q boladi. Dehqon reja chekmas 
ekan, bog‘ o'rniga changal unadi. Dehqon mo- 
lasiz urug‘ sochsa, suvni teng ichmay qanchasi 
yakson boladi. Ko‘zgu yuzi qancha tekis bolsa
sohibjamollar yuzi to‘g‘ri bolib ko'rinadi. Uning 
yuzi sayqallanmagan bolsa, atrofidagi bezaklar 
uni m utawal - turli xilda: cho‘ziq, yo‘g‘on va h.k. 
ko‘rsatadi. Quyosh jim turgan suvda to‘g‘ri aks 
ko'rsatsa, suv qo‘zg‘alsa, egri ko'rsatadi.
Xato qilib bilmasdan yolg‘on gapirib qoVish 
yolg‘onchi deb atashga asos bololmaydi, chunki


bu xil odamlar xato qilganini anglagach, o'zlari 
undan voz kechishadi. Yolg‘on gapirishni shior 
qilib olgan, doim yolg'on so‘zlashga odatlangan 
odamlarni erkag-u musulmon deb bolmaydi.
Yolg'onchilikni kasb qilgan kishi har qancha 
harakat qilsa ham, bir-ikki ishi yurishadi-yu, 
uning yolg‘onchiligini xalq bilmay qolsa ham, Al- 
loh ogoh bo lib, ко‘rib turadi-ku! Ushbu sifatini 
eldan har qancha yashirmasin, yolg'on oxir o‘zini 
bir kuni oshkor etadi.
Odamlarni har sohada aldab yurishdan ko‘ra 
o‘g‘rilik undan yaxshiroqdir. Har kishi yomon, 
yovuz niyat bilan ont ichgan bolsa ham, niyati 
o‘g‘irlik bolsa, kaforat bilan daf qilish mumkin. 
Kimki o‘z so'zini yolg'onga aylantirgan bolsa, 
u qolgan barcha so‘zlarini har qancha rost de- 
masin, el uning so'zlari rostligiga hech qachon 
ishonmaydi. Uni azobga solgan bu ziyon, zarar 
shu darajadaki, hatto kaforat bilan ham undan 
ozod bolish ilojsiz.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin